II bob Yarim o'tkazgichli tranzistorlar 2.2 Yarim o’tkazgichli tranzistorlar va ularning ishlash prinsipi
Tranzistor (inglizcha transfer — koʻchirmoq va rezistor) — elektr tebranishlarni kuchaytirish, generatsiyalash (hosil qilish) va oʻzgartirish uchun moʻljallangan 3 elektrodli yarimoʻtkazgich asbob hamda mikroelektronika qurilmalarining asosiy elementi. Har xil tranzistorlar.Tranzistorlar tuzilishi, ishlash prinsipi va parametrlariga koʻra 2 ta sinfga ajratiladi — bipolyar va maydoniy (unipolyar) tranzistorlar. Bipolyar tranzistorlarda ikkala turdagi oʻtkazuvchanlikka ega boʻlgan yarimoʻtkazgichlar ishlatiladi. Bipolyar tranzistor, oʻzaro yaqin joylashgan p-n oʻtish hisobiga ishlaydi va baza-emitter oʻtishi orqali tokni boshqaradi. Maydoniy tranzistorlarda faqat bir turdagi (n-tipli yoki p-tipli) yarimoʻtkazgichlar ishlatiladi. Bunday tranzisorlarning bipolyar tranzistorlardan asosiy farqi shundaki, ular kuchlanishni boshqaradi, tokni emas. Kuchlanishni boshqarish zatvor va istok orasidagi kuchlanishni oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi. Hozirgi kunda analog texnikalar olamida bipolyar tranzistorlar (xalqaro atama — BJT, Bipolar Junction Transistor) asosiy oʻrinni egallagan. Raqamli texnikalar sohasida esa, aksincha maydoniy tranzistorlar bipolyar tranzistorlarni siqib chiqargan. Oʻtgan asrning 90-yillarida, hozirgi davrda ham elektronikada keng miqyosda qoʻllanilayotgan bipolyar-maydoniy tranzistorlarning gibrid koʻrinishi — IGBT ishlab chiqildi. 1980-yilga kelib, oʻzining kichik oʻlchamlari, barqaror ishlashi, iqtisodiy jihatdan arzonligi hisobiga tranzistorlar elektronika sohasidan elektron lampalarni siqib chiqardi. Shuningdek, kichik kuchlanish va katta toklarda ishlay olish qobiliyati tufayli, elektromagnit va mexanik uzib-ulagichlarga ehtiyoj qolmadi. Elektron sxemalarda tranzistor „VT“ yoki „Q“ harflari bilan hamda joylashgan oʻrniga muvofiq indeks bilan belgilanadi. Rus tilidagi adabiyotlar va hujjatlarda esa XX asrning 70-yillariga qadar „T“, „PP“ (poluprovodnikoviy pribor) yoki „PT“ (poluprovodnikoviy triod) kabi belgilanishlar ham ishlatilgan. Tranzistor. Triod. Yarim o’tkazgichli triod –tranzistorni yasash uchun aralashmali yarim o’tkazgich materialining uchta tarkibiy qismi (shuning uchun ham triod deyiladi) bolishi kerak: ikkita n-va bitta p-tipdagi yoki teskarisi. Tranzistor zanjirga ulanganda ikkita batareyadan foydalaniladi. Ulardan birining musbat qutbi tranzistorning emitteri (e)
15
deyilguvchi p-qismiga, manfiy qutbi esa baza deyilguvchi o’rtadagi n-qismiga ulanadi. Ikkinchi batareyaning musbati bazaga, manfiy qutbi esa kollektor (k) deyilguvchi ikkinchi r – qismga ulanadi. Shunday ulanishda emitterdagi teshiklar bazaga ketib, ularning keyingi, bazadan kollektorga tomon harakati ikkinchi batareya ta’sirida amalga oshadi. Birinchi batareyaning kuchlanishi ortishi bilan baza orqali kollektorga ketuvchi, emittyerdagi teshiklar soni ham ortadi. Demak, lampali triodda tok va katod orasidagi kuchlanish anod tokini boshqargani kabi, tranzistorda ham baza va emitter orasidagi kuchlanish kollektor tokini boshqaradi. Yarim o’tkazgichli triodlar kuchaytirgichlar va generatorlar sifatida ishlatiladi? Yarim o’tkazgichli asboblar vujudga kelishi radiotexnikada inqilobiy burilish yasadi. Ularning soddaligi va kichikligi, mikromodullar sifatida uzluksiz ravishda bosib chiqarish usuli bilan tayyorlash imkonini yaratdi. Mikromodullar yupqa varaqlardek bo’lib, ularda diodlar, triodlar, qarshiliklar va radiosxemaning boshqa elementlari zarb qilinadi. Mikromodullarning turli kombinatsiyalarini tuzib oldindan belgilangan parametrli radioqurilmalarni yasash mumkin. Hozirgi paytda yarim o’tkazgichli diodlar, triodlar, rezistorlar ishlatilmaydigan asboblarning o’zi mavjud emas. Yarim o’tkazgichli termistor yordamida temperaturani o’lchovchi detektor, elementar zarralarni qayd etuvchi, fotorezistop-yorug’lik energiyasini qayd etuvchi va ko’plab boshqa asboblarni misol qilib keltirish mumkin. Kosmik kemalarning barchasi quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi yarim o’tkazgichli quyosh batareyalari bilan jihozlangan bo’lsa, tibbiyot insonning nozik organlariga kirib uning faoliyatidan ma’lumot beruvchi datchiklar (qayd etuvchilar) bilan jihozlangandir. Garchi, ushbu dalillarning o’zi ham yarim o’tkazgichli asboblarning foydalanish sohasi kengligini ko’rsatib tursada hali ularning ishlatilish istiqbollari juda keng. Bu sohadagi izlanishlar tugamagan bo’lib, insoniyat yarim o’tkazgichlar fizikasidan ko`plab yangiliklarni kutmoqda .
16
Do'stlaringiz bilan baham: |