15-Mavzu: O‘rtalik birikmalarni bajarishda ishlatiladigan materiallar
Ishdan maqsad:
O‘rtalik birikmalarni bajarishda ishlatiladigan materiallar bilan
tanishish.
ISHNI BAJARISH TARTIBI
:
1. 0‘rganish uchun amaliy mashqlar: berk teshiklar oyish, quloqcha va turumlami rejalash
2. O‘rtalik birikmalarni bir-biriga moslash.
3. Yasaladigan buyumlar: shvabra, taburetka, rom va tumbochka.
ISHNING NAZARIY QISMI:
Duradgorlik go‘niyasi
.
Duradgorlik go‘niyasi quyidagi tartibda tayyorlanadi:
1. Kunda va lineykaga moye yog‘och tanlanadi va zagotovka tayyorlanadi.
2. Kunda va lineyka tayyorlanadi.
3. Lineykani kundaga go‘niya asosida yelimlab o‘rnatiladi (birikma hosil qilinadi).
4. Go‘niya rostlanadi, go‘niyaliligi tekshiriladi va pardozlanadi.
a) Duradgorlik go‘niyasi chinor, yong‘oq, akatsiya, shumtol, eman kabi qattiq
yog‘ochlardan tayyorlanadi.
b) Go‘niyaning kundasi qisqa bo‘lganligi uchun berilgan o‘lchamda bitta kunda
tayyorlash qiyin. Shuning uchun o‘quvchilar randalashda qiynalmasliklari uchun bir yo‘la ikkita
yoki uchta kundaga moye uzun o‘lchamdagi yog‘och olib randalanadi. Chunki uzun yog‘ochni
randalash oson. Bu holda lineyka ham ikkita yoki uchta tayyorlanadi.
Ishni shu yo‘sinda tashkil etganda o‘quvchilar bir xil ko‘rinishdagi bir nechta buyum
tayyordab, ishni puxta o‘rganadilar, tayyorlangan buyumlarining sifatini bir-biridan farq qila
oladilar. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilar mehnat madaniyatining shakllanishiga va o‘sishiga
yordam beradi.
Kunda va lineyka uchun olingan yog‘ochlar razdal angandan keyin berilgan o‘lchamlar
asosida arralanadi So‘ng kundadan lineyka o‘rni rejalanib, quloq ochiladi. Lineyka o‘rnini
(quloqni)
1 Chizmalar 1-ilovada berilgan rejalashda uning kengligi lineyka qalinligiga moslanib,
uzunligini lineyka enidan 5-8 mm qisqa ochiladi. Uyish tirnoqli birikmalardagi quloq ochish
singari ikki tomonlama olib boriladi.
v) Lineykani kundaga go‘niya asosida yelimlab o‘rnatishda go‘niyaning ichki tomonini
kontrol go‘niyaga moslanadi. Aks holda tashqi tomoni go‘niyaga moslansa, qurigandan so‘ng
ichki tomonni randalab go‘niyaliligini rostlash qiyin bo‘ladi.
g) Go‘niyaning tashqi tomoni yelim qurigandan so‘ng rostlanadi. Buning uchun yangi
go‘niyaning tashqi tomonlarini kontrol go‘niya yordamida tekshiriladi. Talab etilishiga qarab
rostlash lineykaning tashqi tomonidan randalash yo‘li bilan bajari-ladi.
Tayyorlangan go‘niyaning to‘g‘riligini tekshirish uchun u bilan kontrol brusokni rejalab
ko‘riladi . Bitta qirra bo‘yicha go‘niyani ag‘darib tutish bilan chizilgan ikkita reja chizig‘i o‘zaro
parallel yoki ustma-ust tushea, go‘niya aniq 90° burchak hosil qilib tayyorlangan bo‘ladi (reja
hiziqlari lineykaning ichki va tashqi qirralari bo‘yicha alohida-alohida chizib tekshiriladi).
Pardozlash mayin jilvir qog‘oz yordamida jilvirlab silliqlash bilan tugallanadi. Qirralar
jilvirlanmaydi. Aks holda go‘niyaliligi buziladi.
Talab etilishiga qarab go‘niya aliflanadi yoki loklana
Do'stlaringiz bilan baham: |