117
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Ularning sapchib turib yugurishlari va sal o‘tmay
guppa ag‘darilishlarini ko‘rib, joning halquming-
ga keladi. Qani endi, bu tentakligi uchun yoqasi-
dan tutib, quloq chakkasiga tortib yuborsang yoki
shartta ko‘tarib, jang maydonidan nariroqqa olib
borib qo‘ysang. Kiyimlarini aytmaysizmi! Kulrang
askarcha kamzul ham,
shim ham, etik ham katta
– cho‘pday ozg‘in gavdada kamzul hilpillab yotib-
di, shim qopga o‘хshaydi, etik har qadam bosganda
popillaydi – omborda bularbop kiyim topilmagan.
Halok bo‘lgan har bitta keksa askarga besh-
o‘nta yosh askarning murdasi to‘g‘ri keladi.
Ko‘plari kimyoviy hujum paytida u dunyoga
ravona bo‘lishadi. O‘zlarini nima kutayotgani-
ni anglashga ham ulgurishmaydi. Blindajlardan
biri yuz va lablari qorayib ketgan murdalarga
to‘la. Bir o‘radagi yoshlar
gazniqoblarini bar vaqt
yechishadi; ular gaz havodan ko‘ra yerda uzoq
turishini bilishmagan; tepada niqobsiz yurgan
odamlarni ko‘rib, ular ham o‘zlarinikini apil-tapil
yechib tashlashgan va obdon gaz yutib, o‘pkala-
rini ishdan chiqazishgan. Hozir ularning ahvoli
og‘ir,
endi qiynalib, qon qusib, uzoq jon berishadi.
* * *
Kutilmaganda Хimmelshtosga yuzma-yuz kel-
sam-a! Ikkalamiz bitta xandaqqa tushib qolibmiz.
Nafasimizni ichimizga yutib, yonma-yon yotibmiz,
hamma hujumga tashlanish daqiqalarini kutyapti.
Qattiq hayajondaman, mana nihoyat, xan-
daqdan otilib chiqdik ham, iye, Хimmelshtos qani?
Darhol izimga qaytib, xandaqqa sakrayman, voy
хumpar-ey, bir burchakda biqinib o‘tiribdi. Yuzi
sal
tirnalgan, o‘zini yaralanganga solyapti. Dag‘-
dag‘ titraydi – u ham bu erda yangi-da. G‘azabim
118
Erix Mariya Remark
qaynab ketadi, yosh-yosh yigitlar hujumga otil-
sa-yu, bu ablah pana joyda pusib o‘tirsa!
– Chiq! – deyman ovozim bo‘g‘ilib.
Qimir etmaydi, mo‘ylovi lip-lip uchib turibdi.
– Chiq!
U oyog‘ini uzatib, xandaq devoriga suyanib
oladi, nuqul kuchukka o‘хshab g‘inshiydi.
Tirsagidan ushlab, oyoqqa turg‘azmoqchi bo‘la-
man. U battar chinqirishga tushadi. Asabim bar-
dosh berolmaydi. Halqumidan olib, silkita boshlay-
man, kallasi u yoqdan-bu yoqqa borib kelyapti.
– Turasanmi-yo‘qmi, yaramas? Voy itvach-
cha-yey, joning shirinlik qildimi?!
Ko‘zlari go‘laygan, qani miq etsa! Boshini
devorga uraman.
– Tur, hayvon! – shunday deb, qovurg‘asining
ostiga tizza uraman. – Tur, cho‘chqa!
Aхiyri, tepaga sudrab chiqaman.
Shu payt yonimizdan hujumga tashlanganlar-
ning yangi safi chopib o‘tadi. Ularning orasida
leytenant ham bor. Bizni ko‘rib qichqiradi:
– Olg‘a, olg‘a, orqada qolmanglar!
Shuncha so‘kkanlarim ham bir bo‘ladi-yu,
shu bir og‘iz buyruq ham bir bo‘ladi!
Boshliqning
ovozini eshitishi bilan Хimmelshtosning ko‘zlari
charaqlab ochilib ketadi, keyin u yoq bu yoqqa
alanglab, haligilarning ketidan yuguradi.
Men ham ularga ergashaman, Хimmelshtos yel-
day uchib boryapti. U yana biz bilgan fidoyi harbiy-
ga aylangan edi. Ana, leytenantni ham quvib o‘tdi,
hozir hammadan oldinda yugurib ketyapti.
* * *
Shiddatli otishma. Dushman yo‘lini to‘suvchi
o‘t. O‘q yomg‘iri. Mina. Gaz. Tanklar. Pulemyot-