O'zbekiston hududida amal qiluvchi tarif rejalari
Tarifikatsiyaning asosiy prinsiplari.
Agar muayyan Tariflarning tavsiflarida boshqasi to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilmagan bo'lsa,
Tarifikatsiyaning quyidagi prinsiplari amal qiladi:
•
Tariflar faqat aloqa xizmatlaridan shaxsan foydalanish maqsadida foydalanuvchi
jismoniy
shaxslar uchun amal qiladi
•
Barcha Tariflar so'mlarda QQS'ni hisobga olgan holda ko'rsatilgan
•
Xizmatlar avans to'lovi orqali to'lanadi
•
Hisob-kitob davri 30 kalendar kuniga teng va Mijoz Tarifga ulangan vaqtdan boshlanadi.
•
Narxlar tarifikatsiya birligida ko'rsatilgan.
•
Qo'ng'iroqlarning tarifikatsiya birligi – 1 daqiqa, qo'ng'iroqlarni hisobga olish va tarifikatsiya
qilish har daqiqasiga hisoblanadi, tarifikatsiyaning to'liq bo'lmagan birligi narxi
tarifikatsiyaning to'liq birligi narxiga teng.
•
Ma'lumotlarni uzatish trafigi hajmi 1 baytgan hisobga olinadi. Mobil ilovada ma'lumotlarni
uzatish trafigi hajmi 0,1 Gb'gacha yaxlitlangan holda aks etadi.
•
SMS/MMS'larning Tarifikatsiyalash birligi – dona
•
Provayderning axborot-ma'lumot tizimi raqamlariga qilingan qo'ng'iroqlar va jo'natilgan
SMS'lar, shuningdek «Humans» ilovasi va «humans.uz» sayti trafigi uchun pul to'lanmaydi.
Provayder Shartnoma tuzilishida to'lov qilinishi kerak bo'lgan, Xizmatlar uchun oldindan
to'lov (avans) sifatida baholanadigan summalarni belgilashga haqli.
Avans to'lovining minimal summasi – 10000 so'm.
Aloqa xizmatlari O'zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.
«Boshlang'ich» tarifi
Tarif SIM-kartani faollashtirishda ulanadi.
Provayder raqamlariga hamda O'zbekiston Respublikasining boshqa operatorlari
raqamlariga ovozli aloqa xizmatlari (kirish va chiqish qo'ng'iroqlari) va SMS'lar taqdim etiladi.
Humans aloqasi xizmatlarini ilk bor ulagan Mijozlarga 15.09.2020 dan 18.10.2020 gacha
bo'lgan davr mobaynida har kuni quyidagi xizmatlar taqdim etiladi:
• O'zbekiston Respublikasi bo'ylab Provayder raqamlariga cheksiz qo'ng'iroqlar;
• O'zbekiston Respublikasining boshqa operatorlari raqamlariga 45000 daqiqa
miqdorida qo'ng'iroqlar;
• Internet tarmog'idan foydalanish uchun maksimal tezlik va cheklanmagan trafik;
• O'zbekiston raqamlariga cheksiz SMS'lar
19.10.2020 sanasidan boshlab «Boshlang'ich» Tarifida aloqa xizmatlari quyidagi shartlar
asosida taqdim etiladi:
•
O'zbekiston Respublikasi hududida kirish qo'ng'iroqlari bepul
•
Provayder raqamlariga, O'zbekiston Respublikasining boshqa raqamlariga qo'ng'iroqlar
daqiqasi - 150 so'm.
•
O'zbekiston Respublikasining raqamlariga 1 ta SMS jo'natish narxi - 150 so'm.
Internetdan foydalanish imkoni taqdim etilmaydi.
Foydalanish bo'yicha cheklovlar
Yuqorida ko'rsatilgan Tarif faqat bitta abonent qurilmasida faqat bitta SIM-kartada
foydalanish uchun mo'ljallangan. Abonent qurilmasiga joylashtirilgan
SIM-kartadan bunday
Abonent qurilmasiga simli va simsiz kanal bo'yicha ulangan boshqa qurilmalardan
Provayder aloqa xizmatlaridan qo'shimcha ravishda foydalanish imkonini ta'minlash uchun
foydalanish mumkin emas.
Barcha tariflarda piring fayl almashuvi tarmoqlaridan foydalanish imkoniga ega bo'lish uchun
(jumladan BitTorrent va shunga o'xshash fayllarni taqsimlagan holda tarqatish
texnologiyalari yordamida) Tarmoq resurslaridan foydalanayotgan servislar uchun tezlik
soniyasiga 32 kbit'gacha chegaralanadi.
Mijozlarning manfaatlari yo'lida, tasodifiy qo'ng'iroqlarning salbiy oqibatlaridan saqlanib
qolish maqsadida Provayder ovozli ulanish davomliligini bir soat bilan chegaralab qo'yishga
haqli.
«Alohida toifadan raqam tanlash» xizmati
Mijoz «Alohida toifadan raqam tanlash» xizmatini sotib olishi mumkin. «Alohida
toifadan raqam tanlash» xizmati Mijozga xizmat ko'rsatish vaqtida band bo'lmagan
Provayderning raqamlash resursidan ma'lum mezonlarga mos keladigan Abonent
raqamini tanlash imkonini beradi.
Abonent raqami mezonlari va tegishli Xizmat narxi quyidagi havolada ko'rsatilgan:
https://humans.uz/documents/special-phone-number-attachment.xlsx
Xizmat narxi xizmat ko'rsatish paytida Provayder tomonidan shaxsiy hisobvaraqdan
yechib olinadi. Agar Mijozning Shaxsiy hisobvarag'ida buyurtma berilgan Xizmat narxini
yechib olish uchun mablag' yetarli bo'lmasa, Xizmat ulanadi va Mijoz 30.09.2020
sanasigacha buyurtma qilingan Xizmatni to'lash uchun Shaxsiy hisobvaraqni to'ldirishi
shart bo'ladi. To'lovni qismlab (bo'lib-bo'lib) kiritish ham mumkin.