Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet82/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Kelasi zamon fe’li
Kelasi zamon fe’li -ğay, -qay, -gäy, -käy affiksi bilan hosil qilinadi. Bo‘lishsiz shakli -mä, -ma qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi.

Amtï ečim taluyqa barïp erdäni kelürsär, taqï ağïrlïğ bolğay, men taqï učuz bolğay-men, tep saqïntï. – “Agar akam dengizga borib javohir keltirsa, u yana ham qadr topadi, men esa yana qadrsiz bo‘laman”, – deb o‘yladi (AT.284).

Boδun tili yawlaq, seni sözlägäy,

Kiši qïlqï kirtüč, etiŋni yegäy. –

Xalqning tili yomon, seni so‘zlaydi,

Kishilarning fe’l-atvori hasadgo‘y, etingni yeydi (QB.164).

Yodgorliklarda kelasi zamonning -ğay, -qay, -gäy, -käy affiksi -ğa, -qa, -gä, -kä shaklida ham qo‘llaniladi: Biligsiz ne bilgä bilig qïymatï. – Bilimsiz bilimning qadrini qaerdan ham bilardi (QB.462).

“Kitob-i tarjumon-i turkiy”da ta’kidlanishicha, “qipchoq tili”da kelasi zamonning tinglovchi birligi fe’l o‘zagiga -ğa-sen, bo‘lishsiz shakli -maya-sen qo‘shimchasini qo‘shish yo‘li bilan hosil qilingan: čïzğa-sen – yozajaksan, čïzmaya-sen – yozmayajaksan. Tinglovchi ko‘pligida bo‘lishli va bo‘lishsiz holatidagi -sen o‘rnida -siz qo‘llaniladi.

Kelasi zamonning o‘zga birligi fe’l o‘zagiga -ğay, -gäy bo‘lishsiz shakli -mağay, -mägäy qo‘shimchasini qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi: čïzğay – yozajak, čïzmaya (čïzmağay?) – yozmayajak. O‘zga ko‘pligi o‘zga bo‘lishli va bo‘lishsiz birlik shakliga -lar, -lär qo‘shimcha­sini qo‘shib hosil qilinadi.

So‘zlovchi ko‘pligi fe’l o‘zagiga -ğa-biz, bo‘lishsiz shakli esa -maya-biz qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi: čïzğa-biz – yozajakmiz, čïzmaya-biz – yozmayajakmiz. So‘zlovchi birligida bo‘lishli va bo‘lishsiz ko‘plik holatidagi -biz o‘rnida -men qo‘llaniladi (KTT.67–68).

“Attuhfatu-z-zakiyatu fillug‘atit turkiya”da yozilishicha, sifatdoshning -asï, -äsi qo‘shimchasi ham kelasi zamon fe’lining belgisidir: keläsimän, keläsisän, keläsisiz, keläsi, keläsilär. Turkmanlar bu fe’l uchun keläjäkmän, keläjäkbiz shaklini, ba’zan keläsärmän, keläsärbiz ni ham qo‘llaganlar (AZFT.121).

Eski o‘zbek tili davrida kelasi zamon -qu, -kü / -ğu, -gü affiksiga shaxs-son, ba’zan turur~durur > -dur, -dür / -tur, -tür ni qo‘­shish bilan ham hosil qilingan. Masalan, Sak. da: salğum, tapquŋ, körgüsi, sorğusï-dur.


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish