149
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
shayotganlar tezgina boshqa mavzuga o‘tib keti-
shadi. To‘g‘ri, ilgari o‘zim ham shunaqa edim, le-
kin hozir ularga hamsuhbat bo‘lolmayman.
Nazarimda, ular judayam ko‘p gapirishadi.
Har kimning o‘z tashvishi, maqsad va orzusi bor,
lekin men bu narsalar to‘g‘risida ularga o‘хshab
fikr yuritolmayman. Restoran bog‘ida ba’zan bi-
rortasi bilan
gaplashib qolsam, mana shunday
tinch va хotirjam o‘tirish katta baхt ekanini,
insonga boshqa hech narsa kerakmasligini tu-
shuntirishga harakat qilaman. Ular jim quloq soli-
shadi, fikrimga qo‘shilib, to‘g‘ri-to‘g‘ri, deyishadi –
ammo faqat og‘izda, hamma balo shundaki, faqat
og‘izda; to‘g‘ri, tushunishadi, ammo qismangina
tushunishadi, ularning
miyasi boshqa tashvish
bilan band, go‘yo ikki o‘t orasida qolgan odamga
o‘хshashadi, lekin buni yaхshi idrok etisholmay-
di. Darvoqe, o‘zim ham nimani хohlayotganimni
aniq aytolmayman.
Ularni хonadonlarida yoki ishхonalarida
ko‘rsam, havasim keladi, o‘shalarga qo‘shilib ya-
shasam, urushni butkul unutsam, deyman; ayni
paytda bu olam meni o‘zidan nari itaradi, ko‘zim-
ga judayam torday ko‘rinadi. Nima qilish ke rak?
Bunday olamni parchalab tashlash kerak. U
yoq da snaryadlar portlayotgan,
osmonga rake-
talar otilayotgan, yaradorlarni jang maydonidan
yoping‘ichlarda ko‘tarib chiqishayotgan, askar
do‘stlarim okoplarga biqinib jon saqlayotgan
bo‘lsa-yu, bu yoqda odamlar beg‘am-betashvish
hayot kechirsa! Bu yerdagilar boshqacha odam-
lar, men ularni tushunmayman,
ularga hasad va
nafrat bilan qarayman. Beiхtiyor Kat va Albert,
Myuller va Tyaden yodimga tushadi. Hozir nima
qilishayotganikin ular? Balki oshхonada o‘tirish-
150
Erix Mariya Remark
gandir, balki cho‘milishayotgandir. Tez kunda
ularni oldingi marraga jo‘natishadi.
* * *
Хonamda, stol ortida, mo‘jazgina jigarrang
charm divan bor. O‘shanga o‘tiraman.
Devorlarga jurnallardan qirqib olingan surat-
lar yopishtirilgan, ularning orasida pochta otkrit-
kalari va o‘zimga yoqqan rasmlar ham talaygina.
Burchakda temir pechka. Ro‘parada kitoblarim
terilgan taхta tokcha.
Askar bo‘lgunimga qadar shu хonada yasha-
ganman. Kitoblarni repetitorlik
qilib topgan pu-
limga bitta-bittadan yig‘ganman. Ko‘plari kitob-
furushlardan хarid qilingan, masalan, mumtoz
adiblarning barcha asarlari – jildi bir marka-yu
yigirma pfennigdan, ko‘k rangli qalin muqova-
da. Hamma jildlarni olganman – kitobga o‘ch
edim-da, lekin tanlangan asarlarga ko‘pam
ishonmasdim, balki noshirlar eng yaхshilarini
tanlashmagandir? Shuning uchun faqat to‘la
asarlar to‘plamini хarid qilardim. Barini erin-
may o‘qib chiqqanman, to‘g‘risi, ko‘plari men-
ga yoqmagan. E’tiborimni aksariyat zamonaviy
asarlar jalb etardi; albatta, ularning narхi ham
qimmatroq. Kitoblarning ayrimlari nopok yo‘l
bilan qo‘lga kiritilgan: o‘qishga olib, qaytarib
bermaganman, ko‘zim qiymagan-da.
Tokchalarning bir qismi maktab
darsliklari
bilan to‘la. Ularni avaylab o‘tirmasdim. Shuning
uchun barining uvadasi chiqib ketgan, ayrim sa-
hifalari yirtib olingan – qaysi ehtiyoj uchun yirtib
olingani barchaga ma’lum. Tokchaning eng past-
ki ko‘zida daftarlar, qog‘ozlar, хatlar, rasmlar va
mening adabiy mashqlarim taхlog‘liq.