zimmasiga yuklangan. Uni - xoreg, ya’ni xor rahbari va javobgari deb ataganlar. Xoreg o‘z mablag'i hisobidan xorning tarkibini belgilagan va kiyim-kechaklar bilan ta’min etgan. Dramaturglaming har bir bellashuvida uchta tetralogiya va uchta komediya uchun jami oltita xoreg ta’min etilgan.
Dastlabki paytlarda o‘z asarlari uchun musiqa yozish, xorni o'rgatish ishlarini ham dramaturglaming o'zlari bajarganlar. Borabora bunday ishlar uchun maxsus kishilar belgilanadigan bo4gan. Xoreglik g‘oyatda faxrli vazifa hisoblangan. Zero, xoreglar, aktyorlar va xor qatnashchilari xudolar yo‘lida ahli jamoa uchun xizmat qilishni sharafli ish deb tushunganlar. Teatr tomoshalariga tayyorgarlik chog'larida ular harbiy xizmatdan ham ozod etilganlar. Bu ularning xizmatini Vatan himoyasi maqomi bilan tenglashtirganligiga dalildir.
Musobaqa natijalari nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan baholangan. Zafar qozongan dramaturglar uch xil mukofot olgan (lekin uchinchi o'rin mag'lubiyat sifatida baholangan).
Dramaturglar qalam haqidan tashqari, zafar ramzi bo‘lmish gulchambarlar bilan e’zozlangan. Ayniqsa, xoreglarning qadr- qimmati baland edi. Xoreg o‘z g'alabasi sharafiga o'zining yodgor- ligini o'rnatish huquqiga ega bo’lgan. Yodgorlikka tomoshaning o‘tgan vaqti. dramaturg. xoreg va pyesalarning nomlari yozib qo'yilar edi.
Bundan tashqari, musobaqa natijalari maxsus qaydlarda zikr etilgan va ular davlat arxivida saqlangan. Bunday qaydlar - didaskaliyalar, ya’ni san’atda erishilgan g’alabalarning yozma tarixi, deb atalgan.
Sahna mexanikasi - mashinalari qadimgi greklarda qanday bo’lgan, degan savol tug'ilishi mumkin. Axir eng qadimgi, «Zanjirband Prometey» asarida chaqmoq, momaqaldiroq, shamol,
yer yorilib, o‘z qa’riga tortishi kabi tushunchalar mavjud. Aktyorlar harakatiga mos muhit yaratish, momaqaldiroq ovozini, kuchli shamol va yer qimirlashidagi vahimali, sehrli tovushlarni teatr mashinistlari azaldan eplab kelishgan. Bu haqda grek tragediyalari kitobida yozilgan.
Qadimgi grek aktyorlari ochiq havoda, 20-25 ming tomoshabin oldida tragediyalar ijro qilgan bo'lsa, ular mikrofonsiz, ovoz
55
kuchaytirgichlarsiz shuncha tomoshabinga qanday ta’sir o'tkaza
olgan ekan, degan navbatdagi savolga javob axtaramiz.
Aktyorlar. avvalo, o‘z kiyimlari bilan xor ijrochilaridan ajralib turgan. Ular butun badanini o‘rab turadigan uzun mantiya - ruhoniylar kiyimiday yaxlit matoli kiyim kiygan. Aktyorlarni xordan ajratib turadigan yana bir tafovut ular oyoq kiyimlari tagidan yana qo'shimcha poshna - koturna kiyishgan. Koturna yog‘ochdan yoki teridan maxsus yasalgan bo'lib, 10-15 santimetrgacha aktyorning bo’yini cho’zishga yordam bergan, Bo'yni sun’iy baland ko'targan koturna aktyorning sahnadagi erkin harakatini chegaralagan. Ust va oyoq kiyimlar borasida bu izlanishlar aktyorni tomoshabin oldida yirik - ulug’vor ko'rsatish uchun bo‘lgan harakatlar edi.
Aktyorlar ijrosining ta’sir kuchini takomillashtirgan unsurlarni aniqlashda davom etamiz. Grek aktyorlari tomoshabinlardan uzoqda joylashgan sahnada turganligi uchun endi ulaming yuzidagi ifodaviylik masalasini hal qilish lozim edi. Bu masalani ham greklar biz tasavvur qilgandan ortiqroq darajada uddalaganlar. Ular aktyorlar yuzini qoplab turadigan niqobni o’ylab topdilar. Niqob aktyorlaming faqat yuzini qoplamay, balki, boshiga to'liq kiyadigan bo'lgani uchun nisbatan qulaylik yaratgan.
Niqobning kelib chiqish tarixi quyidagicha. Dionis boshidan o‘tkazgan mushkulotlarni ijro etadiganlar - xor ijrochilari ilk bor echki terisi va soqolidan foydalangan. yuzlariga vino qoldig’ini chaplaganlar. Ilk tragediyadagi difiramb ijrochilari kiyimlari va yuzidagi niqoblari bilan o'zgalardan ajralib turgan. Keyinchalik xalqning bu ijod shakli grek tragediyalarida niqob bo’lib xizmat qildi.
Niqoblar oxirgi qatordagi tomoshabinga ham ifodali ko'rinishi uchun uning ko'zlari katta, sochi fe’liga mos, og‘zi bo’rttirilgan darajada katta. yuzdagi ajinlari uzoqdan ko’rinadigan tarzda ifodali edi. Aktyorning ust va oyoq kiyimiga mos ravishda ifodalangan niqoblar ham uning ulug’vorligini ta’kidlash niyatining mantiqiy rivoji edi.
Tomoshabin aktyorning niqobiga qarab sahnada kirn harakat qilayotganini anglab yetgan. Niqoblarda- shoh yoki gado, ulug’vor shaxs yoki qul. qayg’u yoki xushchaqchaqlik. erkak yo ayol qiyofasi ifodalangan. Qadimgi grek tragediyalarida barcha ayollar obrazlarini erkaklar ijro etgan.
Dramaturgiyada taqdirlari yoritilgan qahramonlarning ko'payishi bilan asarning g'oyaviy yuki xordan asta-sekin aktyorlar zimmasiga o'ta boshlagan. Ilk tomoshalarda yetakchi ijodiy kuch xor hisoblangan bo‘lsa. korifey, birinchi aktyor, ikkinchi aktyor hamda maskalar va xarakterlar evolyutsiyasi natijasida yetakchi ijodiy kuch aktyorlar bo'lib qoldi. Xor - qayg'u, alam, nola, iltijo, yig'i, faryod, kabi emotsional ruhiyatni yaratadigan yoki inson qiyofasiga yot bo'lgan fantastik jonzotlarni, ba’zan ilohiy qarg'ish yoki nafrat yoki okean to'lqini
kabi ramziy, vahiniadan xabar beruvchilar vazifalarini bajara boshladi.
Aktyorlar ulug'vorligini namoyon qiladigan navbatdagi ifoda vositasi uning nutqi bo'lib, qadimgi greklar bu masalani ham ustalik bilan hal qildilar. Niqoblarning katta og'zi ichidan metal rupor - «ovoz kuchaytirgich karnaycha» o'rnatdilar. Gekzametrga asoslangan deklomatsiya- «ta’kidlab so'zlash» orqali aktyorlar asar g'oyasini tomoshabining «qulog'iga quyishwga harakat qilgan. Lekin, bu ixtirolar 20-25 ming tomoshabinni qamrab olishga kamlik qilayotganini anglagan greklar navbatdagi olamshumul ixtironi yaratdilar.
Yog'ochdan yasalgan o'rindiqlarda o'tirgan tomosha- binlarning yumshoq kiyimlari aktyorlar ovozini yutishini anglab yetgan greklar demokratik (demos - xalq, kratos - boshqaruv) boshqaruv natijasida orttirilgan katta boyliklarni xalqning madaniy rivoji uchun ishlata boshladilar. Yog'ochdan yasalgan ibodatxonalar va tomoshagoxlar marmar bilan almashtirildi. Natijada, ular akustika - «ovozni tomoshabinlarga to'liq yetib borish» sir-asrorini. san’atini yaratdilar. Akustika ibodatxonalar ichida ham ovoz bilan bog'liq ilohiy sir mavjudligi haqida taassurot uyg'ota oldi. Endi koturna kiygan aktyorning, hatto qadam tovushi, lozim paytda kerakli darajada jaranglab, ulkan teatrning orqa qatoridagilarga ham baralla eshitila boshladi.
Dramaturgiya. aktyorlar ijrosi va ifoda vositalari muam- molarini hal qilgan qadimgi greklar, endi tom ma’nodagi
teatr -
57
tomoshabinga qulayliklar yaratish masalasini hal qilishni boshladi.
Tomoshabin teatrda ertalabdan kechgacha qolib ketardi. Chunk], tomoshalar kunduz kuni. tabiiy yorug'lik bor paytida, bahorgi va kuzgi bayram kunlari ko'rsatilgan. Tomosha boshlanishidan oldin odamlar to'planguncha cholg^u chalingan. Tragediyalar boshlanishidan oldin davlat tadbirlari bo‘lib o‘tgan: qahramonlar taqdirlangan; boshqa yurt vakillari xalq oldida yurtning ulug'lariga sovg'alar topshirgan; xudolarga qurbonliklar keltirilgan. Bayramlar boshianishidagi
rasmiy qism ham greklardan qolgan an’analar, deyish mumkin.
Rasmiy tantanalardan keyin yana cholg'u chalinib, teatr tomoshasi boshlangan. Mavzusi bir-biriga yaqin to'rtta spektakl ko'rsatilgan. Tomoshabin yoshi va tabaqasiga qarab ajratilmagan.
Ular chipta sotib olib, teatrga kirgan. Bilet narxi ongli ravishda juda arzon belgilangan. Chunki, tomoshabin, avvalo, davlat mafkurasidan xabardor qilingan, tomosha bilan esa tarbiyalangan. Ular olgan chipta bronza yoki qo'rg'oshindan yasalgan tanga shaklida bo'lib, kirishda sotib olingan, chiqishda topshirib ketilgan. Teatr xizmatchilari tomoshabinlarni chiptasidagi farqiga qarab joylashtirgan. Tomoshabinlar ma’qul bo'lgan dramaturgga va aktyorlar ijrosiga chapak - olqish bilan o‘z munosabatlarini bildirgan. Yoqmaganiga esa hushtak chalib yoki oyoqlari bilan depsinib, o‘z munosabatlarini bildirishgan. Tomoshabinlarning asablarini juda tarang qilganlarga esa, hatto ovqatlanish uchun olib kelgan meva-chevalarini uloqtirishgan. Frinixa ismli dramaturgning «Maletning olinishi» nomli tragediyasi Afina hukumati tomonidan taqiqlanganligi va xaiqni norozi qilgan uchun muallifga jarima solinganligi ma’lum.
Tomosha muvaffaqqiyatli yakunlanganidan so'ng esa demokratiya udumiga binoan tomoshabinlar orasidan hakamlar - xolis baholovchilar saylangan. Ular xalq nomidan dramaturg va aktyorlarga mukofotlar topshirgan. Hamma bayram kayfiyatida uy- uyiga tarqalgan.
Grek demokratiyasi teatrni ijtimoiy davlat tashkiloti deb biigan. Shuning uchun
bu tashkilotning repertuari, uning tarbiyaviy va