Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet78/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Shart ko‘rsatkichi
Qadimgi turkiy tilda shart ko‘rsatkichi -sar, -sär shaklida bo‘lgan. So‘zlovchi birligi va ko‘pligi, tinglovchi birligi va ko‘pligining shart ko‘rsatkichi ham o‘zga ko‘rsatkichi (-sar, -sär) kabi ifoda etilavergan, lekin ma’noda farq bor. Shartning kimga yoki nimaga tegishliligini egadan anglash mumkin. Masalan, ko‘k turk bitiglarida: Ïraq ersär, yablaq ağï birür, yağuq ersär, edgü ağï birür. – Yiroq bo‘lsa, yomon ipaklik berur, yaqin bo‘lsa, yaxshi ipaklik berur (Ka.7); Ötükän yïš olursar, bäŋgü el tuta olurtačï-sän. – O‘tukan yishda turilsa, elni mangu tutib turajaksan (Ka.8). Üzä täŋri basmasar, asra yer tilinmäsär, türük bodun, eliŋin, törüŋin kim artatï? – Yuqoridan osmon bosmasa, pastda yer yorilmasa, turk xalqi, davlatingni, hukumatingni kim buzdi? (K.22); Eltäriš qağan qazğanmasar, udu ben özüm qazğanmasar, el yemä, bodun yemä yoq ertäči erti. – Eltarish xoqon zafar qozonmasa, unga ergashib mening o‘zim zafar qozonmasam, el ham, xalq ham yo‘q bo‘lajak erdi (Ton.54–55); Bilgä Toñuquq qazğanmasar, ben yoq ertim ersär… – Bilga To‘nyuquq zafar qozonmaganda edi, men bo‘lmasam edi (Ton.59); Amtï men bu erdäni birlä barsar, men qamağ tïnlïğlarqa artuq asïğ tusu qïlu umağay-men. – Endi men bu javohir bilan borsam, men hamma jonzodlarga ortiq foyda keltira olmayman (AT.284)

Qadimgi -sar, -sär keyinchalik -sa, -sä shaklini oldi.

“Qutadg‘u bilig”da ham so‘zlovchi birligi va ko‘pligi, tinglovchi birligi va ko‘pligi uchun shart ko‘rsatkichi -sa, -sä shaklida qo‘llanaveradi:

Uδïr erdiŋ ersä, tur, ač emdi köz,

Ešitmädiŋ ersä, ešit mendä söz –

Uxlayotgan bo‘lsang, tur, endi ko‘zingni och,

Eshitmagan bo‘lsang, so‘zimni eshit (QB.80).

Keltirilgan misolda shartning tinglovchiga qarashliligi uδïr erdiŋ, ešitmädiŋ so‘zlari orqali ifoda etilgan.



Qalï eδgü bulmaq tiläsä özüŋ. – Agar ezgulik topmoq tilasang (QB.224).

Apaŋ ekki ažun qulur ersä sen. – Agar ikki dunyoni istar esang (QB.223).

Özüm ‘uzrïn aysam yemä iymänü. – Agar iymanib o‘z uzrimni aytsam (QB.188).

Qalï bulsaŋ, išlät, učup kökkä teŋ. – Agar ularga yetishsang, ishlat, uchib ko‘kka ko‘taril (QB.212).

“Hibatu-l-haqoyiq”da ham tinglovchi sharti -sa, -sä bilan ifoda etilgan: Aqï erni öggil ögär ersä sen. – Sahiy erni maqtagil maqtar ersang sen (AH.227).

Shart uchala zamon uchun ham qo‘llanadi. Misollarni “Attuhfatu-z-zakiyatu fillug‘atit turkiya”dan keltiramiz:

O‘tgan zamon uchun: biy turdïsa, turarman – bek turgan bo‘lsa turarman.

Hozirgi zamon uchun: biy turarsa, turarman – bek turgan zamon turarman.

Kelasi zamon uchun: biy turğaysa, turarman – bek turadigan bo‘lsa turaman (AZFT.130).

Shart erdi, edi to‘liqsiz fe’li bilan ham hosil qilinadi. Bunday harakat-holatning natijasi mavhum bo‘ladi. Masalan: Biy turdï esä, turarman – Agar bek turgan bo‘lsa turarman. Hozirgi zamon ham shu xilda: biy turar esä. Kelasi zamoni: biy turğay esä.

Buyruqqa ham shart belgisi qo‘shilib keladi. Biroq bunday holatda buyruq emas, balki kelasi zamon ma’nosi anglashiladi: tursaŋ turğayman – Agar sen tursang, men turaman.

Shartning bo‘lishsizi turmasa, almasa, kelmäsä shaklida bo‘ladi.

Shart shaklidagi fe’llar shaxs-son qo‘shimchalari bilan ham qo‘llanadi. Masalan, o‘zga uchun: tursa, tursalar. So‘zlovchi uchun: tursam, tursaq. Tinglovchi uchun: tursaŋ, tursaŋïz.

O‘zga bo‘lishsiz birligi: turmasa, kelmäsä. So‘zlovchi bo‘lish­siz birligi: turmasam, kelmäsäm. Bo‘lishsiz ko‘pligi: turmasaq, kelmäsäk. Tinglovchi birligi: turmasaŋ, kelmäsäŋ. Tinglovchi ko‘pligi: turmasaŋïz.

“Attuhfatu-z-zakiyatu fillug‘atit turkiya” muallifining yozishicha, tatar lahjasida o‘zga birlikda turmaydur, o‘zga ko‘plikda turmaydurlar, so‘zlovchi uchun turmaydurman, turmaydurbïz, tinglovchi uchun turmaydursan, turmaydursïz deyilgan (AZFT.130).

Turkiy yodgorliklar tilida shart ma’nosi -sa, -sä qo‘shim­chasi bilan birga maxsus usullar vositasida ham ifoda etilgan. “Attuhfatu-z-zakiyatu fillug‘atit turkiya”da uning bir necha usuli keltiriladi. Biri -ğaš, -gäš / -qaš, -käš qo‘shimchasidir. Turkcha biy alğaš, čïqqaš, kelgäš deyiladikim, “bek olganda, chiqqanda, kelganda” demakdir. Bu o‘rinda turkman tilida biy turdï­jaq tarzida qo‘llanadikim, “bek turganda” demakdir (AZFT.132).


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish