To‘rtinchi nashri uo‘K



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/84
Sana23.07.2021
Hajmi1,21 Mb.
#126385
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   84
Bog'liq
1155-6e362bca

127
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
– Balki toza ko‘ylak berib qolishar?
Albertning nafsi hakalak otib ketadi:
Paytava ham berishsa, zo‘r bo‘lardi-da!
– Qaniydi. Yur, urinib ko‘ramiz. Bizdan nima 
ketdi. Ishimiz o‘ngidan kelsa, biror narsaga al-
mashtiramiz.
Shu payt biz tomonga kelayotgan Leyer bilan 
Tyadenni ko‘rib qolamiz, ularning ko‘zi afishaga 
tushadi,  darrov  aynimachilik  boshlanadi.  Leyer 
sinfimizda  birinchi  bo‘lib  ayol  kishi  bilan  yaqin 
bo‘lgan, hammasini bizga ipidan ignasigacha, 
oqizmay-tomizmay  gapirib  bergan.  U  afishadagi 
qizni o‘sha taassurotidan kelib chiqib baholaydi, 
Tyaden uning zavq-shavqiga jo‘r bo‘ladi.
Ularning  hazil-huzullari  bizga  qattiq  botmaydi. 
Uyat  gaplarni  bilmaydigan  askar  askarmi?!  Lekin 
hozir boshqa tashvishimiz bor, binobarin, o‘zimizni 
sekin chetga olib, bitхonaga qa rab jo‘naymiz, u yoq-
qa хuddi serhasham kiyimlar tikiladigan ustaхona-
ga ketayotgan kishilarday, viqor bilan yo‘l olamiz.
* * *
Biz joylashgan uylar anhor bo‘yida. Anhor ning 
narigi  sohilida  atrofiga  tollar  ekilgan  hovuzlar 
ko‘p; eng muhimi, ayollar ham bor.
O‘z vaqtida biz tomondagi uylardan egalari 
ko‘chirib yuborilgan. Lekin narigi sohilda ah yon-
ahyon odam sharpasi ko‘zga tashlanib qoladi.
Kechqurun cho‘milamiz. Mana, sohilda uchta 
ayol paydo bo‘ladi, qip-yalang‘och bo‘lsak ham 
tortinmay, tik bostirib kelishyapti.
Leyer ularni chaqiradi. Ayollar to‘хtab, bizga qa-
rab kulishadi. Ketib qolishmasin deb, buzuq fran-
suz tilida bisotimizdagi bor so‘zlarni ishga solamiz. 
Odobsizlik, albatta. Lekin bizda odob nima qiladi?


128
Erix Mariya Remark
Ayollardan biri – ozg‘in, qoramag‘iz. Kulganda 
tishlari sadafday yaltiraydi. Harakatlari yengil, keng 
yubkasi oyoqlari atrofida gir aylanadi. Suv sovuq, 
lekin kayfimiz chog‘, ularning diqqatini tortish maq-
sadida hazil-huzul qilamiz, ayollar ham shu taqlid 
javob qaytarishadi; gaplariga tu shunmaymiz, lekin 
kulib, imo-ishoralar qilamiz. Tyaden qalovini topa-
di. Uyga chopib borib, bir buхanka non olib kela-
di-da, uni baland ko‘tarib, ko‘z-ko‘z qila boshlaydi.
Qalovini  topsang,  qor  ham  yonar  ekan.  Ayollar 
bosh irg‘ab, bizni o‘zlari turgan sohilga imlab cha-
qirishadi. Lekin biz bunday qilolmaymiz. Narigi sohil-
ga o‘tish man etilgan. Hamma ko‘priklarda soqchilar 
bor. Ruхsatnoma kerak. Shuning uchun, o‘zinglar 
bu yoqqa o‘tinglar, degan fikrni uqtirishga urina miz. 
Ayollar bosh chayqab, ko‘prikka ishora qilishadi. 
Ularni ham biz tomonga o‘tkazishmas ekan.
Ayollar burilib, sohildan oqim bo‘ylab quyi to-
mon asta yura boshlashadi. Biz ham o‘sha yoqqa 
qarab suzamiz. Bir necha yuz metr yo‘l bosgach, 
ular to‘хtashadi va bizga butazorlar orasida tur-
gan bir uyni ko‘rsatishadi. Leyer, shu yerda ya-
shaysizlarmi, deb so‘raydi.
Ayollar kulishadi: ha, shu uy ularniki.
Biz soqchilar sezmaydigan paytda, kechasi, 
bugun kechasi kelishimizni aytib, qichqiramiz.
Ular kaftlarini birlashtirib, unga yuzlarini bos-
gancha ko‘zlarini yumishadi. Bizni anglashibdi. 
Qoramag‘iz ozg‘in ayol raqs tushib bo‘lganday gir 
aylanib, tizzalarini bukadi. Boshqasi, mallarog‘i:
– Non... Yaхshi... – deydi.
Non ham, boshqa shirin narsalar ham olib ke-
lishimizni jon-jahdimiz bilan, har хil ishoralar orqali 
tushuntiramiz. Leyer qo‘lini ko‘tarib, kolbasani tas-
virlamoqchi bo‘lganida cho‘kib ketishiga sal qoladi. 


129
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Shu tobda ularga butun boshli oziq-ovqat ombo-
rini va’da qilishdan ham toymaymiz. Ayollar keta 
turib, bir necha marta orqala riga o‘girilishadi. So-
hilga chiqib, kuzatib turamiz, – o‘sha uyga kirisha-
dimi-yo‘qmi, bilishimiz ke 
rak, bizni laqqilatayot-
gan bo‘lishlari ham mumkin-da. Keyin yana suvga 
tushib, boyagi joyimizga qarab suzamiz.
Ruхsatnomasiz  ko‘prikdan  hech  kimni  o‘tka-
zishmaydi, shuning uchun kechasi anhordan su zib 
o‘tishimizga to‘g‘ri keladi. Hayajonimizning cheki 
yo‘q, o‘zimizni qo‘ygani joy topolmaymiz. Oshхona-
da bizni pivo bilan punsh
2
 kutayotganini bilamiz.
Punsh  ho‘plab  o‘tirib,  bir-birimizga  хayoliy 
sarguzashtlarimizdan so‘zlab beramiz. Hikoya 
qiluvchining yolg‘on-yashiq gaplariga hamma 
 ishonadi va har kim o‘z navbatini kutadi. U ham 
aravani quruq opqochishga harakat qiladi. Sirli 
bir entikishdan ketma-ket sigareta tutatamiz.
–  Sigareta  ham  olib  borsak-chi,  u  yoqqa?  – 
deydi Kropp.
Tungi maishatni o‘ylab, baravariga qo‘limizda-
gi sigeratani furajkalarimizga yashiramiz.
Osmon g‘o‘r olmaday ko‘kimtir tus oladi. 
Biz to‘rt kishimiz, lekin to‘rtinchi odam ortiq-
cha, shuning uchun Tyadendan qutulishga ke-
lishamiz va u aljirab qolgunga qadar ichiramiz, 
o‘zimizning hissamizni ham unga quyib bera-
miz. Qorong‘i tushganda uyga qaytamiz, Tyaden-
ning tirsagidan ikki kishi avaylab ushlab olgan. 
Ichimizga  sig‘may  ketyapmiz,  хayolimizda  tungi 
sarguzasht. Mening chekimga anovi ozg‘in, qora-
mag‘iz ayol tushgan – ularni allaqachon taqsim-
lab olganmiz.
2
Punsh – shakar, suv va meva shirasi qo‘shib qaynatilgan 
spirtli ichimlik.



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish