KURS ISHI Topshirdi: Shonazarova Aʼloxon Qabul qildi: Jabbarova Bahor
Urganch-2022
1
Mundarija Kirish………………………………………………………………………..3
I bob Yarim o'tkazgichli tranzistorlarda pet texnologiyalarni qo'llash 1.1 Yarim o'tkazgichli tranzistorlarni o'qitishda zinama-zina metodikasidan foylanish…………………………………………………………….……...…...7
II bob Yarim o'tkazgichli tranzistorlar 2.1 Yarim o’tkazgichlar haqida umumiy tushunchalar………………… .….......8
2.2 Yarim o’tkazgichli tranzistorlar va ularning ishlash prinsipi……………....15
2.3 Yarim o’tkazgichli qurilmalarning vazifalari………………………………17
2.4 Mavzu yuzasidan test…………………………………………………..….19
2.5 Glassariy……………………………………………………………….…..22
Xulosa...................................................................................................................23
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………...24
2
Kirish
Kurs ishi - oliy oʻquv yurtlari talabalari tomonidan oʻquv rejasidagi umumkasbiy va maxsus fanlar boʻyicha talaba tomonidan mustaqil bajariladigan ish bolib, professor-oʻqituvchilar rahbarligida talabalarda toʻplangan nazariy bilimlar asosida muayyan masalani yechishda mustaqil fikrlash koʻnikmasini oshirish yoki mavzuni chuqur oʻrganish maqsadida bajariladi. Kurs ishi – bu uning mazmunini puxtaligi va talim tarbiya berishdagi ijodiy yondoshishni o'z ichiga olgan o'quv va ilmiy-pedagogik tadqiqotdir. Kurs ishining maqsadi – nazariy va amaliy mashg'ulotlar natijasida olingan bilimlar asosida fizika o'qitish metodikasi fani bo'yicha nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va takomillashtirish hisoblanadi. Kurs ishi tegishli o'quv jarayonining nazariy va uslubiy qoidalariga asoslanib, fizika fanini o'qitish va o'rgatishda yangi g'oyalardan iborat bo'lishi kerak. U eng sodda, ammo mustaqil g'oyaga ega bo'lsa ham, kamida bittasini o'z ichiga olishi va vazifani yanada samarali hal qilish uchun muallifning takliflarini shakllantirishi kerak. Ma'lumki hozirgi kunda talabalarga zamonaviy fanlardan bilim berish bilan bir qatorda, fundamental fanlarni yangu pedagogik metod va texnologiyalar asosida o'qitishga katta e'tibor qaratilmoqda. Buning natijasida o'quv reja va fan dasturlariga bir qancha o'zgartirishlar kiritildi. O'qitiladigan fanlarning dolzarbligi va mazmuniga, hamda talabalarning mustaqil ta'lim olishlariga alohida urg'u berilmoqda. Bugungi kunda Respublikamizda barcha ta'lim sohalariga katta e'tibor berilmoqda. Xususan fizika fanini o'qitish jadal suratlar bilan rivojlantirilmoqda. Ma'lumki, "Ta'lim to'g'risida" gi qonun 5ta bo'lim, 34 moddadan iborat. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillarida ta'lim O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilinadi, demak, ta'lim-tarbiya ishlari davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biridir. Fikirlash madaniyatini o'stirishda fizikaning o'ziga xos ahamiyati bor. Bu maqsadga esa isbotlashga doir masalalarni hal etish yo'li bilan erishiladi. Ushbu kurs ishini o'rganish mobaynida fizika fani to'g'risida oz bo'lsada ma'lumotga ega bo'lasiz.