Bahorda daraxtlarning uyg’onishi



Download 33,83 Kb.
bet1/8
Sana17.07.2022
Hajmi33,83 Kb.
#812751
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bahorda daraxtlarning uyg’onishi


BAHORDA DARAXTLARNING UYG’ONISHI
REJA:

  1. Maktabgacha ta'lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish

  2. Ekskursiya

  3. Tarbiyachining ekskursiyaga tayyorlanishi


Mart oyida dalalar «ko'klam libosini kiyadi». Boychechak, chuchmoma, sovrinjon, gunafshalar ochila boshlaydi. Yovvoyi ildizli o'simliklar, lolalarning ko'pgina turlari, giatsintlar, har turli narsislar barg chiqara boshlaydi.
Toshkentning tepalik va yon bag'irlari ertangi gulsapsar, lola, nilufar singari gullar bilan qoplanadi. Bu gullar ko'p yil yashasa ham, yog'ingarchilikdan keyingina gullaydi. Yozda ularning tanalari quriydi, yer ostida esa ildizlari saqlanib qoladi.
Ochiq va baland joylarda oq qaldirmoq, boychechak, itgunafsha, qoqio't, kapalakgul, gunafsha, bo'tako'z singari bir yillik o'simliklar ham gullaydi.
Daraxtlar shira chiqara boshlaydi. Qor erishi bilan daraxt ildiz­lari yerdagi namlikni o'ziga tortadi. O'simlik to'qimalari suvga to'ladi, suv olish bilan birga ozuqa moddasi bo'lgan uglevodni ham oladi. Uglevod barg to'qimalari orqali ildizga borib, kunlar isiy boshlashi bilan ildizdan kurtakka qarab yo'naladi. Kurtak bo'rtadi va ochiladi. Ozuqaning shunday harakati orqali o'simlik «uyg'onadi». Suvning ildizdan daraxtga ta'siri shoxshabba orqali bo'ladi, yozda suv shoxlar orqali ildizga boradi va parlanadi.
Mart oyida qo'ziqorinlar paydo bo'ladi. Ular O'zbekiston sharoitida uch haftagina o'sadilar, biroq seryomg'ir bahorda qo'ziqorinlar aprelmay oylarida ham o'sishni davom ettiradi.
Mart oyida ko'lmak suvlarda lempa, elodeya, qo'ytikan, perolistnik va boshqa suv o'simliklari o'sadi.
Aprel oyida deyarli barcha daraxtlar barg chiqaradi. Eman va shumtol singari daraxtlar hamma daraxtlardan keyin ko'karadi.
Yog'ochli daraxtlar gullay boshlaydi, yong'oq, eman, tol singari daraxtlar gulto'da chiqara boshlaydilar, zarang daraxtining gullari kul rang va ko'ksariq tusda bo'ladi, shumtol daraxtida esa mayda gul kosalari ichida o'tiradi, akatsiyada — cho'p shaklidagi oq, xushbo'y gullar ochiladi, gledichiya daraxtida, ko'rimsiz, mayda sariq gulchalar paydo bo'ladi.
Aprel oyida nastarin, jasmin, buldonej singari buta o'simliklari gullaydi.
Daraxtlarning uyg'onishi obhavoning isishiga bog'liq bo'ladi.
Martning oxiri va aprel oyining birinchi yarmida danakli o'simliklardan birinchi bo'lib: shaftoli, olcha, tog'olcha, olxo'ri gullaydi. Keyinchalik aprel oyining yarmida mevasining ichida urug'i boigan daraxtlardan: olma, nok, behi gullaydi.
Bahorda harorat bir me'vonda ko'tarilganda danakli daraxtlar bilan urug' daraxtlarning gullashi deyarli oldinmaketin, ayrim hollarda esa, bir vaqtning o'zida gullaydi.
O'rik, shaftoli singari daraxtlar awal gullab, keyin barg chiqa­radi. Olcha, tog'olcha, olma, nok, olxo'ri, behi singari daraxtlar esa awal barg chiqarib, keyin gullaydi. Obhavo sharoitining qulay kelishi daraxtlarning ko'plab gullashiga imkon beradi va hosildorlikni oshiradi.
Bolalar bilan gullarning har turli rangi va tuzilishi bilan tanishtirish maqsadida mevali boqqa ekskursiyalar o'tkaziladi. Bolalar o'rik, shaftoli, olcha daraxtlarining gullarini hajmiga, barglarining rangiga qarab tezda ajrata olib, eslarida saqlab qolish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Ana shu vaqtda sahrolarda lolaqizg'aldoq va lolalar chamandek ochiladi.
Aprel oyining oxirida va ko'pincha may oyining boshlarida jiyda daraxti kumushsimon barglar bilan qoplanadi. U kuchli xushbo'y hid taratuvchi sariq gullar chiqaradi.

May oyida buldonej, uzum, jiyda gullaydi, olcha, gilos, qulupnay pishadi. Suv havzalarida mayda suv o'simliklarining ko'payishi davom etadi va suv yashil yoki sariq tusga kiradi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish xilmaxil shakllarda: mashg'ulotlarda, ekskursiyalarda, kundalik hayotda, kuzatishlarda, suhbatlarda, hamda mehnatda amalga oshiriladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg'ulotlari bilim­larni bolalarning imkoniyati hamda tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda shakllantirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida o'tadigan mashg'ulotlarda bolalarda dastur talablariga muvofiq elementar bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma'lum bir tartibda rivojlantiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o'yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yig'ilib boradi. Mashg'ulotlar ularga aniqiash va tizimlashtirish imkonini beradi.
Bolalarni mashg'ulotlarda o'qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metod mashg'ulot turi, uning asosiy maqsadiga ko'ra tanlanadi.
Mashg'ulotlarning bir xillarida boshlang'ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko'rish, badiiy asarlarni o'qish, hikoya, diafilm va kinofilmlarni ko'rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg'ulotlarda esa bilimlar kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi.
Aytib o'tilgan metodlardan tashqari bu mashg'ulotlarda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Uchinchi turdagi mashg'ulotlarning asosiy vazifasi — bilimlarni umumlashtirish hamda bir tizimga solishdir. Shuning uchun suhbatlar, didaktik o'yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan foydalaniladi. Bolalar egallagan oilimlarini mehnat va o'yinlarda amalda qo'llaydilar.
Mashg'ulotlar kichik va o'rta yosh guruhlarda bir oyda 2 martadan, katta guruhlarda esa haftada lmartadan o'tkazitedi. Ekskursiyalar o'rta guruhdan boshlab tashkil etiladi. Barcha §L'i'uhlarda qo'shimcha sifatida maqsadli sayrlar o'tkaziladi.

Download 33,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish