Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet80/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

O‘tgan zamon fe’li
Yozma yodgorliklar tilida o‘tgan zamon -dï, -di / -tï, -ti; -duq, -dük / -tuq, -tük; -mïš, -miš / -mïs, -mis qo‘shimchalari bilan hosil qilingan. Bulardan -dï, -di / -tï, -ti qo‘shimchasi turkiy tillarning tarixiy taraqqiyoti davomida keng amal qilib kelmoqda. U aniq o‘tgan zamonni anglatadi: keldim, keldik, keldiŋ, keldiŋiz, keldi, keldilär; ketti, oquttï, jattï.

O‘tgan zamon fe’lining o‘zga birligi -dï, -di / -tï, -ti, bo‘lishsiz shakli -madï, -mädi qo‘shimchasi bilan hosil qilinadi. Misoli: Türk bodun ölti, alqïntï, yoq boltï, türk sir bodun yärintä bod qalmadï. – Turk xalqi o‘ldi, tugadi, yo‘q bo‘ldi, turk sir xalqi yerida (hech bir) urug‘ qolmadi. (Ton.3–4).

O‘zga ko‘pligi o‘zga birlik shakliga -lar, -lär qo‘shimchasini qo‘shib hosil qilinadi.

O‘tgan zamon fe’lining so‘zlovchi birligi -dïm, -dim / -tïm, -tim, bo‘lishsiz shakli -madïm, -mädim qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilingan.

O‘tgan zamon fe’lining tinglovchi birligi -dïŋ, -diŋ, -tïŋ, -tiŋ, bo‘lishsiz shakli -madïŋ, -mädiŋ qo‘shimchasi bilan yasaladi: čïzdïŋ – yozding, čïzmadïŋ – yozmading. Tinglovchi ko‘pligi -dïŋïz, -diŋiz, -tïŋïz, -tiŋiz, bo‘lishsiz shakli -madïŋïz, -mädiŋiz qo‘shimchasi bilan yasaladi: čïzdïŋïz – yozdingiz, čïzmadïŋïz – yozmadingiz.

Mahmud Koshg‘ariyning yozishiga qaraganda, -duq, -dük / -tuq, -tük qo‘shimchasi o‘g‘uz va qipchoqlarning tillariga xos (MK.II.52–65). Muhim xususiyati shundaki, bu qo‘shimcha bilan qo‘llangan fe’l shaxs-sonda tuslanmaydi, qanday bo‘lsa, shunday ko‘rinish­da turaveradi. Shaxs-sonni gapdagi olmoshlar anglatadi: men ya qurduq – men yoy yasadim, biz ya qurduq – biz yoy yasadik, ol kel­dük – u keldi, olar ewgä kirdük – ular uyga kirdilar (MK.II.64–65).

“Kitob-i tarjumon-i turkiy”da ta’kidlanishicha, so‘zlov­chilar tomonidan birgalikda bajarilgan ish-harakat (so‘zlovchi­ning boshqalar bilan birgalikdagi ish-harakati) -dïğ, bo‘lishsiz shakli esa -madïğ qo‘shimchasi bilan hosil qilinadi: čïzdïğ – yozdik, čïzmadïğ – yozmadik (KTT.66). Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bu qo‘shimchaning yolg‘iz -dik varianti amal qilmoqda: bardik, yazdik, aytdik (og‘zaki nutqda: ayttik), keldik, ketdik (nutqda: kettik) va b.

Qadimgi grammatik asarlarda sifatdoshning -mïš, -miš / -mïs, -mis, ravishdoshning -ïp, -ip / -ïb, -ib qo‘shimchasi ham o‘tgan zamon belgisi sifatida talqin etilgan (AZFT.120–121). Birinchisining birlikdagi misoli: kelmiš, ketmiš, yatmïš; ko‘plikda: kelmišlär, ketmišlär, jatmïšlar. Grammatik asarlarda ta’kidlanuvicha, bu fe’l ko‘z bilan ko‘rganda emas, faqat eshitganlik haqi­dagi xabarni anglatadi. Ular shaxs-son qo‘shimchalari bilan ham qo‘llanadi: kelmišmän, kelmišsän, kelmišsiz, qalmïšbiz.

Ikkinchi belgi bilan qo‘llanganda: keliptür. So‘zlovchi uchun: keliptürmän, keliptürmiz. Tinglovchi uchun: keliptürsän, keliptürsiz, keliptür, keliptürlär.


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish