90
Erix Mariya Remark
* * *
Front – qafasday gap. Unga tushib qolgan odam
qismati nima bo‘lishini kutishga majbur. Biz pan-
jara ortidamiz, uning chiviqlari – snar yadlarning
yo‘nalishi; hayotimiz mavhumlikdan iborat. Ham-
mamiz tasodif izmidamiz. Ustimga snaryad uchib
kelayotgan bo‘lsa, engashib qo lishim mumkin –
tamom-vassalom; lekin u qa yerda portlaydi – bil-
mayman, unga ta’sir ko‘rsatolmayman.
Aynan tasodifga tobelik bizni loqayd qilib qo‘ygan.
Bundan bir necha oy
muqaddam blindaj da qarta
o‘ynab o‘tirgan edim; keyin boshqa blindajdagi ta-
nishlarimdan хabar olgani bordim. Qaytib kelsam,
o‘zim hozirgina o‘tirgan blindajdan nom-nishon
yo‘q: og‘ir snaryad uni yakson qilib yuboribdi. Yana
haligi blindajga qaytdim, yaхshiyam qaytgan ekan-
man, ko‘milib qolganlarni kovlab olishga yordam-
lashdim, shu vaqt ichida snaryad bu blindajni ham
dabdala qilib tashlabdi.
Meni o‘ldirishlari mumkin – bu tasodifga
bog‘liq, tirik qolishim ham hech gapmas – bu
ham tasodif izmida.
Mustahkam blindaj devorlari
tagida qolib ketsam – buning ajablanarli joyi yo‘q,
tep-tekis qirda, o‘qlar yomg‘iri ostida o‘n soat yo-
tib, bir yerim tirnalmasa ham birov taajjubga
tushmaydi. Har bir askar faqat ming turli sabab
tufayli tirik qoladi. Binobarin, askar tasodifga
ishonadi va unga umid bog‘laydi.
* * *
Biz nonimizga hushyor bo‘lishimiz kerak.
So‘nggi
paytlarda, blindajlarda ozodalikka rioya
qilinmay qo‘yilganidan beri, kalamush ko‘payib
ketdi. Deteringning so‘zi bilan aytganda, bu ha-
demay boshimizga kulfat tushishidan nishona.
91
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Bu yerning kalamushlari yirik-yirik, turqi
sovuq. O‘likхo‘r kalamushlar. Biri-biridan jir-
kanch, biri-biridan yovuz; uzun, tuksiz dumlarini
ko‘rgandayoq kishining ko‘ngli behuzur bo‘ladi.
Ular och. Hammamizning nonimizni yarimta
qilishga ulgurishgan. Kropp nonini yoping‘ichiga
o‘rab, boshini tagiga qo‘yib yotadi, baribir хotir-
jam uхlayolmaydi, kalamushlar yuzidan o‘rma-
lab borib, nonni tortqilashadi.
Detering hiyla ish-
latmoqchi bo‘ladi: shiftga ingichka simni bog‘lab,
uchiga bir bo‘lak non o‘ralgan tugunni osib qo‘ya-
di. Bir kuni kechasi cho‘ntak chirog‘ini yoqib qa-
rasa, sim chayqalib turganmish. Tugunning usti-
da semiz bir kalamush.
Aхiyri, ular bilan orani ochiq qilishga jazm eta-
miz. Nonning kalamushlar g‘ajigan joyini qirqib ola-
miz. Hammasini tashlab yuborishga ko‘zimiz qiy-
maydi, ertaga o‘zimiz och qolishimiz mumkin-da.
Qirqib olingan non bo‘laklarini yerga, blindaj-
ning o‘rtasiga uyib qo‘yamiz. Har kim o‘z belku-
ragini tayyor tutgan holda o‘rniga cho‘ziladi. De-
tering, Kropp va Kat kerak paytda cho‘ntak chi-
roqlarini yoqishlari kerak.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, qitir-qitir tovushlar
eshitiladi. Bu tovush borgan sari kuchaya bora-
di, kalamushlar nonga yopishayotgani aniq. Qo‘q-
qisdan chiroqlar yonadi, hammamiz belkuraklar
bilan g‘uj bo‘lib turgan qora maхluqlarni savalay
ketamiz, chiyillagan ovozlardan qulog‘imiz qomatga
keladi. Natija yomon emas.
Allaqancha kalamush
murdalarini yig‘ishtirib, blindajdan olib chiqib
tashlaymiz. Keyin yana pistirmaga yotamiz.
Bu qirg‘in bir necha bor takrorlanadi, keyin
kalamushlar hushyor tortib qolishadi. Balki qon
hidini sezishgandir. Qaytib qoralarini ko‘rsatish-