№ 21. Mavzu : Mikroprotsessorli qurilmalar.
Reja.
1. Mikroprotsessorlar va mikroprotsessorli komplektlar.
2. Mikroprotsessorlarning qo‘llanilishi.
3. Mikroprotsessorda axborotga ishlov berish.
Mikroprotsessor (MP), protsessor kabi hisoblash mashinalarining murakkab universal dasturiy boshqariluvchi qurilmasidir. Fizik jihatdan MP integral yuqori integratsiya darajali mittisxemalar ko‘rinishida tayyorlanib, puxtaligi katta, o‘lchamlari kichik, narxi nisbatan arzon bo‘ladi. Universal buyruq majmuasi mavjudligi MP strukturasini o‘zgartirmay turib xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng qo‘llanilishini ta’minlaydi. Mikroprotsessorlarning yaratilishi hisoblash texnikasida yangi erani ochdi va axborot vositalarini qayta ishlov berishga olib keldi. Birinchi mikroprotsessor 1971-yilda amerikaning Intel firmasi xodimi M.Xoff tomonidan yaratildi. Integral mittisxema yig‘imini yaratish o‘rniga M.Xoff universal EHM ni bitta murakkab integral mantiqiy sxemani taklif etdi. Birinchi mikroprotsessorlarning ishlab chiqilishi, hisoblash texnikasidagi loyiha texnologiyasini nisbatan o‘zgartirishga olib keldi. Endi har bir yangi texnika uchun, o‘zini yangi integral mittisxemasini ishlab chiqarish shart bo‘lmay qoldi. Buning o‘rniga, talab etiladigan funksiya uchun dasturiy ta’minot ishlab chi qish
kerak bo‘ladi. Birinchi mikroprotsessorlar 4-razryadli ikkilik sonlar uchun yaratildi. Integratsiya darajasi ortishi bilan 8,16-razryadli va hozirgi vaqtda 32-razryadli MP lar chiqarila boshlandi. Razryad soni ortishi bilan xotiraga adreslanadigan sig‘imi ham ortadi. O‘zining imkoniyatlari bilan zamonaviy MP o‘rta EHM va mini EHM protsessorlariga yaqinlashadi. Mikroprotsessorlarning
qo‘llanilishi, universal hisoblash mashinalari strukturasini bir qancha soddalashtirishga olib keladi va bu mittikompyuter deb ataladi.
Mittikompyuter modullar (bloklar) majmuasidan iborat bo‘lib, tizimli shinaga ulangan katta integral sxema (BIS) ko‘rinishida bajariladi. Tizimli shina deb, ulardan signallarni uzatuvchi elektr o‘tkazgichlar majmuasi tushuniladi. Ular funksional vazifalari bo‘yicha guruhlanadilar.
Mikroprotsessorda axborotga ishlov berish, oqimni boshqarish, buyruqlarni interpritatsiya qilish, shuningdek, shina ishini boshqarish MP yordamida amalga oshiriladi. Axborotni saqlash funksiyasini xotira qurilmasi bajariladi; unga doimiy va tezkor xotira kiritiladi. Tashqi qurilmalar bilan aloqani, kiri tish va chiqa rish «PORT» deb ataluvchi modul orqali amalga oshiriladi. Port MP bilan qandaydir tashqi qurilma uchun oraliq interfeys bo‘lib: katta hajmdagi axborotni tashqi xotirada saqlash, aloqa liniyasi printer, klaviatura bilan amalga oshiriladi. Interfeys – bu tashqi qurilmalar bilan mikrokompyuterni o‘zaro bog‘lovchidir. Tashkiliy shinali mikrokompyuterning struktura sxemasi 11.41-rasmda keltirilgan. Modullar o‘zaro bog‘lanishi adres shinasi berilganlar va boshqaruv yordamida amalga oshiriladi. Bunday sxema ko‘pchilik zamonaviy mikrokompyuterlar uchun xarakterli, hamma tipdagi mashina operatsiyalarini yozish imkoniyatini beradi.
B erilganlarni MPdan xotiraga yozish; xotiradan berilganlarni mikroprotsessor yordamida o‘qish; MPdan berilganlarni berilganlar kirishi qurilmasiga yozish; berilgan chiqishdan, berilganlarni mikroprotsessor yordamida o‘qish; MPdagi uzilishlarni qayta ishlash; xotiraga to‘g‘ridan to‘g‘ri MP nazoratida kirish; MP ichki registrlari ishi. Har qanday mikrokompyuter ishini yuqorida bayon etilgan operatsiyalar yordamida tasavvur etish mumkin. Mikrokompyuterlarning tuzilish prinsiplarini quyidagicha ta’kidlash mumkin: Modulli tashkil etish prinsipida, mikrokompyuter modular yig‘indisidan quriladi. Modul, konstruktiv, funksional, elektr jihatidan tugallangan hisoblash qurilmasi. U, mustaqil yoki boshqa modullar bilan, ushbu sinf masalasini yechish imkoniyatiga ega.
TEKSHIRUV UCHUN SAVOLLAR:
1. Mikroprotsessor va controller vazifasi qnday?
2. PORT nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |