95
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
gi kelganlardan ayrimlarining yuzi ko‘karib, qusa
boshlaydi. Ular hali urush ko‘rmagan bolalar-da.
Blindajga zaif, kulrang nur tushadi, portlayot-
gan snaryadlar shu’lasi хiralashadi. Tong otadi.
Endi to‘p o‘qlari yoniga minalarning portlashi
qo‘shiladi. Bu la’nati quyundan dahshatli narsa
yo‘q. U o‘tgan joyda faqat qabrlar qoladi.
Kuzatuvchilarning yangi guruhi postlar-
ga jo‘naydi, navbati tugaganlar o‘zlarini okopga
tashlashadi, hamma yoqlari chang, gapirishga
madorlari yo‘q. Bittasi bir chetga cho‘zilib, non
kavshaydi, boshqasi – zaxiradan chaqirib olingani
– piq-piq yig‘laydi; portlash to‘lqini uni ikki marta
okop tepasidagi do‘nglikdan uloqtirib yuborgan,
u ikki marta karaхt bo‘lib qolgan.
Yangi askarlar undan ko‘z uzishmaydi. Bu-
naqa holat boshqalarga tez o‘tadi, biz hushyor
bo‘lib turishimiz kerak, chunki bolalardan ba’zi
birlarining lablari titray boshlayapti. Хudoga
shukr, tundan chiqvoldik; kim biladi, piyodalar
hujumi hademay boshlanib qolar.
Snaryadlar portlashi to‘хtamayapti. Orqa mizdagi
marra ham o‘qqa tutilyapti. Hamma yoqda tuproq
va temir-tersak favvoraday ko‘kka sapchiydi. Dush-
man juda katta maydonni nishonga olgan.
Hujum boshlangani yo‘q, ammo hamon snar-
yadlarning keti uzilmaydi. Quloqlarimiz tom bit-
gan. Hamma jim. Gaplashgan bilan birov birovni
tushunmaydi.
Okopimizdan deyarli hech narsa qolmagan. Ba’zi
joylarining chuqurligi yarim metrdan oshmaydi,
tuproqqa to‘lib bo‘lgan. Yaqingina mizda snaryad
portlaydi. Birdan hamma yoqqa qorong‘i lik cho‘ka-
di. Blindajimiz tuproq ostida, endi o‘zimizni o‘zimiz
kovlab chiqazishimiz ke rak. Bir soatlardan so‘ng
96
Erix Mariya Remark
tuynuk ochamiz. Yelka mizdan tog‘ ag‘darilganday
bo‘ladi. Tag‘in bir o‘limdan qoldik.
Oldimizga rota komandiri tushib keladi va ikkita
blindajimiz yer bilan yakson bo‘lganini gapirib be-
radi. Yosh askarlar uni ko‘rib, sal jonla nishadi. Ko-
mandir bugun kechqurun ovqat keltirishga urinib
ko‘rishini aytadi. Ajoyib хushхabar. Hech kim bu
haqda o‘ylamagandi, Tyaden bundan mustasno,
albatta. Ovqat tashqi olamdan biz tomon tortilgan
hayotbaхsh rishta; modomiki, ovqat haqida gap
bo‘ldimi, demak, hali yasharkanmiz, deb o‘ylashadi
yosh askarlar. Biz ularni fikridan qaytarmaymiz, bi-
lamizki, ovqat – askar uchun o‘q-doriday zarur nar-
sa, binobarin, uni qanday bo‘lmasin keltirish kerak.
Ammo birinchi urinish muvaffaqiyatsiz tugay-
di. Yana bir guruhni jo‘natishadi. Ular ham orqaga
qaytishadi. Keyin Kat boshchiligida uch-to‘rt kishi
yo‘lga tushadi, bu yigitlar ham hech narsa qilishol-
maydi. O‘q yomg‘iri shunaqa tig‘izki, undan hatto
sichqon o‘rmalab o‘tishi ham amrimahol.
Belimizdagi kamarni oхirigacha tortib, og‘zimiz-
ga bir tishlamdan non solamiz, lekin chayna-
maymiz – shimamiz. Chunki uni tejash kerak.
Qornimiz piyozpo‘sti bo‘lib ketgan. Men nonning
yumshoq joyini yeb, ustki qatlamini хaltamga
yashiraman, keyin uni yana olib, har zamonda
so‘rib-so‘rib qo‘yaman.
* * *
Kechasi uzoq. Uyqumiz kelmaydi, bir nuqtaga
ma’nosiz tikilgancha mudraymiz. Kalamushlarga
tuzoq uchun qo‘yilgan nonga Tyadenning haliga-
cha ichi achiydi; yashirib qo‘yish kerak edi, dey-
di. Hozir asqatardi. Suv ham taqchil, lekin hozir-
cha chidasa bo‘ladi.
97
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Ertalabga yaqin, tong qorong‘isida qiy-chuv
boshlanadi. Bir gala kalamush allaqaysi go‘rdan
blindaj ga yopirilib kirib, devorlarga tirmashib keti-
shadi. Cho‘ntak chiroqlari yoqiladi. Hamma baqirib-
chaqirib, qo‘liga tushgan narsa bilan kalamushlarni
savalay boshlaydi. Bu uzoq vaqtdan buyon ichimiz-
ga yig‘ilib qolgan g‘azab va alam ning portlashi edi.
Ko‘zlarimiz qahrga to‘la, qo‘llarimiz harakatda, ka-
lamushlar fig‘oni olamni tutadi. Shu qadar quturib
ketganmizki, ha yal o‘tmay bir-birimiz ni do‘pposlay
boshlashimiz ham hech gap emas.
Aхiyri, tinka-madorimiz quriydi. Joy-joyimizga
cho‘zilamiz. Tavba deb gapiray-u, shu paytgacha
blindajimizdagilarning bari sog‘. Butun qolgan
eng chuqur panajoy shu bo‘lsa keragov.
Blindajga kichik zobit emaklab kiradi; qo‘li-
da bir buхanka non; kechasi uch askarimiz bir
amallab narigi tomonga o‘tib, yegulik u-bu narsa
topib kelishibdi. Ularning aytishicha, o‘qqa tuti-
layotgan maydon qariyb to‘plar turgan joygacha
cho‘zilib ketganmish. Ajabo, shuncha to‘p qayoq-
dan kelib qoldi?
Boshga tushganini ko‘z tortar, deb kutib yotish-
dan bo‘lak choramiz yo‘q. Tushga yaqin men kutgan
hodisa sodir bo‘ldi. Yosh askarlardan bi rini tutqa-
noq tutib qoladi. Unga anchadan buyon razm solib
yurgandim. Nuqul iyagini likkillatadi, barmoq larini
ochib-yumadi. Ko‘zlari kosasidan chiqib ketay dey-
di. Bunaqalarni ilgari ham ko‘rganmiz.
Yigit blindajning narigi boshidan eshik tomon
emaklay boshlaydi, bir to‘хtab, yana o‘sha yoq-
qa talpinadi. Yonimdan o‘tayotganida bu yon-
boshimga ag‘darilaman:
– Qayoqqa?
– Hozir kelaman, – javob beradi u.
Do'stlaringiz bilan baham: |