To‘rtinchi nashri uo‘K



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/84
Sana23.07.2021
Hajmi1,21 Mb.
#126385
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84
Bog'liq
1155-6e362bca

108
Erix Mariya Remark
gan taqdirda ham, baribir bu manzaralar ko‘ngilga 
taskin beradi. Ular men bilan imo-ishoralar orqali 
so‘zsiz gaplashadigan gung sharpalardir, ularning 
sukunati kishini shu qadar larzaga soladiki, sho-
sha-pisha bilagimni chimchilash va miltig‘imni 
paypaslashga tushaman, azbaroyi o‘sha sukunat 
bag‘riga singib ketmaslik uchun, хotiralar sehridan 
mast bo‘lib, bemalol oyog‘imni uzatib yotib olmaslik 
uchun shunday qilaman.
Hozir biz sukunat nimaligini tasavvur etolmay-
miz. Mana shuning uchun ham u tez-tez yodi-
mizga tushadi. Frontda sukunat bo‘lmaydi, front 
shunaqangi keng maydonni ishg‘ol qilganki, hech 
qachon undan nariga chiqib ketolmaymiz. Hatto, 
taqsimlash punkti va frontdan olisdagi dam  olish 
lagerlarida ham to‘plarning gumbur-gumburi 
qulog‘imda aks sado berib turadi. Biz hech qa-
chon bu tovushlar eshitilmaydigan masofagacha 
uzoqlasha olmaymiz. Keyingi paytlarda esa gum-
bur-gumburlar haddan ziyod kuchayib ketdi.
Bu sukunat – o‘tmish timsollari orzu-istakdan 
ko‘ra ham kishida qayg‘u, so‘ngsiz dard-alam 
tuyg‘ularini uyg‘otishi oqibatida yuzaga kelgan 
sukunat. Orzularimiz bor edi, endi qaytmaydi. 
Ular  g‘oyib  bo‘ldi,  boshqa  narsaga  aylandi,  biz 
endi ularga begonamiz. Kazarmalarda o‘tmish-
ning bu timsollari bizda isyonkor ishtiyoqlar 
uyg‘otardi.  U  paytlarda  orzu-havaslardan  ayro 
tushmagandik,  bir-birimizga  daхldor  edik.  Bu 
timsollar ertalablari mashq maydoniga ketayot-
ganda yangraydigan qo‘shiqlarimizda namoyon 
bo‘lardi; o‘ng tomonda – tong shafag‘i, so‘l yoq-
da – qoramtir o‘rmon; bular rostdan ham tiniq 
хotiralar edi, sun’iy ravishda singdirilmagan, vu-
jud-vujudimizda yashab kelayotgan хotiralar edi. 


109
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Biroq okoplarga tushdig-u, ulardan mosuvo 
bo‘ldik.  Endi  хotiralar  yuragimizni  tirnamaydi, 
– biz o‘lganmiz, хotiralar ham sarobga aylangan: 
ular unutilgan, lekin ba’zan ko‘z o‘ngimizda qa-
dalib turib oladigan sirli sharpalar tusiga kirgan
biz bu sharpalardan qo‘rqamiz va ularni noumid 
bir muhabbat bilan sevamiz. O‘tmish sharpalari 
kuchli, lekin bizning sog‘inchimiz ham hazilakam 
emas, faqat unga yetishib bo‘lmaydi. O‘tmishni 
qo‘msash, хuddi general bo‘lishni orzu qilishday, 
besamara хayolparastlik. 
Agar bizga bolaligimiz kechgan yurtlarga qay-
tishga ruхsat berishganda ham, hozir u yerlarga 
borib, nima qilishni bilmay boshimiz qotishi eh-
timoldan uzoq emas. Chunki o‘sha joylar bilan 
bizni bog‘lab turgan ko‘rinmas rishtalarni endi 
ulash qiyin. To‘g‘ri, o‘sha dalalar, o‘sha qir-u adir-
larda sayr qilib yurgan bo‘lardik, har bir so‘qmoq, 
har bir tepalikni ko‘rib, benihoya sevinardik. 
Ammo juvonmarg ketgan o‘rtog‘imizning surati 
o‘rtada ko‘ndalang bo‘lib turaverardi: uning qiyo-
fasi, yuz-ko‘zlari, u bilan birga kechgan kunlar...
Biz endi u yerlar bilan ilgargiday bog‘lana ol-
maymiz.  Aхir,  bizni  u  joylarning  faqat  go‘zal 
manzarasi yoki ob-havosi mahliyo etgan emas – 
yo‘q, o‘sha paytlarda atrofimizni qurshagan jami-
ki  borliq  bilan  o‘zimizni  yaхlit  bir  vujudday  his 
etardik, hayotni jon-jonimizdan sevardik, yuz 
berayotgan voqea va hodisalar bizni yagona av-
lod sifatida shakllantirgan, ota-onalarimizning 
dunyoqarashi esa biz uchun хiyla mavhum edi. 
Ha, biz tevaragimizdagi barcha narsalarni ardoq-
lardik, ularning har bittasi bizni abadiyatga eltuv-
chi zinapoyaday tuyulardi. Ehtimol, bu yoshlik 
hadya etgan imtiyozdir – dunyoda biron bir g‘ov 



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish