Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet83/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Turur / durur fe’li
Turkiy tillarda, xususan, o‘zbek tilida gapning kesimi ko‘pincha fe’ldan tuziladi. O‘rni bilan, boshqa so‘z turkumlari (ot, sifat, son va b.) ham kesim bo‘lib keluvi mumkin. Biroq, ismlar guruhiga mansub so‘zlar kesim bo‘lib kelganda, muhim bir hodisani inobatga olmoq kerak. Masalan, hozirgi o‘zb. Bu uy čïraylï hamda Meniŋ niyatïm šu gaplarining tuzilishiga e’tibor beraylik. Keltirilgan ikkala gapning kesimi fe’l emas. Ammo ushbu kesimlar sifat va olmoshdangina iborat emas. Ularda biz kesim deb sanayotgan sifat va olmoshdan keyin ta’kidni bildiruvchi mantiqiy -dïr turibdi: Bu uy čïraylï(dïr); Meniŋ niyatïm šu(dïr). Buning singari misollarni yana keltirishimiz mumkin: ularning hammasida ham kesim o‘rnida mantiqiy -dïr tasavvur etiladi va bundayin “ot-kesimli” gaplarning mantiqiy kesimi yana fe’lga qaytadi.

Hozir biz qo‘llayotgan -dïr qadimgi turkiy tildagi turur ning qisqargan shaklidir (turur / durur > tur / dur > dïr).

Qadimgi yodgorliklar tilida gapning kesimi, asosan, fe’l bo‘lib keladi: Türk bodun ölti, alqïntï, yoq boltï. – Turk xalqi o‘ldi, tugadi, yo‘q bo‘ldi (Ton.3).

Yozma yodgorliklar tilida -ol ham kesimlik belgisi bo‘lib, fikr tugalligi, aniqligini bildirib keladi. Misollar:



Türk bodun yämä bulğanč-ol, tämis. Oğuzï yämä tarqanč-ol, tämis. – Turk xalqi ham sarosimadadir, – debdi. – O‘g‘uzi ham targ‘oqdir”, – debdi (Ton.22).

Kišidin kišikä qumaru söz-ol,

Qumaru sözi tutsa asğï yüz-ol. –

Kishidan kishiga (qolar) yodgorlik so‘zdir,

Yodgorlik so‘ziga amal qilsang, foydasi yuzdir (QB.187).

Özüŋ mäŋü ermäz, atïŋ mäŋü-ol. – O‘zing mangu emas, oting mangudir (QB.226).

Biroq gapda fe’ldan boshqa so‘z turkumlari ham kesim bo‘lib kelishi mumkin. Biroq, har qanday holatda ham, u mantiqan fe’l-kesimni talab qiladi. Qadimgi turkiy tilda buni turur fe’li ta’minlaydi. Quyidagi misolga e’tibor qarataylik: Qul yağï, ït böri. – Qul – dushman, it – bo‘ri (MK.I.324). Qo‘shma gap shaklidagi ushbu maqoldagi birinchi gapning kesimi – yağï, ikkinchisiniki – böri. Ikkala gapning kesimi shu turishida mantiqan turur fe’lini talab qiladi. Demak, ushbu maqolning qisqarishga uchramagan, tiklangan shakli Qul yağï (turur), ït böri (turur) bo‘ladi.

Til tarixida fe’lning shaxs-son ko‘rsatkichi ham gap kesimini shakllantira oladi. Masalan: Qutluğ čigši-ben. – (Men) Qutlug‘ chigshiman (E.19.1); Bilgä Toñuquq-ben. – (Men) Bilga To‘nyuquqman (Ton.1); Antağ küčlüg-män. – Shunday kuchliman (IB.20).

E’tibor berilsa, keltirilgan misollarda shaxs-son qo‘shimchalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ot yoki sifatga bog‘lanayotgani yo‘q. Ular mantiqan kesimlikni ta’minlanayotgan turur fe’liga bog‘lanmoqda. Shuni inobatga olganda keltirilgan gaplarning tiklangan holati: Qutluğ čigši (turur)-ben; Bilgä Toñuquq (turur)-ben; Antağ küčlüg (turur)-män shakllarini oladi.

Boshqa bir misol: Alp čerigdä, bilgä tirigdä (MK.I.369). Ushbu gapning kesimlari mantiqan tugallikni bildiruvchi “bilinadi”, “sinaladi” fe’llarini talab etadi. Ana shu fe’l-kesimning qisqarishi natijasida to‘ldiruvchi kesim vazifasini o‘tamoqda. Shuning uchun bu gapni “Alp jangda, dono majlisda sinaladi” deya anglamoq kerak.

Yana bir o‘rnak: Qoldačïqa miŋ yağaq, barča bilä ayruq tayaq. – Tilanchiga mingta yong‘oq, barchasiga qo‘shimcha suyanadigan tayoq (ham ber) (MK.I.394). Ushbu gap mantiqan “bergil” fe’lini talab qiladi. Shuning uchun tiklangan ko‘rinishini quyidagicha o‘qish mumkin: Qoldačïqa miŋ yağaq (bergil), barča bilä ayruq tayaq (ma bergil).

Turkiy tillarda (til tarixida ham, hozir ham) kesim, asosan, fe’l bilan ifodalanadi. Uslubiy talablar, tejamkorlik qonunidan kelib chiqqan holda boshqa so‘z turkumlari ham kesim bo‘lib kela olishi mumkin. Biroq, har qanday holatda ham biz kesim deya sanayotgan so‘zimiz mantiqan fe’lni talab qilaveradi. Til tarixida kesimlikni turur fe’li ta’minlagan bo‘lsa, hozirgi o‘zbek tilida esa uning vazifasini -dïr bajaradi.


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish