Komediya - yirik shakldagi tomoshaning insonlar
taqdiri uchun kurashi
Greklarning yana bir ta’biricha. dramaning boshqa ma’nosi ham bor. U tomoshalarni xudolar mavzusidan ozod qilib, ilk bor insonlar taqdiridagi harakatlarni. 0‘zgarishlarni ifodalash jarayonini boshlab bergan.
Komediya janrini yuzaga keltirishda Mimlar - badiha asosida harakat qiluvchi aktyorlar yaratgan kichik hayotiy lavhalar va xorlarningsatirik qo‘shig‘i birlashishi asos bo'lgan, degan fikr mavjud. Aristotel o'zining «Poetika» asarida ta’kidlashicha, komediya - grekcha «komos», ya’ni sayr va «deya» - qo‘shiq aytyapman so’zlar birikmasi bo‘lib, «sayrda qo‘shiq aytish» ma’nosini anglatgan. Dionisga bag‘ishlangan bayram sayillarida yo‘l-yo‘lakay to’qib aytilgan qo'shiqlar haqida eramizdan avvalgi 487-yillarda ilk bor xabar beriladi.
Aristotel ta’kidlashicha, komediya yozgan Xionid asari eramizdan avvalgi 464-yilda davlat bayram tadbirida ilk bor namoyish qilinadi. Komediyalar Afina demokratiyasi davrida siyosiy tus oladi. Unda davlat tuzumi, hukumat idoralari, tashqi siyosat, bolalar tarbiyasi, o'smirlarning ijtimoiy ahvoli, davlat arboblarining karikaturasi, ya’ni masxaralangan ko'rinishlari. yozuvchilar hamda faylasuflar kulgu mavzusi bo'lgan.
Qadimiy komediya ijrochilarining tarkibiga 24 xor a'zosi biriktirilgan. Ular teng ikkiga ajralib ham harakat qila olgan. Komediyada asosiy qahramonlarning bir-biri bilan so‘z vositasida bahslashishi «agon» deyilgan. Xorning tomoshabinlarga murojaati yoki ular bilan muloqoti «parobasa» deb atalgan.
Qadimiy grek komediyasi Aristofan tomonidan rivojlantirilgan, Uning 11 ta komediyasi bizgacha yetib kelgan. Urushlarda yengilgan Afinada demokratiya barham topadi. Eramizdan avvalgi 403-yilga kelib demokratiya bilan birga siyosiy komediyalar ham to’xtaydi.
Teatr san’atini katta qiziqish bilan o'rgangan V.G.Belinskiy 1840- yilda Sofoklning 5 ta tragediyasini o‘qib, hayratdan do'stiga «Men o'zimga yuqori saviyadagi teatr san’atini ixtiro qildim», deb xat yozgan.
Shu davrda yashagan nemis tarixchisi P.Lafarga o'z davri ziyolilari qadimgi grek dramaturgi Esxilni «insoniyatning buyuk dahosi», deb baho berishganini o'z esdaliklarida yozgan.
2007-yili taniqli o'zbek kinorejissyori, professor Shuhrat Abbosovning qo'lida «Grecheskaya tragediya» nomli kitobni ko'rib qoldim. U kishi hayratda «buyuk dramaturglar qayta-qayta larzaga solar ekan», deb darhol shu kitobni o'qishni tavsiya qildi. Ayniqsa, Aristofan komediyalarida ochilgan mavzular hayotda hamon mavjud ekanligini hayrat bilan asoslay boshladi.
Qadimgi grek teatrlarining repertuaridan bizgacha o'ttiz ikkita tragediya va bitta «Tsiklop» nomli satirik drama hamda o‘n bitta komediya yetib kelgani ma’lum. Boshqa asarlarning kichik-kichik parchalari va dramaturglarning nomlarigina tarixda qolgan.
Grek tragediyasi Esxil, Sofokl, Yevripid hamda komediyanavis Aristofan davridagi yuz yil oralig'ida sahna asaridagi chuqur mazmunni oliy darajadagi shaklda ifodalash darajasiga ko'tarildi va dramaturgiyaning eng yuksak namunasi bo‘lib qoldi. Bu mualliflar asarlarida tomosha san’atining barcha elementlari va qoidalari mavjud.
2500 yil burun yaratilgan asarlar hamon hayratga va larzaga solish qudratiga ega. Buning sir-asrori nimada? Mazkur pyesalarni o'qib, Arestotel tragediya va komediya qonunlarini ixtiro qilgan. Uni sharhlagan Forobiy «ikkinchi mualim», ya’ni Arastudan keyingi ustoz darajasiga ko'tarildi. Arestotel ochgan qonunlarga amal qilgan Shekspir va Molerning yuqori saviyadagi san’at asarlari butun insoniyatni hamon hayratga solib kelmoqda. Ular o'zijodlari bilan dialog va monolog yordamida mavzuni g'oyaviy yoritadigan katta shakldagi tomoshalarni inson taqdiri uchun kurashda qatnashtira oldi.
Navbatdagi bosqichda biz buyuk shaxslarning so‘z san’atiga munosabatini va ularning jamoa oldida yakka turib, o‘z fiklarini asoslay olish qudratini kuzatamiz.
Shunday qilib qadimgi greklar adabiyot, dramaturgiya. falsafa, estetika, e’tikaning asosi bo'lgan notiqlik san’atini amaliyotda namuna darajaga ko'tardilar. Ularning nazariy asoslarini yaratdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |