Dionis bayramlari va ommaviy tomoshalar
Dionis bayrami vaqtida ijro etilgan xor, xalq qo'shiqlari va o'yinlari asosida grek dramaturgiyasi paydo bo'ldi, degan qarash- larga qo'shilish mumkin. Chunki, Gretsiyaning tabiiy sharoitida, asosan, uzum yaxshi o'sgan. Toklar bahorda kurtak chiqara- yotganda Dionisga bag'ishlangan bayram, asosan, iltijodan: mo‘l hosil so‘rash, ob-havo yaxshi kelishini tilash kabi xor qo'shiqlaridan iborat bo'lgan. Shu g'oyani amalga oshirgan dramaturgiya Dionisga xor bo'lib iltijo qilishni taqozo etgan. Birgalashib munojot ijro etishning sehrli kuchi bo'lgan. Kuzgi Dionis bayrami esa mo'l hosil uchun xor bo'lib hamdu sano aytish, ulug'iashdan iborat bo'lgan. Dionisning yaxshi fazilatlarini ta’riflash orqali unga minatdorchilik izhor qilingan. Vinolar ichilgandan keyin unga bag'ishlangan qo'shiqlar aytilib, raqsga tushilgan. Ommaviy xursandchilik boshlangan. Bu bayramlar takomillashib, hatto polislar - shaharlararo musobaqa darajasiga ko'tarilgan. Bunday musobaqaning talablari - estetik tamoyillari ishlab chiqilgan.
Qadimiy greklar o'zlarining hosil va mo'l-ko'lchilik ma’budi bo'lgan Dionisga bag'ishlab o'tkazgan tomosha - tantanalarda ishtirok etish uchun maxsus kiyimlar, anjomlar, tayyorlaganlar. Bayramga tashrif buyuradigan Dionis aravasi «Karrus-navalis», «Karnaval», ya’ni tomoshada qatnashish uchun maxsus jihozlangan va musobaqaga Dionisni olib keladigan aravani chiroyli qilib bezash bo'yicha musobaqa o'tkazilgan. Bunday musobaqalar afinalik fuqarolarning moddiy, ma’naviy. badiiy va estetik iste’dodini namoyish qilgan. Ular go'zallik qonunlariga asoslanib, o'zlarining ijodiy imkoniyatlarini, badiiy - estetik didini namoyon qilishi, bayramlarning tantanavorligini yanada oshirgan. Bunday darajadagi ommaviy taraddud, ko'tarinki kayfiyat har bir bayramni go'zallik, ulug'vorlik - ilohiylik darajasiga ko'targan. Xalqni ommaviy tomoshaga o'rgatgan.
Aristotel (Arastu) o‘zining «Poetika» asarida «tomosha» tashkil qilish qoidalari to'g'risida fikr yuritadi. Dionis bayramida g'alaba qozonish uchun yollangan xor ijrochilaridan tomosha qoidalariga amal qilish talab etilgan. Dionis haqida qo'shiq aytuvchilar maxsus tayyorgarlikdan o'tkazilib, so'ngra musobaqaga olib kelingan. Bu musobaqa qoidalariga amal qilish davlat nazoratida bo'lganligiga dalildir.
Natijada, har bir tuman xorining alohida, teatrlashgan chiqishi, musobaqalashishi - bayramdagi ommaviy tomoshani paydo qilgan. Maydonga hakamlarning tantanali kirib kelishi. musobaqa ishtirokchilari, ya’ni har bir tuman xorining alohida chiqishi, tanishtirilishi, ular ijrosining tomoshabinlarga taqdim etilishi, raqsda ishtirok etuvchilarning ehtirom biian tanishtirilishi bayram tantanasining ulug'vorligini yanada oshirgan.
Har bir tuman o'z guruhi va xorini musobaqaga munosib tayyorlash uchun sohalar bo'yicha maxsus mutaxassislar: dramaturglar, aktyorlar, musiqachilar (bastakorlar), xormeystr va baletmeystrlar taklif etishi, musobaqalarning badiiy qiymatini - professional darajasini oshirib, xalqning tomoshaga oqib kelishini ta’minlagan.
Bayram - karnaval ishtirokchilarining ko'rsatadigan tomoshalari tartibini nazorat qilish hamda Dionisga bag'ishlangan tantananing umumiy rejasini barpo qilish maqsadida har bir tuman - fila ishtirokchilari namoyish qiladigan «tomosha» ssenariysi oldindan tashkiliy qo'mitaga topshirishi talab qilingan. Bunday tadbirlar va unga qo'yilgan talablar Afinaning har bir fuqarosini bayramning faol ishtirokchisiga aylantirgan. Tomoshaga tayyorgarlik va uni nishonlash saviyasining hakamlar hay’ati tomonidan xolis baholanishi uchun baholash mezoni belgilangan. Hakamlar bayramlarning g'oyaviy asoslarini va estetik tamoyillarini yaxshi bilishlari talab qilingan. Qadimgi greklar Dionis sharafiga maxsus tashkil qilingan - teatrlashgan ommaviy bayram ishtirokchilarining quyidagi estetik tamoyillarga amal qilishlarini qat’iyan talab qilganlar. Ular:
musobaqada qatnashish va kurashishga qodir bo'lishlari;
ommaviylikni ifodalashlari;
tomoshaviylikka erishishlari;
badiiy yaxlitlikka amal qilishlari musobaqaning asosiy shartlari hisoblangan.
Bu estetik tamoyillarga so‘zsiz itoat etish bilan birga tomosha ssenariysini oldindan topshirishni talab qilish, uning o‘tkazilish tartibi hamda baholash mezonining belgilab berilganligi - bayramlarning badiiy-g'oyaviylik darajasi tashkilotchilar, ya’ni davlat nazoratida bo'lganligiga dalildir. Demak. Dionis bayramlari mavzuning ifoda vositalarini topish va ommaviy tomoshaga aylantirish bosqichini eng yuqori badiiy saviyaga ko‘tara oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |