Malaka amaliyotini o’tash uchun biz Boysun Davlat o’rmon xo’jaligiga keldik biz bu yerda o’rmon xo’jalik direktori Sh. Ostanaqulov va yetakchi mutaxassislar qabulida bo’ldik, o’rmon xo’jalik direktori Sh
1-kun 06.09.2021 y. Malaka amaliyotini o’tash uchun biz Boysun Davlat o’rmon xo’jaligiga keldik biz bu yerda o’rmon xo’jalik direktori Sh.Ostanaqulov va yetakchi mutaxassislar qabulida bo’ldik, o’rmon xo’jalik direktori Sh.Ostanaqulov boshchiligida davra suxbati bo’lib o’tdi suxbat davomida xo’jalik qonun qoidalari bilan tanishtirish maqsadida so’zni B. Nurmanovga berdi va biz amaliyotchilarga raxbarlik qilishni muxandis B. Nurmanov zimmasiga yuklatildi, amaliyot raxbarimiz xo’jalik qonun qoidalari bilan tanishtirdi va qattiy amal qilishimizni aytib o’tdi shundan so’ng texnika xafsizligi qoidalari bilan ham tanishtirib o’tdi.
2- kun 07.09.2021.y O’rmon xo’jalik ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishni o’rganish.
Boysun Davlat o’rmon xo’jaligida ishlab chiqarish soxalaridan biri issiqxonada ko’chat ekish yo’lga qo’yilgan u yerda xar-xil manzarali daraxt urug’lari ekilib nihol yaniy ko’chat etishtirish ishlari tashkil etilgan. Ishlab chiqarish soxalariga misol bo’lib asalchilik 409 ta oila, chorvachilik 1809 bosh mayda shoxli mollar, parrandachilik 265 bosh tovuq, ishchi otlar 27 bosh qishloq xo’jalik maxsulotlarini etishtirish va ho kozalardir .
3- kun 08.09.2021.y Qirqish uchun ajratilgan o’rmonlardan olinadigan maxsulotlar. Asosiy qimmatli mahsuloti — bu sanoat va qurilishning koʻpgina tarmoqlarida ishlatiladigan, oʻrmon daraxtlarini kesib tayyorlanadigan yogʻochdir. Oʻrmon resurslaridan sanoat usulida foydalanishda undagi daraxtlarning tur tarkibikatta ahamiyatga ega. Oʻrmon sanoatida yogʻochi yuqori sifatli boʻlgan ignabargli, yumshoq bargli va qattiq bargli daraxt turlari qoʻp ishlatiladi, yumshoq bargli turlari (qayin, togʻterak, olxa va boshqalar)dan kam foydalaniladi. Yuqori sifatli qayin daraxtlari faqat faner, mebel kabilarni tayyorlashda ishlatiladi.
4- kun 09.09.2021.y Boshqaruv apparatini tuzilishi, xo’jalikda va uning qaramog’idagi bo’limlarda raxbarlik qilish. Bo’limlarda ishlarni nazorat qilish tartibi va oraliq hisobotlar usuli bilan tanishish. Boysun Davlat o’rmon xo’jaligida 5 ta o’rmon bo’limi faoliyat yuritadi bular Xomkon, Machay, Alachapon, Qo’ng’irot va Kengdala o’rmon bo’limilari mavjut.1. Alachapon o’rmon bo’lim o‘rmonbegi: B.Mengliev 2. Xomkon o’rmon bo’lim o‘rmonbegi: F.Mamayusupov 3. Kengdala o’rmon bo’lim o‘rmonbegi: K.Raxmanov 4.Qo‘ng‘irot o’rmon bo’lim o‘rmonbegi Q.Muxammadiev 5.Machay o’rmon bo’lim o‘rmonbegi: X.Eshonqulov