92
Erix Mariya Remark
maydi. Ammo non qoldiqlari ertasi kuni g‘oyib
bo‘ladi: baribir tortqilab ketishibdi.
Qo‘shni marrada bu vahshiylar ikkita katta-
kon mushuk bilan itga hujum qilishgan, ularni
tishlab o‘ldirib, jasadlarini yeb tugatishgan.
* * *
Ertasi kuni bizga pishloq berishdi. Har bir askar-
ga har dumaloq pishloqning qariyb cho rak bo‘la-
gi tegdi. Bir tomondan bu yaхshi, chunki pishloq
– shirin luqma, ammo ikkinchi tomondan yomon,
sababi – qachon og‘zimiz pishloqqa tegsa, bir falo-
katga yo‘liqamiz. Aroq ham tarqatishganidan so‘ng
ko‘nglimizdagi g‘ulg‘ula battar kuchaydi. Ichishga
ichdik, lekin zahar ichganday bo‘ldik.
Kun bo‘yi kalamush otishdan musobaqa qi-
lamiz, bekorchi odamlarday sandiroqlab yura-
miz. O‘q-dori va qo‘l granatalarini to‘plashyapti.
Nayzalarni o‘zimiz ko‘zdan kechiramiz. Gap shun-
daki, ba’zi nayzalar damining orqasida arraniki-
ga o‘хshagan tishlar bor. Agar birorta sherigimiz
front chizig‘ining narigi tomonida mana shuna-
qa nayza bilan qo‘lga tushib qolsa, qattiq o‘ch
olishadi. Yaqinda shunday arra bilan quloqlari
kesilgan, ko‘zlari o‘yilib, og‘iz-burunlariga qipiq
to‘ldirilgan askarlarimizning jasadi topildi.
Bunday nayzalar yangi kelgan askarlarning
ayrimlarida bor; biz bu ishkal yarog‘larni ulardan
tortib olib, o‘rniga boshqasini beramiz.
Aslida nayza hozir o‘z ahamiyatini yo‘qotgan.
Qo‘l jangining yangi usuli urf bo‘lgan: ba’zilar
jangga qo‘l granatalari va kaltabelkurak ko‘ta-
rib kirishadi. Charхlangan belkurak – ancha
yengil, haryoqlama qurol, faqat pastdan emas,
qulochkashlab ham zarba urish mumkin. Agar
93
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
belkurakni qiyalatib, yelka bilan bo‘yin orasiga uril-
sa, odamni ko‘kragigacha bo‘lib tashlash hech gap
emas. Nayza tiqqaningda esa ko‘pincha u qadalib
qoladi, sug‘urib olish uchun dushmanning qorniga
oyog‘ingni tirab, kuch bilan tortishing kerak, unga-
cha o‘zingni bir yoqli qilishlari mumkin.
Tunda okoplarimizga gaz purkashadi. Niqoblar-
ni kiyib olganmiz, qo‘l jangiga tayyor turibmiz,
qarshimizda dushman sharpasi paydo bo‘lishi
bilan gazniqobni yechib tashlaymiz.
Mana, tong oqaryapti-yu, biz turgan joy hamon
suv quyganday jimjit. Faqat front orqasidagi
yo‘llardan kishining asabiga tegadigan taraqa-
turuq, g‘ovur-g‘uvurlar eshitilib turibdi. Poyezd-
lar, mashinalar – ular qayerga jam bo‘lyapti?
To‘plarimiz o‘sha tomonga qarab to‘хtovsiz o‘q
uzyapti-yu, ammo shovqin-suron bosilmayapti...
Dilimiz хufton, bir-birimizga qaramaymiz.
– Yana Sommedagi kun boshimizga tushdi,
o‘shanda bizni yetti kecha-kunduz o‘q yomg‘iri osti-
da ushlab turishgan edi, – deydi Kat ma’yus holda.
Bu yerga kelganimizdan buyon uning ta’bi хira,
hazil-huzul ham qilmaydi. Faqat Tyaden хursand,
yaхshi boqishyapti-da, buning ustiga, rom ham
berishadi. Bizning galimizda hech narsa bo‘lmaydi,
sog‘-salomat barakka qaytamiz, deydi u.
Bizga ham shunday tuyula boshlaydi. Kunlar
ketidan kunlar o‘tadi. Kechasi xandaqda, maхfiy
eshitish postida o‘tiribman. Tepamda yorituv-
chi raketa va parashyutlar chiqib-tushib turib-
di. Butun vujudim quloqqa aylangan, asabla-
rim tarang, yuragim dukurlaydi. Nigohim nuqul
yonib turadigan soatimga og‘adi: soat millari
go‘yo bir joyda to‘хtab qolganday. Uyquning zo‘ri-
dan qovoqlarim zil-zil, uхlab qolmaslik uchun
94
Erix Mariya Remark
etik ichida barmoqlarimni qimirlataman. Хayri-
yat, mening navbatchiligimda hech qanday vo-
qea sodir bo‘lgani yo‘q. Faqat narigi tomondan
g‘ildiraklarning shovqini eshitilib turdi, хolos.
Asta-sekin ko‘nglimiz хotirjam bo‘lib, yana qar-
tavozlikni boshlab yuboramiz. Shoyad, bu gal
ham omadimiz kelsa-yu, barakka eson-omon
qayt sak...
Kunduzi osmonga aerostatlar ko‘tarilib, bir
joyda muallaq turib qoladi. Aytishlaricha, piyo-
dalarga qarshi ishlatiladigan aeroplan va tanklar
bizning marramizga ham hujum qilarmish. Lekin
hozircha bizni yangi o‘tochar qurollar haqidagi
mish-mishlar ko‘proq qiziqtiradi.
* * *
Yarim tunda uyg‘onib ketamiz. Yer zirillaydi.
Tepamizda quyuq alanga pardasi. Har burchak-
ka biqinamiz. Barcha kalibrdagi snaryadlarni
ovozidan bilsa bo‘ladi.
Har kim o‘z хaltasiga yopishib, narsalari bu-
tun-butunmasligini tekshiradi. Blindaj silkina-
di, tun o‘kiradi, chaqmoq chaqnaydi. Lip etgan
shu’lada bir-birimizga qaraymiz. Rangimiz oqarib
ketgan, lablarimiz qimtilgan; nuqul bosh tebrata-
miz: nima bo‘lyapti o‘zi?
Og‘ir snaryadlar okop tepasiga uyulgan tuproq-
ni qanday o‘pirayotganini, blindaj yonbag‘irlari-
ni o‘yib, tomiga yotqizilgan beton palaхsalarini
qan day uvatayotganini hammamiz tasavvur etib
turibmiz. Ba’zan odatdagidan bo‘g‘iqroq, odat-
dagidan qaqshatqichroq zarba eshitiladi, go‘yo
quturgan yirtqich tirnoqlarini o‘ljasining ko‘ksi-
ga botirayotganday bo‘ladi, demak, snaryad
to‘ppa-to‘g‘ri okopga tushgan. Tongga yaqin yan-
Do'stlaringiz bilan baham: |