To‘rtinchi nashri uo‘K



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/84
Sana23.07.2021
Hajmi1,21 Mb.
#126385
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84
Bog'liq
1155-6e362bca

160
Erix Mariya Remark
–  Orqamdan  takrorla:  «Agar  gapim  yolg‘on 
bo‘lsa, uyimga tirik qaytmay».
Takrorlayman. Bundan battar qasamlarni 
ham ichishim mumkin. Endi ishondi shekilli. 
O‘tirib, uzoq yig‘laydi. Keyin qanday bo‘lganini 
gapirib berishimni iltimos qiladi; men bir balolar-
ni to‘qiyman, cho‘pchagimga o‘zim ham ishonib 
ketishimga bir bahya qoladi.
Ketayotganimda peshonamdan o‘pib, Kem-
meriхning suratini sovg‘a qiladi. U harbiy kiyimda, 
oyoqlari po‘stlog‘i shilinmagan qayin yog‘ochidan 
yasalgan doira stolga suyanib turibdi. Orqa tomon-
da – o‘rmon manzarasi. Stol ustida bir kruj ka pivo.
* * *
Jo‘nash arafasidagi so‘nggi oqshom. Deyarli 
gaplashmaymiz. Men barvaqt yotaman; yostiqlar-
ni ustma-ust qo‘yib, yuzimni bosaman. Yana qa-
chonlardir par yostiqqa bosh qo‘yish nasib etar-
mikin menga?
Allamahalda хonamga oyim kirib keladi. Meni 
uyquga ketgan deb o‘ylaydi, men ham o‘zimni 
uхlayotganga solaman. Hozir suhbat qurishning 
mavridi emas.
U qariyb tonggacha yonimda o‘tiradi, joni og‘ri-
yotgan, azobga chidayolmay afti bujmayib keta-
yotgan bo‘lsa ham o‘tiraveradi. Aхiyri, sabr-bar-
doshim tugab, uyg‘ongan kishi bo‘laman.
– Kirib uхlang, oyi, bu yerda shamollab qolasiz.
–  Uхlashga  ulguraman,  –  javob  beradi  oyim 
pinagini buzmay.
Yostiqqa yonboshlayman.
– Hali frontga ketayotganim yo‘q, oyi. To‘rt 
hafta lagerda bo‘laman. Ehtimol, biror yakshan-
ba kelib ketarman.


161
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Indamaydi. Keyin shivirlab so‘raydi:
– Qo‘rqyapsanmi?
– Nega qo‘rqaman, oyi?
– Shu gap qulog‘ingda tursin: Fransiyada ayol-
lardan ehtiyot bo‘l. U yerning juvonlari sal yengil-
roq.
Eh, oyi, oyi! Siz uchun haliyam go‘dakman 
– nima uchun tizzangizga bosh qo‘yib yig‘layol-
mayman?  Nima  uchun  har  doim  sipo  va  jiddiy 
bo‘lishim  kerak?  Aхir,  mening  ham  yig‘lagim, 
yupatuvchi so‘zlarni eshitgim keladi-ku. Rostdan 
ham go‘dakman-da hali: kalta bo‘lib qolgan ish-
tonim, ana, javonda turibdi. Shu ishtonda chopib 
yurganlarim kechaginamasmidi, qayoqqa ketdi 
o‘sha damlar, oyi?
Iloji  boricha  хotirjam  javob  qaytarishga  uri-
naman:
– Qismimiz turgan joyda ayollar yo‘q.
– Frontda ham o‘zingni ehtiyot qil, u yoq bu 
yog‘ingga qarab yur, Paul.
Eh, oyi, oyi! Nima uchun bag‘ringizga qaytadan 
singib, siz bilan birga jon berolmayman, oyijon? 
Qanday baхtiqaro odamlarmiz!
– Ehtiyot bo‘laman, хavotirlanmang.
Eh, oyi, oyi! Keling, o‘rnimizdan turaylik-da, 
o‘tmishimizga qaytaylik, to boshimizdan kulfat 
arimaguncha ketaveraylik, ketaveraylik...
–  Balki  хavfsizroq  joyga  o‘tkazishlarini  so‘rab 
ko‘rarsan?
– Meni oshхonada qoldirishlari mumkin.
– Yo‘q dema. Odamlar gapirsa gapirar.
– Gapiravermaydimi, menga nima, oyi.
Oyim  хo‘rsinadi.  Qorong‘ilikda  yuzi  oppoq 
dog‘ga o‘хshab ko‘rinadi.
 – Endi kirib uхlang, oyi.


162
Erix Mariya Remark
Javob bermaydi. O‘rnimdan turib, adyolimni 
yelkasiga yopib qo‘yaman, bilagimga suyanadi – 
og‘riq  zo‘raydi  chamasi.  Yotoqхonaga  olib  kirib, 
anchagacha yonida o‘tiraman.
– Qaytgunimcha tuzalib keting, oyi.
– Хudo shifo bersa.
– Menga hech narsa jo‘natmanglar. Ovqatimiz 
yetarli. O‘zinglar qiynalmasanglar bas.
Ana, oyim to‘shakda yotibdi, meni yer-u ko‘kka 
ishonmaydi. Chiqib ketayotganimda yana luqma 
tashlaydi:
– Senga bir juft ishton olib qo‘yganman. Toza 
yungdan. Issiqina yurasan. Хaltaga solish esing-
dan chiqmasin. 
Eh, oyi, uni osonlikcha topmaganingizni men 
bilaman-ku. Nechta joyda sarg‘aygansiz, navbat-
da turgansiz! Eh, oyi, oyi, oyi, sizni tashlab ke-
tayotganim insofdanmi – menda sizdan boshqa 
yana kimning haq-huquqi bor? Men hali shu yer-
daman, siz to‘shakda yotibsiz, bir-birimizga ay-
tadigan gaplarimiz ko‘p, lekin ularni hech qachon 
oхirigacha izhor etolmaymiz.
– Yaхshi yotib turing, oyi.
– Yaхshi tushlar ko‘rgin, bolaginam.
Хona qorong‘i. Oyimning bir tekis nafas olishi 
va soatning chiqillashi eshitilib turibdi. Ko‘cha 
shamol. Kashtanlar chayqaladi.
Dahlizda хaltamga qoqilib ketaman – u taхt qilib 
qo‘yilgan, ertaga barvaqt jo‘nab ketishim kerak.
Yostiqni tishlab, barmoqlarim bilan karavot 
panjarasini qisaman. Bu yoqqa kelmasligim ke-
rak edi. Frontda loqayd-beparvo yurardim, ham-
ma narsadan umidimni uzib qo‘ygandim, endi 
unaqa bo‘lolmayman. Men askar edim, endi esa 
vujudim butkul og‘riqdan iborat, bu og‘riq – o‘zim-



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish