Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati


Demosfen - bir aktyor teatrinning ilk vakili



Download 0,91 Mb.
bet17/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Demosfen - bir aktyor teatrinning ilk vakili

Eramizdan avvalgi 384-yilda tug'ilgan Demosfenning otasi Afinadagi qurol-yarog’ yasash ustaxonasida ishlardi. U o'zining halol mehnati tufayli ustaxonaga boshliq ham bo'lgan.
Demosfen kunlarning birida qattiq betob bo'lib olamdan o'tadi. Undan bir o‘g‘il, bir qiz yetim qoladi. O'g'il endigina besh yoshga kirgan edi. Ustaning nomi o‘chib ketmasin deb. uni otasining ismi bilan Demosfen deb chaqirishardi. Tog‘asi yetimlarni tarbiyalashni o‘z zimmasiga oladi. Tog'aning niyati otadan qolgan boylik. mol- mulkni qo'lga kiritish edi. Shu sababli bolalarning sog'ligiga, tarbiyasiga ham e’tibor qilmay qo'yadi. Demosfen singlisi bilan ko‘p mashaqqatli kunlarni kechirib. 16 yoshga yetganida tog'asi unga, «otangdan deyarli hech narsa meros qolmagan. uydagi mayda- chuyda jihozlar va ozgina pul. uch-to'rtta qul qolgan. xolos». deb javob beradi.
Demosfen bundan g'azablanadi. Yaxshilikcha merosni qaytarib berishini, aks holda ish chigallashishini aytadi. Tog'a: «qo'lingdan kelganini qil, senga hech narsa bermayman», deb turib oladi.
Tog'a va jiyan orasidagi shu ziddiyat keyinchalik Demosfenning mashhur notiq bo'lib yetishuviga sabab bo'ladi. Demosfenning oldida bir muammo turardi. U mulkiy masalalarni ijobiy hal etish uchun Afina qonunlarini yaxshi bilishi. siyosiy - huquqiy bilimga ega bo'Jishi kerak edi. Isey ismli advokatni o'ziga ustoz tutib, uning maktabida ta’lim oladi. U bilan birgalikda sud ishlarida qatnashadi. Logograf sifatida sud jarayonlarini qog'ozga tushirar, jabrlanuvchilarga yozma matn tayyorlab berardi. Shu asnoda advokatlik ishlari bilan yaqindan tanishadi. Fikrni bayon qilish, himoya qilish, isbotlash sirlarini chuqur o'rganadi. Hatto, yozma nutqiarni tayyoriash. qog'ozga tushirish usuliarini obdon egallaydi. O‘z bilimini oshirish maqsadida faylasuf Platon va tarixchi Fukdid asarlarini mutolaa qiladi.
Demosfen ta’limga va tajribaga ega bo'lgandan so'ng. vasiylik masalasida sudlashib, tog'asi ustidan zafar qozonadi va haqiqat qaror topishiga erishadi. Besh yilga yaqin davom etgan mojaro. nihoyat o‘z yakuniga yetadi.
Kimdir qobiliyatni tug'ma bo'ladi desa, kimdir mashaqqatli mehnat qobiliyatni shaklantiradi. deydi. Demosfenning faoliyatida ko'proq ikkinchi fikr o'z tasdig'ini topdi. Yoshlikdan kasalmand. ozg'in o'sgan Demosfenda notiqlikdan asar ham yo‘q edi. Chunki u «г» tovushini talaffuz qilolmas, duduqlanar, ustiga-ustak yelkasi ham uchib turardi. Fikrini ifodalashga qiynalardi, Lekin uning mantiq, tafakkur tarzi kuchli edi. U xalq jam bo'lgan kunlarning birida fikr aytish maqsadida minbarga ko'tarildi. Uning ustidan kulishadi. Bu Demosfenning diliga alam soladi. O‘sha kundan e'tiboran u notiqlik san’atiga o‘ta mehr qo'ygan edi. Yerto'la qazib, soatlab o'tirib, o'sha yerda talaffuz mashqlarini qiladi. Xilvat joylarga borib baqirib-chaqirib, qo'l harakatlarini so'z ma’nosiga moslash uchun tinimsiz o'z ustida ishlaydi. Yakka holda o'z-o'zi bilan so'zlashish o'zgalar nazdida devonavor qiliqlarni eslatardi. Fikrni so'z va mimika bilan ifodalash usullarini o'rganadi. Hech biri samara bermagach. uzoq manzillarga borib, yolg iz qolib, talaffuz qilib, qiyin tovush va so'zlarni takror-takror aytishga intiladi. Og‘ziga mayda, shag'al toshlarni solib. baland ovoz bilan mashq qiladi. Og'zi yara bo'lib ketadi. Shunday holda ham mashqlarni to'xtatmaydi. Tinimsiz mashg'ulotlar, nihoyat o‘z samarasini beradi. U asta-sekin to'g'ri so'zlash, fikrini chiroyli tarzda ifodalash, qo‘l va bosh harakatlarini maqsadga buysundirish, hammani fikriga ishontira olish kabi notiqlik qoidalarini egallay boshlaydi. Uning oldida yana bir muammo ko'ndalang edi: ahyon-ahyonda o'ng yelkasi uchib turishi edi. Shiftga o'tkir tig‘li xanjarni ilib, uchadigan yeikasiga to'g'irlab nutqiy mashqlar qildi. Har gal yelkasi uchgan paytda xanjarning o'tkir tig'i teriga botar, natijada qon sizib oqardi. O'z kasbiga bo'lgan ixlos, zavq-shavq sababli, og'riqqa ham bardosh berardi. Ko'p o'tmay o'ng yelkaning uchishi to'xtab. endi chap kiftiga o'tgan edi. Har ikkala yelkasining tepasiga qo'yilgan xanjar vositasidagi davomli mashqlar Demosfenni bu odatdan tamomila mahrum qildi. Endi u xalq oldiga yakka chiqishi, xohlagan mavzusida so'z ayta olishi mumkin edi, Bu san’atning aktyorlik mahorati bilan bog'liqiigini ham anglab yetadi. Bu ishda unga do'sti mashhur aktyor Satir yordam beradi. Anchadan beri ko'rinmay ketgan Demosfenning nomini eshitganlar, o'zini bir ko'raylik, degan maqsadda tekin tomoshaga to'planadilar. Ularning ko'z oldida butunlay boshqa Demosfen gavdalanardi. Demosfenning otashin nutqi uning fe’l- atvorini aks ettiruvchi ko'zgu edi. O'zida so'zi, so'zida o‘zi aks etar edi. Bora-bora muxlislari soni orta boshladi. Uning nutqlarini eshitishga kelganlar o'zlari sezmagan holda fikr sehriga qattiq bog'lanib, mahliyo bo'lib qolishardi. Demosfen otashin nutqlari bilan ko‘plarni «asir» qila oldi. Uning har bir chiqishi rivojlanish qonuniga qurilgan kichik shakldagi yaxlit «sahna asariwdek taassurot qoldirardi.
Demosfen o'ttiz yoshlarga yetganida davlat tizimlariga aralashib, o‘z yurti sha’nini himoya qilish qudratiga ega bo'lgan notiqqa aylangan edi. O‘sha paytlarda afinaliklarning ashaddiy dushmani makedoniyalik shoh Filippga qarshi teran fikrlari, o'tkir tig'li nutqlari bilan qarshi chiqibgina qolmay, balki xalqni unga qarshi otlantira olgan ham edi. Dushmanlar uning jo'shqin nutqi, teran fikri, xalqni o‘z ortidan ergashtira olish iqtidoriga qarab, «yovvoyi hayvon» deyishgan. Demosfen nutqlari «bir vaqtning o‘zida ham dabdabali. ham sodda, ham favqulodda oddiy, ham shirin, ham achchiq, ham jiddiy, ham quvnoq, ham vazmin» bo'lgani e’tirof etiladi. Xalq Demosfenning iste’dodini qadrlab, «oltin gulchambar» taqdim etgani ma’lum. Makedoniyaliklarning ko‘p sonli lashkari va hiyla-nayrangi ish berib, ular afinaliklarni buysundirishga muvaffaq bo'lishdi. Ana shundan keyin Demosfenning dushmanlari g'imirlab qolishdi. Uni podshohning qo'li bilan yo'qotish uchun nayrang o'ylab topdilar. «Gadoning dushmani gado bo'ladi», deganlaridek, shoh Filippning boqimanda notig'i unga qarshi chiqadi. Xalq e’tirofi va e’zozining ramzi bo‘lgan «oltin gulchambar» Demosfenga noto'g'ri berilganini isbotlashga urinadi. Demosfen o'ziga uyushtirlgan bo'htonu tuhmatlar quruq ig'vodan bo'lak narsa emasligini biladi. So'ng minbarga ko'tarilib, Esxilning o‘z yurtiga xiyonatkor, sotqin ekanligini dalilar bilan ochib tashlaydi. Demosfen o‘z so‘zlari zavqida dilidagi alamlarini, yurtiga bo'lgan jo'shqin sevgisini xalqning ko'z o'ngida oshkor qiladi. Esxil bu

nutqidan keyin minbarga chiqishi, xalqqa yuzlanishi amri mahol edi. Sud hakami hukm o'qigan paytda uning ko'zlaridan yosh oqadi. Umr bo'yi haqiqat uchun kurashib kelgan Demosfen butunlay o‘zini yo'qotib qo'ygan edi. Oxir-oqibatda Esxilga katta ayblov qo'yilib. jarima solinadi va Afinadan haydab chiqariladi.
Makedoniyaliklarning Demosfenga bo'lgan ichki g‘azabi so'nmagan edi. Turli yo'llar bilan uni o'ldirish payida bo'lishardi. Warning xufiya niyatlarini oldindan payqagan Demosfen qochib, Poseydon ibodatxonasiga yashirinadi. Ibodatxonaga kirgan har bir kishi tangri himoyasida, uni o'ldirish mumkin emas edi. Uni aldab-avrab ibodatxonadan chiqarishga harakat qilishadi. Dushmanlarning niyatlarini fahmlagan Demosfen ichkari xonalardan biriga kirib, o'zini-o'zi zaharlaydi. Bu sana eramizdan oldingi 322-yilga to'g'ri keladi. Demosfenning notiq daiajasiga yetishi uchun qilgan sa’y-harakatlari. maqsadli intilishlari har bir nutq sohibiga saboq bo'ladi, deb o'ylamiz. Omma oldiga yakka chiqishni ham namunaviy darajaga ko'targan greklar notiqlik san’atining nazariy asoslarini ham ishlab chiqdilar.


    1. Download 0,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish