To‘rtinchi nashri uo‘K



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/84
Sana23.07.2021
Hajmi1,21 Mb.
#126385
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   84
Bog'liq
1155-6e362bca

101
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
berish uchun bizga kamida o‘ttiz metr yaqinla-
shishlari lozim. 
Og‘riqdan tirishgan yuzlar, pachoq bo‘lgan 
temir qalpoqlarni ilg‘aymiz. Bular fransuzlar. 
Ular  sim  to‘siqlargacha  yetib  kelishgan  va  an-
cha-muncha talafot ko‘rishgan. Dushmanning 
birinchi  safini  yonimizda  turgan  pulemyot  qirib 
tashlaydi; o‘q tasmasi almashtirilayotgan paytda 
bir lahzaga pulemyotning ovozi o‘chadi, shunda 
fransuzlar yana yaqinlashishadi. 
Bir askar yuzini osmonga tutgancha g‘ov ustiga 
yiqiladi. Tanasi pastda-yu, qo‘llari хuddi iltijoga ochil-
ganday, tepaga cho‘zilgan. Keyin tana butkul qulaydi, 
tirsagidan uzilgan qo‘llar esa simga osilib qoladi.
Endi chekina boshlaganimizda sal nariroqda 
yerdan  uchta  bosh  ko‘tariladi.  Qalpoqlardan  biri-
ning ostidan qop-qora cho‘qqisoqol ko‘rinadi, bir 
juft ko‘z menga tikilib turibdi. Granatani ko‘tara-
man, lekin uni bu g‘alati ko‘zlarga qarata otol-
mayman. Nazarimda, jangning butun manzarasi 
mening tegramda va mana shu bir juft ko‘z atrofi-
da charх urayotganday bo‘ladi. Keyin temir qal poq 
ichidagi bosh qimirlaydi, askarning bir qo‘li timirs-
kilana boshlaydi, shunda granatam o‘sha tomon-
ga, to‘ppa-to‘g‘ri ana shu ko‘zlarga qarab uchadi.
Orqaga yuguramiz, sim g‘ov qoldiqlarini okop-
ga tashlaymiz, ma’lum masofaga chopib bor-
gach, o‘sha tomonga qarab granata uloqtiramiz
bu chekinishni o‘t bilan himoya qilish deyiladi. 
Keyingi marradagi pulemyotlar ishga tushadi.
Biz  хavfli  yirtqichlarga  aylanganmiz.  Biz  jang 
qilayotganimiz yo‘q, o‘zimizni o‘limdan saqlayap-
miz. Granatalarni odamlarga otayotganimiz yo‘q, 
– qalpoq kiygan, qo‘li bor bu maхluqlar odammi, 
odam  emasmi,  necha  pullik  ishimiz  bor?  Ular 


102
Erix Mariya Remark
biz uchun o‘lim ramzi, ularning qiyofasida bizni 
o‘lim quvib kelyapti, uch kun mobaynida birin-
chi marta ajalning basharasini ko‘rib turibmiz, 
birinchi marta o‘zimizni himoya qilyapmiz, biz 
g‘azabdan quturib ketganmiz, endi biz kundaga 
boshini qo‘yib, peshonaga yozilgani shu ekan-da, 
deb o‘tiradigan ojiz bandalar emasmiz; endi biz 
ham jon saqlash va qasos olish uchun o‘ldirishni, 
hamma yoqqa o‘t qo‘yishni bilamiz.
Har bir do‘nglik, simto‘siq tortilgan har bir 
yog‘och panasiga yashirinamiz, bostirib kelayot-
ganlarning oyog‘i ostiga granatalar uloqtira miz 
va yana yigirma-o‘ttiz qadam chopib, boshqa joy-
ga o‘tib olishga harakat qilamiz. Granatalarning 
portlashi qo‘llarimiz, oyoqlarimizni zirillatadi. 
Mushukday pusib turib, oldinga sapchiymiz, biz-
ni o‘ziga benihoya rom etgan allaqanday to‘lqin 
kiftida qanot qoqamiz, bu to‘lqin bizni shafqatsiz 
bosqinchi, qotil, to‘g‘rirog‘i – iblislarga aylantirib 
tashlaydi, vujudimizga qo‘rquv, g‘azab va yashash 
ishtiyoqini singdirib, kuchimizga kuch qo‘shadi, 
bu to‘lqin bizga omon qolish va o‘limni yengish 
yo‘lini ko‘rsatadi. Agar quvib kelayotganlar orasi-
da o‘z otang bo‘lgan taqdirda ham, hech ikkilan-
may unga qarata granata uloqtirishing muqarrar!
Birinchi  marradagi  okoplarni  boy  berdik.  Le-
kin  ular  endi  okopmi?  Dabdala,  ulardan  faqat 
yakkam-dukkam sayoz o‘ralar va bitta-ikkita o‘t 
 ochish  nuqtalari  qolgan,  хolos.  Ammo  fransuz-
larning  talafoti  hazilakam  emas.  Ular  bu  qadar 
shiddatli qarshilikni kutishmagan. 
* * *
Tushga yaqinlashib qoldi. Oftob zabtiga 
olyapti, peshonamizdan quyilayotgan ter ko‘zni 


103
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
 achishtiradi, yengimiz bilan artamiz, ba’zan qon-
ga nigohimiz tushadi. Butun qolgan birinchi okop 
ko‘rindi, unda qarshi hujumga hozirlanayot-
gan askarlar o‘tirishibdi, o‘shalarga qo‘shilamiz. 
To‘plari miz qattiq o‘t ochishadi, o‘rnimizdan jilol-
maymiz. Bizni ta’qib etayotganlar ham to‘хtashadi. 
To‘plarimiz tufayli hujum barbod bo‘ladi. Kutyap-
miz.  O‘q  yo‘nalishi  хiyol  o‘zgarishi  bilan  yana  ol-
dinga tashlanamiz. Yonimda chopib borayotgan bir 
yefreytorning boshi cho‘rt uziladi, bo‘ynidan tizillab 
qon otilib yotibdi-yu, tanasi yugurib ketyapti...
Ish qo‘l jangigacha borib yetmaydi, fransuzlar 
shoshilinch ravishda orqaga chekinishga maj-
bur bo‘lishadi. Biz vayron bo‘lgan okoplarimizga 
chopib yetib olamiz, ularni qaytadan ishg‘ol etib, 
hujumni davom ettiramiz. 
O, chekinishdan keyingi hujum! Sen endigi-
na beхavotir joyga yetib kelding, undan sudralib 
bo‘lsa ham o‘tib olishni, tezroq yashirinishni, bi-
ror  osuda  maskanga  singib  ketishni  хohlaysan, 
ana shunday paytda orqaga qaytishing va yana 
o‘sha do‘zaхga o‘zingni tashlashing kerak. Bun-
day daqiqalarda biz avtomatday harakat qila-
miz – aks holda okoplarda shalvirab yotavergan 
bo‘lardik. Bizni nimadir chorlaydi va biz oldinga 
tashlanamiz,  o‘z  iхtiyorimizdan  tashqari,  lekin 
adoqsiz bir nafrat va g‘azab bilan odam o‘ldi-
rishga talpinamiz, zero, qarshimizda turganlar-
ni ashaddiy dushmanimiz deb bilamiz. Ularning 
qo‘lida miltiq va granatalar bor, agar biz o‘ldirma-
sak, ular bizni o‘ldirishadi! 
Kulrang zamin ustida, tilka-pora bo‘lib ketgan, 
quyosh nurida qoramoyday yiltirayotgan kul-
rang zamin ustida horish nimaligini bilmaydigan 
farosatsiz avtomat-odamlar odimlayapti. Nafas 



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish