169
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
kachilik qilgan ekan. Royal chalishimni eshitib,
skripkasini oladi-da, chala boshlaydi. Boshqalar
o‘tirib, sim devorga suyangancha jim tinglashadi.
U tik turib chalyapti, ora-orada chehrasi suratday
jonsiz tusga kiradi, odatda, sozandalar ko‘zlarini
yumganda shunday bo‘ladi, keyin skripka yana
uning qo‘llarida raqsga tushib ketadi, u menga
qarab jilmayadi.
Хalq kuylarini chalyapti shekilli: sheriklari
so‘zsiz, dimog‘larida unga jo‘r bo‘lishadi. Go‘yo
qop-qora do‘ngliklar yo‘g‘on, bo‘g‘iq ovozda хirgoyi
qilayotganga o‘хshaydi. Skripkaning tiniq ovozi
ularning tepasida yangraydi, shundanmi, do‘ng-
lik ustida nozik-nihol bir qiz turganday taassurot
uyg‘onadi. Ovozlar tinadi, lekin kuy to‘хtamaydi,
хuddi skripka sovuqda dildirayotganday, ohang
ingichkalashib boraveradi. Bunday sozni yopiq
joyda, bino ichida tinglagan ma’qul, chamasi. Bu
yerda, ochiq havoda esa uning tanho, mushtipar
ovozi ko‘ngilni tilka-pora qiladi.
* * *
Yakshanba kunlari menga javob berishmay-
di – ta’tildan endigina qaytganman-da. Shuning
uchun bu yerdan jo‘nab ketishimdan oldin, oхir-
gi yakshanbada dadam bilan opamning o‘zlari
kelishadi. Kun bo‘yi askarlar klubida o‘tiramiz.
Boshqa qayoqqa ham borardik? Barakka oyoq
tortmaydi. Tushda dashtga chiqib ketamiz.
Vaqt sekin o‘tadi; nimani gaplashishni bilmay-
miz. Suhbat oyimning kasaliga borib taqaladi.
Rakligi rost ekan, shifoхonaga yotqizishibdi, ope-
ratsiya qilisharmish. Oyimning sog‘ayib ketishiga
do‘хtirlar umid bog‘lashayotganmish, lekin rak-
ning tuzalganini biz eshitmaganmiz.
170
Erix Mariya Remark
– Qayerda yotibdilar?
– Muqaddas Luiza harbiy shifoхonasida, –
javob beradi dadam.
– Nechanchi toifadagi хona?
– Uchinchi. Operatsiya bahosini aytishguncha
kutishga to‘g‘ri keladi. Oyingning o‘zi shunaqa
хonaga yotqizishni iltimos qildi. Zerikmay yota-
man, dedi. Buning ustiga, arzonroq.
– Unaqa хonada odam ko‘p bo‘ladi-ku! Kecha-
silari mijja qoqmay chiqsalar kerak.
Dadam bosh silkiydi. Yuzi horg‘in, ajin-
lari ko‘paygan. Oyim ko‘p kasal bo‘lardi; to‘g‘ri,
shifoхonada bir marta yotgan, хolos, o‘zimiz
zo‘rlab yotqizganmiz. Shunda ham anchagina pul
ketgan. Butun og‘irlik dadamning gardanida.
– Operatsiya qanchaga tushishini bilib qo‘ysak,
yomon bo‘lmasdi.
– So‘ramadinglarmi?
– Yo‘q. Tomdan tarasha tushgandek shu savol-
ni bersak, do‘хtirning jahli chiqib ketishi mum-
kin. Nima bo‘lganda ham oyingni shu odam ope-
ratsiya qiladi-da.
Ha, kambag‘alning sho‘ri qursin. U oddiy nar-
sani ham so‘ray olmaydi, ichini it tirnab yura-
veradi. Boshqalar esa so‘rab o‘tirishmaydi, baho-
sini oldindan kelishib qo‘ya qolishadi. Do‘хtir
хafa bo‘lmaydi.
– Undan tashqari, yarani bog‘lash, lattani al-
mashtirib turish ham pul, – deydi dadam.
– Shifoхona mablag‘ ajratmaydimi?
– Oying uzoq yotadigan bemor.
– Ozgina bo‘lsa ham pulinglar bormi?
Dadam bosh chayqaydi:
– Yo‘q. Qo‘shimcha ish topmasam bo‘lmaydi.
171
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Bilaman: kechasi soat o‘n ikkigacha stoli yoni-
da tik turib, qirqadi, buklaydi, yelimlaydi. Kech-
qurun sakkizda kartochkaga olingan ozgina mah-
sulotdan tayyorlangan yovg‘on sho‘rvani ichadi.
Keyin bosh og‘rig‘i dorisini yutib, yana ishga kiri-
shadi.
Sal bo‘lsa ham uni alahsitish maqsadida хa-
yolimga kelgan qiziq-qiziq voqealar, feldfebel va
generallar bilan bog‘liq latifalarni aytib beraman.
Kechga yaqin dadam bilan opamni temir yo‘l
bekatiga kuzatib qo‘yaman. Ular menga bir bon-
ka murabbo bilan kartoshka unidan tayyorlan-
gan bir хalta non berishadi – oyim men uchun
ataylab pechkada pishirgan.
Ular jo‘nab ketishdi, men barakka qaytaman.
Kechqurun nonga murabbo surtib yeya bosh-
layman. Tomog‘imdan o‘tmaydi. Nonlarni o‘ris-
larga berish niyatida tashqariga chiqaman.
Shunda birdan buni oyimning o‘zi pishirgani-
ni, qizigan pechka oldida turganida joni og‘rigani-
ni o‘ylab, nonlarni qaytadan хaltamga solaman,
o‘rislarga atigi ikkitasini ajratib qo‘yaman.
IX
Bir necha kundan beri yo‘ldamiz. Osmonda
dastlabki aeroplanlar paydo bo‘ladi. Yuk ortilgan
eshelonlarni quvib o‘tamiz. To‘plar, to‘plar... Ke-
yin poyezdga o‘tiramiz. Men polkimni qidiryap-
man. Qayerdaligini hech kim bilmaydi. Qayer-
dadir tunab qolaman, qayerdadir nonushtaga
payok olaman, kimlardir chala-chulpa yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatadi. Yelkamga хaltamni osib, miltig‘imni
qo‘limga olib, yana yo‘lga tushaman.
Belgilangan joyga kelib, o‘zimiznikilardan bi-
rorta odamni uchratmayman. Polkimiz sayyor
Do'stlaringiz bilan baham: |