IV BOB. QADIMGI RIM TOMOSHALAR1DA ESTRADA
ELEMENTLARI
Bayramlardagi kichik shakldagi ommaviy tomoshalar
Ko'hna Rimdagi tomoshalarning paydo bo'lishi haqida yozgan Goratsiy hosil bayrami ishtirokchilari hazil-mutoyibali qo'shiqlami o'zlari to'qib ijro qilishgani haqida xabar beradi. Kim yaxshi va serhazil qo‘shiq to'qishi hamda aytishi mumkinligi aniqlanishi va ular orasidagi musobaqa shakli bayramni xushchaqchaqlik bilan o'tkazilishini ta’minlagan. Keyinchalik bayramlarda mavzuga mos ravishda to'qib ijro etiladigan hazil qo'shiqlarda ijtimoiy muhitga ham munosabat bildirilgan. Goratsiy ta’kidlashicha, bunday qo'shiqlarda ba'zan zodagonlarni ham ayab o'tirishmagan. Ko‘rib turganimizdek, qo'shiq - kichik shakldagi tomosha qadimgi rimliklarning eng yaqin hamrohi bo'lgan.
Rim tarixchisi Tit Liviy yozishicha, eramizdan avvalgi 364-yillarda etruslik aktyorlar fleyta ohanglariga mos gavda harakatlari bilan hammaga ma’qul bo'ladigan raqs - go'zal muqomlar qilishgan. Hayratlanarlisi shunda ediki, ular fleyta ohanglariga mos - so‘z va qo‘l harakatlari ishlatmasdan, faqat gavda harakati bilan hammani lol qoldirgan. Etruslik aktyorlarning gavda harakati bilan ifodalangan raqslariga taqlid qilgan Rim yoshlari fleyta ohanglariga raqs, dialog va qo‘l harakatlarini qo'shishgan.
Takomillashgan bunday raqs ijrochilari - gistrion, etruschasiga «ister» aktyor nomini olgan. Endi ular darhol qo'shiq to'qib, unga mos harakatlar topib musobaqada qatnashmaydilar. Aksincha, fleyta ohanglariga mos gavda harakati qo'shiq, raqs va qo'l harakatlari topilib, yaxshilab mashq qilingandan keyin sahnada ijro qilingan. Aktyorlar ijro qilgan qo'shiq ham o'z nomiga ega bo'lgan. Bu qo'shiq - saturalar deb nomlanib, u «aralash quralash» ma’nosini bergan. Chunki, saturalar maishiy va ijtimoiy hazillarni o'z ichiga olgan musiqa, gavda harakati qo'shiq, raqs, mimika, jest va dialoglardan iborat aralashma tomosha turi edi. Endi rimliklar ancha takomillashgan kichik shakldagi tomosha turi - satiraga ega bo’ladilar.
Rimliklar yana bir tomosha turini - kichik shakldagi dialogli hazil tomoshani attelan qabilasining to'rt komik qahramoni niqobini qabul qildi. darning nomi - Makk, Bukkon, Papp va Dossen bo'lib, badihago'ylik - improvizatsiyaga qurilgan dialogli sahnalarda ular - ochofat, mahmadona, xasis boy va firibgar faylasuf qiyofalarini yaratgan.
Makk - dovdir bo'lib, hammadan aldanar va kaltak yer edi. U yeb to'ymas - mechkay va shu bilan birga ko'rganini sevib qoladigan oshiqu-beqaror edi. Uni kal boshii, qirg'iy burunli, shalpang quloqli niqobda ko'rsatishgan.
Bukkon - ikki lunji shishib chiqqan, lablari osilgan yigit. U o'ta sergap va mahmadona bo'lib, dovdir Makk yonida o'zini dono qilib ko'rsatishga urinadigan shaxs niqobida edi.
Papp - boy chol. U o'ta ziqnaligi hamda yoshlarning ishiga bemavrid aralashishi bilan ajralib turgan. Yoshiga mos bo'lmagan harakatlari kulgu qo'zitgan.
Dossen - omi kishilarga o'zini dono ko'rsatish uchun ma’ni- bema’ni pand-nasihatlar berib, faylasuflikka da’vogar bo'lgan firibgar niqob edi. Uni ko'pincha bukri qilib ko'rsatishgan.
Xalq ijodini va to'rt qahramon fe’l-atvorini yaxshi bilgan Plavt bunday tomoshalarga asoslanib, mohirlik bilan dastlabki Rim komediyalarni yoza boshladi va ularni ommaning sevimli tomoshasiga aylantirdi. Ular bayramlarning faol ishtirokchilariga aylandilar.
Eramizdan avvalgi III asr boshlarida rimliklar janubiy Italiyadagi grek shaharlarini o'zlariga bo'ysundirganlaridan keyin Rimda juda ko'p grekiar paydo bo'ldi. Ular - qullar. savdogarlar, hunarmandlar, ish qidirib kelgan erkin kishilar edi. Grekiar hukmron tabaqali rimliklarga - grek tilini. adabiyotini fan va falsafasini o‘rgatdi, tushuntirdi hamda izohladi. Bu Rim madaniyatining tomosha san’atini yangi pog'onaga ko'tardi.
Rimdagi ibodatxonalarni jihozlash uchun Grek arxitekturasi va haykaltaroshligi joriy qilindi. Eramizdan avvalgi birinchi asrga kelib Rim shoiri Goratsiy o'z she’rlarida, zabt etilgan Gretsiyaning san’ati, hunari ham bo'ysundirilgani haqida yoza boshladi. Mahalliy aholi san’at turlariga zabt etilgan elat madaniyatining aralashishi, bayramlarning nishonlanishini ham yangi bosqichlarga olib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |