Yorug ʻlik interferensiyasi



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi2,37 Mb.
#262122
Bog'liq
Yorugʻlik interferensiyasi



Yorug

ʻlik interferensiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yorug

ʻlik  interferensiyasi  -  ikkita  yoki  bir  nechta  yorugʻlik  toʻlqinlarining  qoʻshilishi  natijasida  yorugʻlik

nurlanishi  energiyasining  fazoda  qayta  taqsimlanishi  (qarang  Interferensiya);  to

ʻlqin  interferensiyasining

xususiy  holi.  Yo.  i.  ekran  yoki  b.  sirtda  yorug

ʻ  yoki  qorongʻi  yoʻllar  yoki  dogʻlar  (monoxromatik  yorugʻlik

uchun) yoxud rangdor qismlar (oq yorug

ʻlik uchun) yonmayon joylashgan holda koʻrinadi. Yo. i. 17-asrdaI.

Nyuton tomonidan tadqiq qilingan bo

ʻlsada, uning korpuskulyar nazariyasi ushbu xrdisani tushuntira olmadi.

Uni 19-asr boshida T. Yung va O. Frene.tar to

ʻlqin hodisa sifatida nazariy talqin qilib berdilar. Doimiy faza

farqi  sharoitida,  ya

ʼni  kogerent  yorugʻlik  dastalarining  qoʻshilishi  natijasida  vujudga  keluvchi,  fazoda

kuchaygan va susaygan intensivliklarning muntazam almashinuvidan iborat bo

ʻlgan Yo. i. eng kengtarqalgan

—  statsionar  interfere  n  siya  dir.  Yo.  i.  turlari  asosan  yorug

ʻlikning  kogerent  dastalarini  hosil  qilish  usullari

bilan  bog

ʻliq.  Yorugʻlikning  kogerent  dastalarini  hosil  qilishning  ikki  usuli:  toʻlqin  frontini  boʻlish  usuli  va

amplitudani bo

ʻlish usulidan keng foydalaniladi. Toʻlqin frontini amplitudaviy boʻlish tuzilmalarida birlamchi

manbaning  nurlanishi  optik  muxitlarning  yarim  shaffof  bo

ʻlinish  chegaralari  bilan  boʻlinadi.  Mac,  sovun

pufaklari, suvdagi yog

ʻ pardalarida shunday tur Yo. i. vujudga keladi. Bu hollarning bar chasida ikkita sirtdan

qaytgan  yorug

ʻliklarning  interferensiyasi  xreil  boʻladi.  Amplitudani  boʻlish  usuli  interferometrlarda  keng

qo

ʻllanilib, unda toʻlqin maydonlari maxsus yarim shaffof koʻzgular vositasida boʻlinadi. Yuqoridagi ikki nurli



interferensiyadan tashqari, ko

ʻp nurli Yo. i.lar ham mavjud. Fabri — Pero interferometri koʻp karrali qaytuvchi

nurlarda  ishlasa,  difraksiya  panjaralari  va  Maykelson  eshelonlari  ko

ʻp  elementli  davriy  tuzilmalarga

asoslangan. Yo. i.dan yorug

ʻlikning spektral tahlilida, masofalar, burchaklar va tezliklarni aniq oʻlchash hamda

refraktometriyada  keng  qo

ʻllaniladi.  Yo.  i.  golografiya  asosini  tashkil  qiladiOddiy  sharoitlarda  fazoda  bir

vaqtning o’zida juda ko’plab yorug’lik to’lqinlari tarqaladi. Bu to’lqinlar har xil manbalardan chiqayotgan yoki

har  xil  predmetlar  yuzalaridan  qaytayotgan  va  sochilayotgan  bo’lishi  mumkin.  Kundalik  hayotdagi

tajribalardan  bilamizki,  juda  ko’plab  tarqalayotgan  yorug’lik  to’lqinlari  bir-biriga  xalaqit  bermay  fazoda

tarqaladi,  shu  sababli  biz  predmetlarni  ko’rganda  ularni  o’zini  bo’zilmagan  holda  ko’ramiz.  YOrug’lik

to’lqinlarini  bunday  tarqalishiga  sabab  sho’ki,  yorug’lik  elektromagnit  to’lqinlarning  muhitga  ta’siri  shu

muhitda  boshqa  elektr  va  magnit  maydonlarning  borligidan  qat’iy  nazar  ro’y  beradi.  Bundan  har  xil

elektromagnit to’lqinlarning elektr va magnit maydonlari bo’shlikda tarqalganda o’zlarini kuchlanganliklarini,

harakat  yo’nalishini  va  boshqa  xarakteristikalarini  o’zgartirmaydilar  degan  xulosaga  kelamiz.  Bu  xaqikatda

shunday ro’y beradi. Buni superpozitsiya prinsipi deb ataladi. Superpozitsiya prinsipi bajarilganda fazoda bir

vaqtda  tarqalayotgan  elektromagnit  to’lqinlarning  ye  va  N  kuchlanganliklari  o’zaro  algebraik  ravishda

qo’shiladilar,  lekin  ikki  yorug’lik  to’lqinining  tebranishlarining  fazalar  ayirmasi  vaqt  bo’yicha  o’zgarmas

bo’lsa,  bu  prinsip  bajarilmaydi.  Bu  to’lqinlarni  kogerent  to’lqinlar  deyiladi.  Kogerent  to’lqinlar  qo’shilganda

fazoning bir qismida yorug’likni kuchayishi ya’ni maksimumi, boshqa qismlarida yorug’likni susayishi, ya’ni

minimumi  kuzatiladi.  Bunday  hodisaga  yorug’lik  to’lqinlarining  interferensiyasi  deyiladi.  YOrug’lik

interferensiyasi faqat kogerent yorug’lik to’lqinlari qo’shilganda ro’y beradi.

Kogerent  to’lqinlarni  kogerent  manbalar  sochadi.  Ammo  tabiatdagi  barcha  yorug’lik  manbalari  o’zaro

kogerent  bo’lmaydi.  SHu  sababli  birinchi  marta  yorug’lik  interferensiyasini  kuzatish  uchun  sun’iy  usuldan

foydalanganlar,  ya’ni  bir  manbadan  chiqayotgan  yorug’likni  ko’zgu,  linza  yordamida  yoki  boshqa  usulda

ikkiga  ajratib,  so’ng  uchrattirganlar.  Bunday  usuldan  Frenel,  YUng,  Lloyf,  Bete,  R.  Pol  kabi  olimlar

foydalanganlar.  Misol  tariqasida  YUng  sxemasini  ko’ramiz.  T.YUng  bir  tirqishdan  tarqalayotgan  yorug’lik

yo’liga ikki tirqishli to’siq qo’ydi. Natijada to’siqdan so’ng yorug’lik ikki mustaqil dasta sifatida tarqaladi. Bu

ikki  yorug’lik  bir  manbadan  chiqayotgan  bo’lgani  uchun  o’zaro  kogerent  bo’ladi  va  ekranda  interferensiya

maksimumlari va minimumlari kuzatiladi. Agar ekranda uchrashayotgan ikki kogerent yorug’lik to’lqinlarining

optikaviy yo’llari farqi juft sonli to’lqin o’zunligiga teng bo’lsa




(2.1) 

interferensiya  maksimumi  kuzatiladi.  YOzilgan  (2.1)  shart  interferensiya  maksimumlari  sharti  deyiladi.  Agar

ekranda  uchrashayotgan  ikki  kogerent  yorug’lik  to’lqinlarining  optikaviy  yo’llari  farqi  toq  sonli  to’lqin

o’zunligiga teng bo’lsa

(2.2) 

interferensiya minimumlari kuzatiladi. YOzilgan (2.2) ifoda interferensiya minimumlari sharti deyiladi.



Interferensiya  hodisasini  hayotda  biz  uchratib  turamiz.  Masalan,  suv  yuzidagi  yupqa  yog’  yoki  moy

qatlamlariga  yorug’lik  tushganda  ularning  tovlanishini  ko’ramiz.  Bu  hodisaga  optikada  yupka  plastinkalar

rangi deb

nom  berilgan.  Bunday  rangli  tovlanishlar  sovun  pufaklarida  juda  yupqa  neft  pardalarida,  eski  shisha  yoki

metallar sirtida ham kuzatiladi. Agar yupqa shaffof plyonkani yoritsak, unda ham shunday hodisani ko’ramiz.

Buning sababi shundaki, yorug’lik yupqa plastinkaning ikki sirtidan qaytganda yorug’lik to’lqini ikki kogerent

dastani  vujudga  keltiradi.  Bu  dastalar  o’zaro  uchrashib  interferensiyani  beradi.  Bunda  hosil  bo’lgan

interferension  manzaralar  lokallangan  manzaralar  deyiladi.  CHunki  ular  faqat  parda  sirtiga  yaqin  sohada

kuzatiladi. Interferensiya hodisasi aniq o’lchashlarda, fizik tajribalarda, sanoatda, texnikada va yana juda ko’p

sohalarda  keng  qo’llaniladi.  Interferensiya  hodisasiga  asoslanib  ishlovchi  maxsus  optik  asboblar  -

interferometrlar yasalgan.. 

[1]


1. O

ʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Yorug%

CA%BBlik_interferensiyasi&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. 

Bu andozani aniqrog

ʻiga almashtirish kerak.

Bu maqolada boshqa til bo

ʻlimlariga ishorat yoʻq.



Siz ularni topib va ushbu maqolaga qo

ʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.

"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Yorugʻlik_interferensiyasi&oldid=2187854" dan olindi 

Bu sahifa oxirgi marta 9-Aprel 2021, 03:49 da tahrir qilingan.

Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi bo

ʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda qoʻshimcha

shartlar amal qilishi mumkin (batafsil).



Manbalar

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish