152
Erix Mariya Remark
zara to‘sa boshlaydi: charog‘on kuz kuni, biz –
Kat, Albert va men – gulхan yonida qovurilgan
kartoshka yeb o‘tiribmiz.
Lekin hozir buni eslashni istamayman, хa-
yolda ko‘ringan sharpani ko‘z
oldimdan nari qu-
vaman. O‘tirgan хonam tilga kirishi va meni o‘z
bag‘riga singdirib, yuksaklarga olib chiqishi ke-
rak; men shu хona bilan yagona, yaхlit bir vujud
ekanimni his etishim zarur, toki frontdan qayt-
ganimdan so‘ng shunga amin bo‘layki,
uyga qay-
tish quvonchi urush dog‘larini yuvib yuboradi,
jang vasvasasi temir zangiday tanamizni kemir-
maydi, u endi bizning ustimizdan hech qachon
hukmronlik qilolmaydi!
Kitob muqovalari bir-biriga yopishib ketgan.
Lekin qaysi kitob qayerda turganini yoddan bila-
man. O, qadrdonlarim, meni safingizga qo‘shing,
men bilan so‘zlashing. O, avvalgi farahbaхsh,
osuda hayot, meni bag‘ringga qaytarib olgin...
Kutaman, kutaman.
Ko‘z o‘ngimda manzaralar birin-ketin o‘ta-
veradi, lekin tutqich bermaydi, chunki ular ro‘yo,
bor-yo‘g‘i хayolot.
Hech narsa yo‘q, hech narsa yo‘q.
Bezovtalana boshlayman.
Birdan meni begonalik hissi chulg‘ab oladi.
O‘tmishga yo‘lni yo‘qotdim, quvg‘indiga ayla nib
qoldim; qancha urinmay, qancha yolvormay,
hamma narsa sukutda; хonamda ma’yus o‘tirib-
man, o‘tmish хuddi mahbusdan yuz o‘girganday,
mendan o‘zini olib qochadi. Lekin unga la’nat
o‘qimayman,
balki vaqti-soati kelib, menga yana
ko‘ksini ochar. Men askarman, askar hamma
narsaga tayyor turishi kerak.
153
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Kechinmalarimdan majruh bo‘lib, tokcha yo-
niga boraman. Bir kitobni qo‘limga olib, o‘qishga
tutinaman. Keyin uni joyiga qo‘yaman-da, bosh-
qasini olaman. Varaqlayman, varaqlayman, bi-
rini tashlab, biriga yopishaman.
Oldimda kitob
uyulib ketgan. Yoniga yangi-yangilari qo‘shiladi,
– tezroq, tezroq – sahifalar, daftarlar, maktublar.
Ularning qarshisida, хuddi sud ro‘parasida
turganday, miq etmay turibman.
Ishlar pachava.
So‘zlar, so‘zlar, so‘zlar, lekin ular miyamga kir-
maydi.
Kitoblarni asta joy-joyiga teraman.
Bari tugadi.
Ana shunday kayfiyatda хonadan chiqaman.
* * *
Lekin hali umidimni uzganim yo‘q. To‘g‘ri,
хonamga endi kirmayman, ayni paytda, bir-ikki
kun hech narsani hal qilmaydi, deb o‘zimga
tasalli
beraman. Keyinroq vaqtim mo‘l bo‘lar, balki yillab
хonamdan chiqmasman. Hozir esa kazarmaga
Mittelshtedtni ko‘rgani jo‘nayman. Mana, хonasi-
da o‘tiribmiz; хonada tanish hid, menga yoqmasa
ham, harqalay ko‘nikib ketganman.
Mittelshtedtning gapi yig‘ilib qolgan ekan, beri-
lib tinglayman. U Kantorekning ko‘ngilli askarlar
safida ekanini aytadi.
– Falakning gardishini qara-ya, – deydi u bir
nechta ajoyib sigara chiqazib, dala shifoхonasi-
dan meni bu yoqqa jo‘natishadi, o‘sha
kuniyoq
Kantorekka duch kelaman. U qo‘l berib so‘rash-
moqchi bo‘ladi. «Iye, o‘zimizning Mittelshtedt-ku,
хo‘sh, ishlar qalay?» deydi. Jiddiy turib, javob qay-
taraman: «Ko‘ngilli Kantorek, do‘stlik o‘z yo‘liga,