6-Amaliy ish
Marshrutizatorlar, ularning turlari va vazifalarini o'rganish
Ishdan maqsad: Router orqali ma`lumotlarni uzatishni tadqiq qilish
Marshrutizator yoki router – bu ikki va undan ortiq turli xildagi tarmoqni bir-biri bilan bog‘lab beruvchi qurilmadir. Routerni paketli kommutatsiyalangan tarmoqlarga maʻlumotlarni uzatish orqali mahalliy tarmoq va Internet o‘rtasida ulanishni osonlashtiradigan va o‘rnatadigan jismoniy tarmoq qurilmasi ham deb atash mumkin. Router kabel, DSL yoki internet provayderining boshqa simli ulanishi orqali ulangan modemdan Internetdan maʻlumotlarni olish orqali shaxsiy tarmoqni yaratadi. Routerlarda Internetga ulanishni tarqatish uchun qurilmalarga ulanishingiz mumkin bo‘lgan bir nechta portlar mavjud. Mahalliy tarmoqdagi modemlar va qurilmalar o‘rtasidagi aloqa orqali router Internet va tarmoq ichidagi aloqani osonlashtiradi. Router tizimning tarmoq qatlamida ulanishni taʻminlaydi va shu bilan OSI modelining uchinchi qatlamida ishlaydi.
Marshrutizatorlar alohida tarmoqlarni, umumiy tarmoqlardan iborat tarmoqqa birlashtiradi.
Har bir marshrutizator bir nechta tarmoqqa ulangan boʼlishi mumkin (8.1-rasm).
8.1-rasm. Tarmoqlardan iborat tarmoq.
Marshrutizatorning asosiy vazifasi – har bir port orqali qabul qilinadigan va vaqtincha saqlab turiladigan tarmoq protokollari (masalan IPX, IP, AppleTalk yoki Decnet protokollari) paketlarining sarlavhalarini o‘qish va paketning tarmoq adresi, yaʻni IP-adresi asosida, uning navbatdagi marshruti qanday bo‘lishi haqida qaror qabul qilishdan iboratdir.
Marshrutizatorlar qo‘llaniladigan o‘rniga qarab, bir nechta sinflarga bo‘linadi (8.2-rasm):
1.Magistral tarmoqlarni qurish uchun mo‘ljallangan marshrutizatorlar.
2.Tarmoqlarning chegaralari uchun mo‘ljallangan marshrutizatorlar.
3.Xududiy bo‘limlar marshrutizatorlari.
4.Uzoqlardagi ofislar uchun mo‘ljallangan marshrutizatorlar.
5.Lokal tarmoqlar marshrutizatorlari.
8.2-rasm. Marshrutizatorlarning qo‘llanish o‘rinlari va xillari.
Katta tarmoqlarda, ko‘pincha bir nechta ierarxik sathlarda ishlovchi marshrutizatorlar qo‘llaniladi. Bunda lokal komp`yuter tarmoqlari stantsiyalari birinchi sath marshrutizatorlariga ulangan bo‘ladi. Birinchi sath marshrutizatorlari esa, ikkinchi sath marshrutizatorlariga ulanadi. Yuqori uchinchi sath marshrutizatorlari esa, faqat o‘zaro bog‘langan bo‘ladilar.
Marshrutizatorlarning – yuqori, o‘rta (ikkinchi sath) va quyi (birinchi sath) sinflari mavjud.
Yuqori sinf marshrutizatorlari – magistral marshrutizatorlar deb ataladi (backbone routers).
Bu xildagi marshrutizatorlarning unumdorligi eng yuqori bo‘ladi. Ular yordamida korxonalarning magistral tarmoqlari yoki biron bir hududning global tarmog‘i magistrali hosil qilinishi mumkin. Magistral marshrutizatorlar yordamida sekundiga bir necha 100 ming, xatto bir necha millionlab paketlarni ishlash amalga oshiriladi.
O‘rta sinf marshrutizatorlari - deganda mintaqaviy bo‘limlar uchun mo‘ljallangan marshrutizatorlar tushuniladi. Ular yordamida mintaqaviy bo‘limlarni, markaziy yaʻni, magistral tarmoq bilan bog‘lash amalga oshiriladi. Ushbu marshrutizatorlar, yuqori sinf marshrutizatorlarining nisbatan soddalashtirilgan variantlari hisoblanadi.
Quyi sinf marshrutizatorlari esa – uzoq masofalarda joylashgan offislar uchun mo‘ljallangan marshrutizatorlardir. Ular yordamida uncha katta bo‘lmagan ofislarni korxona tarmog‘i bilan ulash amalga oshiriladi. Bunday marshrutizatorlar uncha katta tezlikka ega bo‘lmagan kanallar orqali ishlash uchun mo‘ljallangan, jumladan ularda telefon tarmoqlari orqali ulanish portlari ham mavjud bo‘ladi.
Marshrutizatorlarni qurishda uch xil asosiy arxitekturalardan foydalanilgan:
1.Bitta protsessorli arxitektura.
2.Kuchaytirilgan bitta protsessorli arxitektura.
3.Simmetrik ko‘p protsessorli arxitektura.
Bitta protsessorli arxitektura asosida qurilgan marshrutizatorlarda trafikni ishlash bosqichlari - filtrlash va paketlarni uzatish, marshrutlash jadvallarini yangilash, xizmat ko‘rsatuvchi paketlarni ajratish, boshqaruvchi paketlarni shakllantirish va hokazo shu kabi vazifalarning barchasi markaziy protsessorga yuklangan bo‘ladi.
Kuchaytirilgan bitta protsessorli marshrutizatorlarda esa, yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlarning bazilarini bajaruvchi, qo‘shimcha modullar o‘rnatilgan bo‘ladi.
Simmetrik ko‘p protsessorli marshrutizatorlarda, paketlarni ishlash bosqichlarini bajarish uchun alohida-alohida protsessorlardan foydalanilgan.
Marshrutizator (router) - bu qurilma katta lokal tarmoqlar tarkibidagi tarmoq osti tarmoqlari (subnetlar) ichida va ular orasida uzatilayotgan axborotni, ko‘priklarga nisbatan yana ham ishonchliroq himoya qila oladi. Negaki marshrutizatorlar tarkibiy raqamli adreslar, yaъni IP-adreslar asosida tarmoqni mantiqiy segmentlarga ajratadi. Bu adreslarda tarmoqning nomeri degan qismi bo‘ladi. Adresining ana shu qismi bir-xil bo‘lgan komp`yuterlar, bir tarmoq osti tarmoqqa tegishli bo‘ladi (8.3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |