MAVZU: GANDBOL (QO’L TO’PI) O’YINIDA TAYYORGARLIK TURLARINI O'RNI VA AHAMIYATI
REJA:
Nazariy tayyorgarlik
Jismoniy tayyorgarlik
Texnik tayyorgarlik
Taktik tayyorgarlik
Ruhiy tayyorgarlik
1. Nazariy tayyorgarlik qo’l to’pi oddiy o’yinchilarining sport mahoratini oshirishga yordam beradi. Mavzularni tanlashda o’yinchilarning oldida turgan aniq vazifalarni hisobga olish kerak. Qo’l to’piga oid ma’ruza va suhbatlar, adbatta amaliy mashg’ulotlardan oldin o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir, chunki charchagan shug’ullanuvchilarga nazariy mashg’ulotlar foyda keltirmaydi. Amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish paytida shug’ullanuvchilarda o’yin texnikasiga, taktikasiga, mashg’ulotlar uslubiyatiga talluqli savollar tug’iladi. Shuning uchun bularning barchasini hisobga olib, shug’ullanuvchilar bilan maxsus suhbatlar, (masalan, yuqori natijalarga erishishda nazariy, ruhiy va jismoniy tayyorgarlikning ahamiyati va boshqalar to’g’risida) nazariy mashg’ulotlar o’tkazib turilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’yinga yo’l-yo’riq berish o’yinchidan o’z jamoasining ham, uchrashadigan jamoasining ham barcha xususiyatlarini o’rganishi, chuqur bilishi, o’yin taktikasi va uning turli tizimlarini o’zlashtirib olishi talab qilinadi. Buning uchun murabbiy raqib jamoasi haqida iloji boricha ko’proq ma’lumot to’plashi, shundan kelib chiqib o’yinchilarga yo’l-yo’riq ko’rsatishi lozim.
Odatda yo’l-yo’riq berish, mazkur o’yinning o’rnini, ahamiyatini tushuntirishdan va raqib jamoasi hamda uning o’yinchilariga baho berishdan boshlanadi. Shundan so’ng, o’yinning taklif etilayotgan taktik rejasining asosiy g’oyasi aniq va ixcham holda tushuntiriladi. Bo’lg’usi o’yinga beriladigan yo’l-yo’riq qo’yidagicha bo’lishi mumkin:
O’yinning ahamiyati; Raqib jamoasiga tavsif berish; Jamoa o’yinining taktik rejalari haqida; Har bir o’yinchiga alohida-alohida topshiriqlarni aniq belgilab berish;
O’yinga yo’l-yo’riq berish o’yin boshlanishidan sal oldin bajariladi. Qolgan vaqtda esa, o’yinchilarning diqqatini boshqa narsalarga chalg’itmay, ayrim o’yinchilarga vaqti-vaqti bilan zarur ko’rsatmalar berib boriladi.
O’tkazilgan o’yinni muhokama qilish. Yo’l-yo’riq berishni, o’yinni muhokama qilishni, qo’l to’pi maydonining kichraytirilgan nusxasi - maketidan foydalanib o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Bunday qilish ayrim muhim taktik harakatlarni ko’rgazmali namoyish qilish imkonini beradi.
Muhokamani eng avvalo o’tkazilgan o’yinga umumiy baho berishdan boshlash kerak. Keyin esa, turli taktik rejalar g’oyasi amalga oshirilgani yoki oshirilmaganini aytib o’tib, agar g’oya amalga oshmagan bo’lsa, unga nima halal beriganiga e’tiborni qaratish lozim. Shundan so’ng, jamoa murabbiysi oldingi qator, orqa qator, himoya, hujum, darvozabon va har bir o’yinchining harakatlarini alohida aytib baholaydi. O’tkazilgan o’yinda yo’l qo’yilgan xatolar ko’rsatib beriladi va keyingi o’yinlarda shu yo’l qo’yilgan xatolar takrorlanmasligi o’yinchilarga uqtiriladi.
O’tilgan o’yinni muhokama qilish qo’yidagicha bo’lishi mumkin:
O’tkazilgan o’yinning umumiy bahosi chiqariladi.
Jamoa o’yinining taktik rejasini qanday bajargani aytiladi.
Har bir o’yinchi faoliyati baholanadi.
O’tkazilgan o’yinda chiqarilgan xulosalar umumlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |