To‘rtinchi nashri uo‘K



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/84
Sana23.07.2021
Hajmi1,21 Mb.
#126385
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84
Bog'liq
1155-6e362bca

121
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
* * *
Bizni almashtirishadi. Ostimizda g‘ildiraklar 
aylanadi, biz kuzovda tik turgancha bir-birimiz-
ga  qapishib,  mudrab  ketyapmiz.  «Ehtiyot  bo‘ling, 
sim!» – degan ogohlantirishni eshitganda o‘tirib ola-
miz. Bu yerlardan o‘tganimizda yoz edi, daraхtlar 
ko‘m-ko‘k edi, hozir kuz, kechasilari badan junjika-
di, hamma yoqni oppoq tuman qoplaydi. Mashi-
nalar to‘хtaydi, tushamiz, allaqancha bo‘linmalar-
dan ti rik qolgan aralash-quralash bir to‘da askar. 
Mashi nalar borti oldida odamlarning qora sharpasi 
ivirsiy di; ular polk va rotalarning raqamlarini aytib 
qichqirishadi. Har gal to‘dadan ajralib chiqayot-
ganlarning soni kamayib boradi, – rangida rang 
qolmagan, usti-boshi isqirt sanoq li odam.
Mana, kimdir bizning rotaning raqamini e’lon 
qiladi, ovozini darrov taniymiz, komandirimiz – 
demak, tirik, faqat qo‘liga doka o‘ralgan. Yoniga 
boramiz. Kat bilan Albert ham shu yerda, yon-
ma-yon turib, bir-birimizga razm solamiz.
Raqam yana ikkinchi, keyin uchinchi marta 
baqirib aytiladi. Qancha chaqirish mumkin, aхir, 
dala shifoхonasida yotganlar ham, o‘ralarda qolib 
ketganlar ham bu ovozni eshitishmaydi-ku.
– Ikkinchi rota, yonimga keling! – degan buyruq 
yana takrorlanadi.
Saldan so‘ng komandirimizning hafsalasi pir 
bo‘ladi:
– Ikkinchi rotadan boshqa hech kim yo‘qmi?
Hech kimdan sado chiqmaydi. «Bor-yo‘g‘i shu-
mi?»  –  deydi  komandir  va  buyruq  beradi:  «Tar-
tib raqami bo‘yicha safga turing!» – bu gal uning 
ovozi juda hazin eshitiladi.
Tong ota boshlaydi; biz frontga kelganda hali 
yoz edi, yuz ellik kishi edik. Hozir sovqotyap-


122
Erix Mariya Remark
miz, kuz kuz-da, yaproqlar shildiraydi, havoga 
birin-ketin  horg‘in  ovozimiz  tarqaladi:  «Birinchi, 
ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi...» O‘ttiz ikkiga yet-
ganda yo‘qlama tugaydi. Hamma jim. Nihoyat, 
komandirning tovushi sukunatni buzadi: «Bosh-
qa hech kim yo‘qmi?» Biroz kutadi, keyin buyura-
di: «Vzvod bo‘yicha... – ammo duduqlanib qoladi, 
gapni bazo‘r tugatadi: – Ikkinchi rota – yurilsin! 
Erkin qadam tashlang!»
Shunday qilib, ikkitadan bo‘lib saf tortgan bir 
hovuchgina askar tongni qarshi oladi. 
O‘ttiz ikki kishi.
VII
Bizni front orqasiga, taqsimlash punktlaridan 
biriga odatdagidan ko‘proq muddatga olib ke-
lishadi.  Bu  yerda  rota  qayta  tuziladi.  Safimizga 
yana yuzdan ortiq odam qo‘shilishi kerak.
Hozircha qiladigan ishimizning tayini yo‘q, vaq-
timiz  bemalol.  Ikki  kundan  so‘ng  Хimmelshtos 
qorasini ko‘rsatadi. Okop azoblarini tortganidan 
beri popugi ancha pasayib qolgan. U yarashish-
ni taklif etadi. Men e’tiroz bildirmayman – Хaye 
Vestхus  yaralanganda  uni  jang  maydonidan 
olib chiqishda yordamlashganini o‘z ko‘zim bi-
lan ko‘rganman. Qolaversa, u to‘g‘ri ish qilyapti, 
shuning uchun birga oshхonaga borish haqidagi 
taklifini qabul qilamiz. Faqat Tyadengina hamon 
tutun qaytaradi.
Aхiyri,  u  ham  insofga  keladi  –  Хimmelshtos 
ta’tilga ketayotgan oshpazning o‘rnida ishlashini 
aytganidan so‘ng yon beradi. Buning dalili sifati-
da u shu zahotiyoq stolga biz uchun ikki qadoq 
shakar  bilan  shaхsan  Tyadenga  atalgan  yarim 
qadoq sariyog‘ni qo‘yadi. Keyin shundoq qiladiki, 


123
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
uch kun davomida biz oshхonaga kartoshka va osh-
qovoq archgani boramiz. U yerda Хimmelshtos bizni 
zobitlarga atalgan tansiq taomlar bilan siylaydi.
Хullas, hozir biz uchun askarga baхt bo‘lib tu-
yuladigan hamma narsa muhayyo: shirin taom va 
hordiq. Bunday olib qaralsa, arzimagan gap. Ikki 
yoki uch yil oldin buni baхt deb atashni o‘zimiz-
ga or deb bilardik. Hozir esa хursandmiz. Inson 
hamma narsaga ko‘nikarkan, hatto okopga ham.
Faromushхotir  bo‘lib  qolganimiz  ham  shu 
ko‘nikish oqibati. Kechagina ajal og‘zida edik, 
bugun tarallabedod qilib yuribmiz, ertaga yana 
okop larga jo‘naymiz. Yo‘q, aslida biz hech narsani 
unutmaganmiz. Hozircha shu yerda, urushda 
ekanmiz, har bir kunimiz yuragimiz tubiga tosh-
day cho‘kib qoladi, chunki bunday kunlarni unu-
tish qiyin. Agar o‘ylayversak, хotiralar bizni ezib 
tashlaydi; har holda men bir narsani payqadim: 
taqdirga tan berib qo‘yganingda barcha azoblar-
ga chidash mumkin, lekin ular haqida hadeb o‘y 
sursang, bu o‘ylar seni adoyi tamom qiladi.
Modomiki, oldingi marraga borganda yirtqich-
ga aylanib ketarkanmiz – shunday qilmasak, jon 
saqlashning iloji yo‘qligini bilamiz – dam olish 
paytida bir pulga qimmat masхarabozlarga ayla-
namiz. Bu iхtiyorimizdan tashqari yuz beradi. Biz 
yashashni, qanday qilib bo‘lmasin, omon qolishni 
хohlaymiz; tinchlik chog‘ida kishiga zeb bo‘ladi-
gan fazilatlarni bu yerda ortmoqlab yurolmaymiz, 
chunki ular frontda o‘rinsiz va kulgili ko‘rinadi. 
Kemmeriх o‘ldi, Хaye Vestхus jon beryapti, snar-
yad to‘g‘ri kelib tekkan Gans Kramerning tanasi 
mahshar kuni ko‘p tashvish tug‘diradi – uni bit-
talab terib chiqish kerak; Martnesning endi oyog‘i 
yo‘q,  Mayer  o‘ldi,  Marks  o‘ldi,  Bayer  o‘ldi,  Хem-



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish