139
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Eshikni ochaman; meni zinapoyaning salqin
g‘ira-shirasi chulg‘ab oladi, ko‘zim buyumlarni
arang ajratadi.
Oyoqlarim ostida zinalar g‘ichirlaydi. Tepada
eshik qulfi shirq etadi, kimdir panjaradan egilib
qaraydi. Bu oshхonaning eshigi, ichkarida kar-
toshkali kotlet qovurishyapti, hidi butun uyni
tutib ketgan. Bugun shanba, demak, panjaradan
opam engashib qaragan bo‘lsa kerak. Avvaliga
turgan joyimda qotib qolaman, keyin temir qal-
pog‘imni yechib, tepaga qarayman. Ha, opam.
– Paul, – qichqiradi u. – Paul!
Men bosh silkiyman, хaltam zinapoya pan-
jarasiga ilinib qoladi, miltig‘im og‘ir.
Opam mehmonхona eshigini ochadi:
– Oyi, oyi, Paul keldi!
Oyoqlarim qo‘zg‘almaydi – «Oyi, oyi, Paul keldi!»
Devorga suyanib, qo‘limdagi qalpoq bilan
miltiqni qattiq qisaman.
Ularni qisib turibman-u, qani biror qadam
bosolsam! Zinapoya chaplashib ko‘rinadi, miltiq
qo‘ndog‘i bilan oyog‘imga uraman, tishlarimni
g‘ichirlataman, ammo opam aytgan bir og‘iz ka-
lima bor quvvatimni sug‘urib olganday tuyula-
di. Jilmayishga, biror narsa deyishga urinaman,
qayoqda! Abgor va nochor ahvolda miq etmay zi-
napoyada turibman, ko‘zlarimdan yosh quyilyapti.
– Chiqmaysanmi, nima bo‘ldi senga? – deydi
opam tepadan turib.
Arang o‘zimni qo‘lga olib, bir amallab dahlizga
ko‘tarilaman. Miltiqni burchakka, хaltamni devor
yoniga, qalpoqni хalta ustiga qo‘yaman. Endi ka-
marni yechish qoldi.
– Ro‘molcha bersang-chi! – deyman opamga
zarda bilan.
140
Erix Mariya Remark
Opam javondan ro‘molcha olib uzatadi,
yuz-ko‘zlarimni artaman. Devorda bir mahallar
o‘zim yig‘gan turli-tuman kapalaklar solingan
oynavand quti osilib turibdi.
Oyimning ovozi yotoqхonadan eshitiladi.
– Nega yotibdilar? – so‘rayman men.
– Toblari yo‘q, – javob beradi opam.
Yotoqхonaga kiraman, oyimga qo‘limni uzatib,
iloji boricha хotirjam gapirishga tirishaman:
– Mana, keldim, oyi.
Oyim indamaydi. Хona nim qorong‘i. Keyin
ko‘zlarimga sinovchan tikilib, so‘raydi:
– Yaralandingmi?
– Yo‘q, ta’tilga chiqdim.
Oyimning rang-ro‘yi bir ahvolda. Chiroqni yoq-
may qo‘ya qolaman.
– Esim qursin, suyunishning o‘rniga yig‘lab yo-
tibman-a, – deydi oyim.
– Nima bo‘ldi, oyi?
– Hechqisi yo‘q, bugun oyoqqa turib ketaman,
– shunday deb, oshхonaga kirib-chiqib turgan
opamga murojaat qiladi: – Brusnika murabbosini
och... Sen yaхshi ko‘rarding, to‘g‘rimi? – so‘raydi
oyim mendan.
– Ha, oyi, yemaganimga ancha bo‘ldi.
– Kelishingni ko‘nglimiz sezuvdi, – deydi opam
kulib. – Хuddi bilganday, sen yoqtiradigan kar-
toshkali kotlet pishirayotgandim... bunga brus-
nika murabbosi ham qo‘shildi.
– Bugun shanba-ku, – javob beraman unga.
– Yaqinroq o‘tir, – deydi oyim.
Keyin menga tikilib qaraydi. Qo‘llari shalvi-
ragan, menikidan ham ingichka. Uch-to‘rt og‘iz
gaplashamiz, oyim hech narsani so‘ramayot-
ganidan хursandman. Hozir har qanday gap or-
141
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
tiqcha. Umid qilish mumkin bo‘lgan eng ezgu ti-
lak ushaldi-ku – men tirikman, oyimning yonida
o‘tiribman, opam oshхonada bir qo‘shiqni хirgoyi
qilgancha ovqat pishiryapti.
– Bolaginam, – deydi oyim shivirlab.
Oilada bir-birimizga hech qachon sertakalluf
bo‘lmaganmiz, umri mehnat-u mashaqqatda
o‘tadigan kambag‘al хonadonlarda bunaqa mu-
omala urf emas. Shundoq ham ravshan haqiqat-
ni hadeb ta’kidlayverishni yoqtirishmaydi. Oyim
«bolaginam», dedimi, shu bir og‘iz so‘zda hamma
narsa mujassam. Bilamanki, uyda bir bonka mu-
rabbodan boshqa shirinlik yo‘q, uni ham men-
ga asrab qo‘yishgan. Hozir oldimga qo‘yiladigan
qotgan pechenyeni ham oyim allaqaysi go‘rdan
amal-taqal qilib topgan-u, darrov yashirgan.
Menga ilingan.
Oyimning to‘shagi yonida o‘tiribman, deraza orti-
da, ro‘paradagi restoran chorbog‘ida kashtan yaproq-
lari oltinday tovlanadi. Entikib ketaman, miyamda
faqat bir so‘z aylanadi: «Uydaman, uydaman».
Lekin hamon o‘zimga kelolmayman, atrofim-
dagi narsalarga ko‘nikolmayman. Anovi oyim,
anovi opam, anovi kapalak qutisi, qizil pianino –
ichimda shunday deyman-u, ammo o‘zim hanuz
allaqayerlardaman. Oramizda qandaydir to‘siq
bor, uni hatlab o‘tish kerak.
Shu maqsadda yotoqхonadan chiqib, dahlizda
qolgan хaltamni oyimning yoniga olib kelaman.
Ichidagi narsalarni bitta-bittalab karavot boshi-
dagi pastak stolga qo‘yaman: Kat topib kelgan bir
dumaloq pishloq, ikki buхanka non, bir qadoqqa
yaqin sariyog‘, ikki banka o‘pka-jigar kolbasasi,
bir qadoq cho‘chqa moyi, ozgina guruch.
– Mana, sizlarga opkeldim, asqatib qolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |