Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet77/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Fe’llarda shaxs-son ko‘rsatkichi
Fe’llarda so‘zlovchi birligining shaxs-son ko‘rsatkichi -män~-men qo‘shimchasidir. Masalan, OD da: dost tutar-men – do‘st tutar-men, dušman tutar-men – yov tutarmen. AT.283 da: Bir-kiä amraq oğlumun siziŋä tutuzur-män. – Birgina suyukli o‘g‘limni sizga tutqazayapman. So‘zlovchi ko‘plik uchun kelasi zamon fe’llarida -biz, -bïz, o‘tgan zamon fe’llarida -q, -k qo‘shimchasi ishlatiladi.

O‘zga shaxs birligi -ï, -i qo‘shimchasi bilan hosil qilinadi. Ko‘plik uchun esa birlik shakliga -lar, -lär qo‘shimchasi qo‘shiladi.

So‘zlovchi fe’llardagi shaxs-sonni quyidagicha ifodalaydi:

Birlikda: ayur-men, kelür-men.

Ko‘plikda: ayur-bïz, otunur-bïz.

Tinglovchi uchun birlikda: aldïŋ, keldiŋ. Ko‘plikda: aldïŋïz, keldiŋiz.

O‘zga birligi uchun: aldï, keldi. Ko‘plik uchun: aldïlar, keldilär.

Agar shaxs ta’kidlab ko‘rsatilmoqchi bo‘lsa, undan oldin kishilik olmoshi orttiriladi. So‘zlovchi birlikda men aldïm, men keldim, ko‘plikda biz aldïq, biz keldik. Tinglovchi birlikda sen aldïŋ, sen keldiŋ, ko‘plikda siz aldïŋïz, siz keldiŋiz.



Ol sub qudï bardïmïz, sanağalï tüšürtümüz, atïğ ïqa bayur ertimiz… kün yemä, tün yemä yelü bardïmïz. Qïrqïzïğ uqa basdïmïz. – Ul suvning quyisiga bordik. (Lashkarni) sanagani tushirdik. Ot(lar)ni butaga boylar edik. ... Kunu tun yelib bordik. Qirqizni qo‘qqisdan bosdik (Ton.27).

“Xuastuanift” asarida so‘zlovchi ko‘pligining shaxs-son ko‘rsatkichi ikki xil shaklda: unli bilan tugagan fe’l shakllariga -mïz, -miz, undosh bilan tugagan fe’llarga esa -biz shaklida qo‘shilgan: ökünür-biz, ötünür-biz, sözläyür-biz, išläyür-biz, yazuqluğ-biz.

Yana bir muhim belgisi, asarda fe’lning o‘tgan zamon, shaxs-son qo‘shimchalari ham o‘zak-negizga moslashadi: so‘zning oxirgi bo‘g‘ini lablanmagan unlili bo‘lsa, zamon, shaxs-son qo‘shimchalari -tïmïz, -timiz / -dïmïz, -dimiz shaklida qo‘shiladi: sözlädimiz, biltimiz, ürkitdimiz, ačïtdïmïz ağrïtdïmïz. Agar so‘zning oxirgi bo‘g‘ini lablangan unlili bo‘lsa, -tumuz, -tümüz / -dumuz, -dümüz shaklida qo‘shiladi: yüküntümüz, ölürdümüz, öz ötägči boltumuz.

-siz affiksi tinglovchi birligida ba’zan hurmat ma’nosini ham bildiradi: Ötrü ol awïčğa ïğlayu xanqa inčä tip ötünti: Täŋrim, ne muŋ taq boltï-kim, antağ täŋri-teg, erdäni-teg ögüküŋüzni ölüm yiriŋä ïdur-siz? – So‘ng o‘sha qariya yig‘lab, xonga shunday deya iltijo qildi: “Tangrim, qanday musibatkim, shunday tangridek, javohirdek suyukligingizni [ya’ni o‘g‘lingizni] o‘lim yeriga yuboryapsiz?” (AT.283).



Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish