Mavzu: Belbog‘li kurash texnika va taktikasiga o‘rgatish Reja



Download 16,62 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi16,62 Kb.
#765401
Bog'liq
Belbog‘li kurash texnika va taktikasiga o‘rgatish


Mavzu: Belbog‘li kurash texnika va taktikasiga o‘rgatish
Reja:

  1. Belbog‘li kurash usulida kurashchining turish holati.

  2. Bebog‘li kurash usullarida asosiy kurash harakatlari.

  3. Kurashchilarni usullarni qo‘llashda aldov harakatlari va hiylalardan foylanish.

Belbog‘li kurash usulida kurashchining turish holati majburiy ixtiyoriy shaklda bo‘ladi. CHunki kurashchilar belbog‘ni ushlagandan so‘ng raqibining holatiga muvofiq harakat qiladilar. shunga qaramay kuchli va tajribali kurashchilar belbog‘dan ushlash bilanoq raqibni o‘z harakatlariga bo‘ysundirishga erishadilar. Mohir kurashchilar belbog‘dan ushlash bilan usul qo‘llashga harakat qiladi. Ayniqsa bo‘ holat kichik va o‘rta vaznli kurashchilarda kuzatiladi. Og‘ir vaznli kurashchilarning harakatlari salobatli va sekin bo‘lganligni uchun dastlabki daqiqalar bir birini nazorat qilish, usul qo‘llashga payt poylashdan iborat bo‘ladi. Belbog‘li kurash usullarida qarshi harakatlar va qarshi hujum qo‘llash imkoniyati chegaralangan bo‘lib, bunda kurashchidan katta kuch va maxorat talab qilinadi. SHuning uchun kurash harakatida usul qo‘llashga birinchi uringan, tezkor va kuchli kurashchi usulni samarali bajarishga erishadi.
Kurash boshlanishidan avval kurashchilar belbog‘larni ko‘krak qismidan erkin shaklda o‘lchanib dastlab qizil belbog‘li kurashchi belbog‘ni ushlaydi, so‘ng raqib belbog‘ni ushlab olishga qulay sharoit yaratib beradi. Kurashchilar belbog‘dan ushlashgandan so‘ng bellarini orqaga qilib, yarim egilgan holda hakam buyrug‘i bilan bellashuvni boshlaydilar. Kurash dastlab boshlanishida kurashchining boshi raqibning elka qismida turadi va oyoqlari bilan yon tomonga, orqaga va oldga siljish harakatlari bajaradi. SHu yo‘sinda harakatning uyg‘unlashuvi va raqibning harakatlarini nazorati susayganda usul qo‘llashga eng samarali sharoit sodir bo‘ladi.
Kurashchilarning turish harakatlari va belbog‘dan ushlash shakllarini rivojlantirishda dastlabki sport tayyorgarlik guruhi a’zolari kurashchilarida bu harakatlar malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga katta e’tibor qaratiladi. Kurashchilarni turish va belbog‘dan ushlash harakatlar texnikasini o‘rgatishda yosh kurashchilarga belbog‘dan o‘zlariga qulay ushlashga o‘rgatish hamda bellashuvning birinchi soniyasidan mustahkam turish holatini tanlashga erishishni o‘rgatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bellashuvning daslabki harakatlarini boshlash malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirishda kurashchilarni navbat bilan belbog‘dan ushlab bir birini o‘ziga tortish hamda belbog‘dan qattiq siqib raqibni ko‘krak oldida baland ko‘tarish harakatlarini bajarish tavsiya etiladi.
Bebog‘li kurash usullarida asosiy kurash harakatlaridan siltash, kiftlash, bosish, tizzaga mindirish, to‘sish, bosma, qayirma, yonbosh, chalaqaytarma, qaytarma, qadamlash, aylantirish, ilish, hamda chalg‘itish usullari qo‘llaniladi.
“Siltash” usuli. Belbog‘li kurashda kurashchilar usulni boshlada siltash usulidan foydalanadilar. Siltash usuli aslida kurashchini muvozanatdan chiqarish usuli bo‘lib hisoblanadi. Siltash bilan kurashchini oldga, orqaga va ikki yon tamonga yiqish mumkin. Bunda raqibni belbog‘dan siqib, orqa tamonga itarib muvozanatdan chiqarish, belbog‘dan qattiq ushlab old tamonga tortish, belbog‘dan ushlab yon tamonlarga surish bilan kurashchini muvozanatdan chiqariladi. Bu harakatlarni bajarishda belbog‘ni burab qattiq siqib ushlash harakatni oson bajarishga yordam beradi.
Kurashchini orqaga itarish bilan uni o‘tirgizib qo‘yish mumkin. Kurashchini oldiga tortish bilan esa tizzilatib qo‘yiladi. YOn tamonlarga surishda esa raqib o‘z oyoqlariga chalishib qolib yiqiladi.
“Kiftlash” usuli. Bu usul oyoq va qo‘l hamda elka yordamida bajarish shakllari mavjud. Bu harakatlarda kurashchi raqibni o‘ziga ortadi va oyoq yoki qo‘l va elka yordamida tepaga qaratib turtki - kift beradi.
“Bosish” usuli. Bosish usuli asosan qarshi harakat usuli hisoblanib raqib usulni to‘liq bajara olmaganida kurashchi bu usulni amalga oshiradi. Kurashchi muvozanatini yo‘qotgan raqibini belidan qattiq siqib o‘ziga tortish bilan bir vaqtda ko‘kragidan bosh yoki jag‘i yordamida butun gavdasi kuchi bilan itarib, pastga bosadi.
“Tizzaga mindirish” usuli. Bu usulni qo‘llash kurashchi raqibni dast ko‘tarib amalga oshiradi. Ko‘tarish usullari shakllari raqib o‘ng oyog‘i oldida bo‘lganda kurashchi o‘ng oyog‘i raqib oyoqlari orasiga qadamlab kiritilib, o‘ng oyoq tizzasi yordamida ko‘tarish va o‘nga burish, tizza yordamida shu tamonga uloqtirish bajariladi. Raqibning chap oyog‘i oldida bo‘lganda , chap oyoq oldiga qo‘yilib kiftlanadi va yon tamonga buriladi, raqib tizza yordamida burilgan tomonga uloqtiriladi.
“To‘sish” usuli. Belbog‘li kurashda ko‘p uchraydigan usullardan biri hisoblanadi. Bu sulni qo‘llashda kurashchi raqibning oldga qilgan harakatiga qarshi o‘laroq harakatlanib raqib yon tamoniga o‘tadi va shu tamonga raqibni aylantirib uloqtiradi. Raqibni o‘ng tamoniga kurashchi o‘tganda o‘ng tamonga aylantirib, chap tamoniga o‘tganda chap tamonga aylantirib uloqtirish mumkin. Ro‘paradan kelganda esa kurashchiga eng qulay va takomillashgan uloqtirish tamoniga tashlash mumkin.
“Bosma” usuli. Bu usulda kurashchi raqibni siqib dast ko‘tarib, yana shu joyni o‘ziga bosib tashlash shaklida bo‘ladi. Bu usulni qo‘llashda kurashchi raqibini qattiq o‘ziga tortib siqib ushlashi va siltab muvozanatdan chiqarishi hamda raqibni bosib yiqitish bilan usulni yakunlaydi. Usulni bajarishda raqibning o‘ng oyog‘i oldida bo‘lsa kurashchi ham o‘ng oyog‘ini oyoqlar orasiga qadamlab kiritib kiftlanadi, raqib chap oyog‘i oldida bo‘lsa kurashchi chap oyog‘ini oldinga tashlab kiftlanadi. Harakatlar ko‘tarilgan raqibni bosish bilan chyakunlanadi.
“Qayirma” usuli. Bu usulni kurashchi raqibni ko‘tarib olgandan so‘ng bajaradi. Raqibni oyoqlari oldiga qo‘yilishiga muvofiq usul qo‘llaniladi. Raqib o‘ng oyog‘i oldida bo‘lsa, kurashchi ham o‘ng oyog‘i bilan kiradi, raqib chap oyog‘i oldida bo‘lsa kurashchi chap oyog‘ini oldiga tashlab kiradi. Harakatlarda tizza yordamida kiftlanadi va oyoqlarga qarama qarshi tamonga raqib qayirib uloqtiriladi. Bu usulda kurashchi raqibni ko‘tarmasdan qayirishi ta’qiqlanadi.
“YOnbosh” usuli. Qayirma usuliga deyarli o‘xshash bo‘lsada, harakatlari tez va raqibni aylantirish hisobiga usul chiroyli va jozibali chiqadi. Bu usulni qo‘llashda kurashchi tikkalanishi va raqibni kuch bilan o‘ziga tortishi hamda kiftlab bir oz aylantirishi kerak bo‘ladi. Kuchli kurashchilar egilib olgan raqibni ham katta kuch bilan o‘ziga tortib olib bu usulni muvaffaqiyatli bajara oladilar.
“CHalaqaytarma” usuli. Bu usul oyoq, qo‘l va elka yordamida bajariladi. Usulni oyoq yordamisiz bajarish shakli ham mavjud. Bu usulni qo‘llashdan oldin kurashchi raqibni kiftlash bilan ko‘tarib oladi va birinchi oyoq bilan qadamlab raqib oyog‘i orasiga kiritiladi, ikkinchi oyoq bilan esa raqib yon tamoniga o‘tiladi va u dast ko‘tarib qaytarib tashlanadi.
“Qaytarma” usuli. CHalaqaytarma usulining mukammal shakli hisoblanib harakatlar shu usul kabi bajariladi. Bunda ko‘tarish baland va qaytarish harakati keskin bajariladi. Raqibning ikki oyoqlari teng turganda kurashchi tayanch oyog‘ini oldiga tashlashi yoki u ham ikkala oyoqlarini raqib oyoqlariga moslashi mumkin. SHu holatdan tizza va bel yordamida kiftlab raqib dast ko‘tariladi va yon tomonga qaytarib tashlanadi.
“Qadamlash” usuli. Qadamlash usulining elkaga mindirish usulidan farqi shuki, bu usulda raqibni ko‘tarmasdan irg‘itib tashlanadi. Bu usul bir yo‘la to‘xtamay bajariladi. Masalan, raqibning o‘ng oyog‘i oldinda bo‘lganda, chap oyoq bilan qadamlab o‘ng oyoq yoniga qo‘yiladi. CHap qo‘l bilan raqibning o‘ng tirsak qo‘lini siqib, o‘ng elka tomonga burilib o‘ng oyoqni ham oldinroqqa tortib, o‘ng elka tomonga irg‘itib tashlanadi. Bu usulni chap oyoqda qaytarganda o‘ng qo‘lni o‘tkazish shart emas. Bunda raqibni qattiq siltash orqaligina usulni bajara olish mumkin.
“Aylantirish” usuli. Aylantirib tashlash siltash va kiftlash harakatlari bilan bajariladi. Belbog‘li kurashda aylantirish ko‘p qo‘llaniladigan usullardan hisoblanadi. Kurashchi tanyach oyog‘in oldiga tashlab raqibni siqib, siltaydi va kiftlab dast ko‘tarib oladi va yon tomonga aylantiradi, raqib doira shaklida aylangach oyoqlari ko‘tarilib ketadi, kurashchi to‘xtaganda raqib havoda aylanishda davom etadi. Kurashchi keskin to‘xtashi bilan raqib oyog‘i ko‘tarilib o‘z inersiyasi bilan yiqiladi, bunda kurashchi raqib yiqilishini nazorat qilish uchun harakatlarini muvofiqlashtirishi, raqibni kurak bilan tushishini ta’minlashi kerak bo‘ladi.
Ilishusuli. Bu usul kurashchidan katta kuch va tezkorlik hamda epchillikni talab etadi. Bu usulni kichik vaznli kurashchilar juda jozibali amalga oshiradilar. Kurashchi raqibini siltash bilan o‘ziga tortadi va tizzaga mindirmay faqat qo‘l kuchlari bilan uloqtiradi. SHunga qaramay bu shakldagi uloqtirishda oyoqlarda katta qadamlash va raqibni tortib aylantirilganda tizzalar bilan kiftlash muhim harakat hisoblanadi. Harakatlami kurashchi raqibini etaklash va muvozanatdan chiqarish bilan boshlaydi.
Kurashchilarni usullarni qo‘llashda aldov harakatlari va hiylalardan foylanish, razvedka yoki soxta harakatlar raqibni CHalgitishusuli deb atash mumkin. CHalg‘itish bir usulga harakat qilib boshqa usulni bajarish, raqibning harakatlariga qarshi harakatlar bajarish, raqib xatolari va kamchiliklaridan samarali foydalanish shakllarida bo‘lishi mumkin.
Download 16,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish