Diniy marosimlardagi tomosha turlari
Har bir millatning urf-odati, udumlari. an’analari. ruhiyati, ishonchi, e’tiqodi ularning tomosha turlarida saqlangan bo'ladi. Rimda ro'zg'or homiysi -ma’buda Vestani ulug'lashga katta e’tibor berilgan va uning sharafiga ibodatxona qurilgan. Zodagonlarning qizlari o‘sha ibodatxonada ta’lim olgan, yashagan. Ular qurbongohdagi «Muqaddas» Vesta o'tini o‘chirmay saqlashi lozim bo'lgan. E’tibor bersangiz, bu udum «Avestowda ham qayd qilingan edi. Navbatchiligida o't o'chishiga sababchi bo'lgan kishi qatl qilingan. Bu rimliklarga xos qahri qattiqlikdir.
Rimliklarning bosh xudosi - Yupiter, ma'budasi - Yunona, donishmandlik ma’budasi - Minerva. Rim hamda urush xudosi - Mars hisoblangan. Ibodatxonada yashovchi folbinlar, turli alomatlarga qarab xudo irodasini aytib beruvchi karomatgo'ylar - «avgurlar» deb atalgan. Ular uzoq vaqt davlatning ijtimoiy hayotiga katta ta’sir o'tkazib kelganlar. Rimliklar xudoga iltijolarini bexato va juda aniq bajarishga, qurbonlik berish udumlarini mukammal bajarishga harakat qilganlar. Chunki, shu fazilatlarni xudolar inobatga oladi, deb hisoblaganlar.
Shuningdek, Rimda Grek xudolariga sig'inish ham keng tarqalgan. Lekin ular o'z xudolari: Yupiterni - Zevsga, Yunonani - Geraga, Venerani - Afroditaga, Vulkanini - Nefestga, Vakxni - Dionisga o‘xshatishgan. Rimliklar Vakx sharafiga bahorda va kuzda bayramlar o‘tkazishgan. Qadimiy Rimda xudolarga bag'ishlangan bayramlarga o'ziga xos g'oyaviy vazifa yuklatilgan. Ular nishonlay boshlagan bayramlaming an’analarini garchand greklardan olgan bo'lsalar ham. unga shaklan va mazmunan o'zgartirishlar kiritishgan. Bu. asosan, bayram maydonining tomoshabin va tomosha ko'rsatuvchilarga ajratilganida koTinadi. Bunga Rim imperiyasidagi siyosiy ahvolning tangligi ham sabab bo'lgan. Noroziligi kuchaygan ommani kuch bilan ushlab turish hamda siyosatdan chalg'itish uchun tomoshalarning suninkalilik va «tomoshaviylik» jihatlarini kuchaytirgan holda ko'rsatish talab qilingan. Tomoshalarning bunday o'tkazilishi asta-sekin rimliklar bayramlarining estetik tamoyillariga aylangan.
Diniy bayramlarda tantanalar g'oyasi «non va tomosha» mavzusiga bag‘ishlangan bo'lib, boqimandalik siyosatini olg’a surishi lozim edi. Imperatorlarning jangovar g'alabalari, gladiatorlar jangi, sirk ko‘rinishlari, kichik shakldagi chiqishlar tomoshalar asosini tashkil qilgan. Bunday tomoshalar teatrlashtirilgan badiiy shakida haftalab namoyish qilingan.
Rimliklarning diniy bayramlari keyinchalik faqat dam oldirish tadbiri shaklini oldi. Bayramlarning go*zal va ulug‘vor kuchi o'zgarib, uning ommani birlashtiradigan estetik qudrati endi dam oluvchi tomoshabinning maishiy ehtiyojini qondiruvchi mafkuraviy vositaga aylandi. Natijada, teatriar minglab tomoshabinnr o‘z bag'rida ushlab turadigan. chalg'ituvchi, vaqt o'tkazuvchi dargoh bo‘lib qoldi.
Rimliklar lotin tilida adabiy asarlar. tarixiy va ilmiy traktlarni eramizdan avvalgi III asrlardan boshlab yarata boshladilar. Ular urushlardagi g'alabalaridan keyin savdo arifmetikasi, qurilish ishlari, gidrotexnika va agronomiya haqida qo'llanmalar ishlab chiqdilar. Shaharda dastlab quyosh, so'ngra suv soatlari yaratildi. Kalendardagi - oy, hafta, kun, soat tushunchalariga aniqlik kiritdilar. Erishilayotgan g'alabalar va ilm-fandagi ixtirolarni tarixga aylantirish ularni yozma ravishda ifodalash zaruriyatini paydo qildi.
Tarixiy asarlar mualliflari eramizdan avvalgi II asrda - annalistlar, ya’ni katta tarixchilar deb atalgan. Shuningdek, sof publitsistika, ommabop yozma adabiyotga ham katta ahamiyat berildi va ular keng tarqaldi. Mark Tulliy, Sitseron bu borada eng ilg‘or hisoblangan. Sitserondan senatda, sudda. majlislarda so'zlangan nutqlar matni, notiqlik san’ati haqidagi trakt va xatlardan iborat yozma adabiyot namunalari qolgan.
Qadimgi Rim diniy marosimlarida va tomosha turlarida bugungi estradaning eng ommabop janrlari mavjud bo'lganiga amin bo'lamiz. Masalan, imperator Avgust teatr tomoshalarini va bayramlami omma ko'nglini ochadigan, chalg‘itadigan, ovutadigan tadbirlarga aylantiradi. Chunki, u ommani siyosiy va ijtimoiy masalalardan chalg‘itish maqsadida tomoshalar sonini ko‘paytiradi va ularning tarbiyaviy vazifasini susaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |