Mini - taqlid qiluvchi aktyor
Greklarning har bir bayramida eng faol ishtirokchilar mimlar bo'lgan. Mim - grekcha «mimos» so'zidan kelib chiqqan bo'lib, taqlid qilish yoki taqlid qiluvchi ma’nosini beradi. Taqlid qilish Gretsiyada eramizdan avvalgi V asrlarda antik teatrning hamda satirik mazmundagi xalq badihago'yligining asosiy janri hisoblangan. O'sha davr shoirlari Safron va Ksenarxlar grek xalq og'zaki mimlariga badiiy shakl berib, yozma adabiyotga olib kirgan. Eramizdan avvalgi VI - III asrlarda bu janr rivojlanib. ommalashib ketgan.
Mim tomoshalari mavzusi shahar qishloqdagi kambag'allar hayotidan olinib, uning ishtirokchilari - qullar. qo'shmachilar, xasis
47
boylar, firibgarlar bo‘lgan. Mim - hazil-mutoiba asosida qurilib, turli shaklda bo‘lgan. Monologlisi - «pechnii», dialoglisi. ya’ni nazm va nasr aralash kelgani - «mimologiya», qo'shiq va raqsga qurilgani - «mimodeya», deb nomlangan. Ular avval bayramlarda, ko'cha sayllarida, boylarning hovlisida ijro qilingan, so'ngra sahnaga kirib kelgan.
Taqlid qiluvchilar - mim aktyorlari, - deyilgan. Ular niqobsiz o'ynagan va unda ayollar ham ishtirok etgan. Ularning tomoshalarida akrobatlar hamda masxarabozlar, janglyorlar ham qatnashgan. Mashhur mimlar: Noemon - serqirra ijrochi; Yevidik - masxaraboz; Matriy, Kefisador, Pantaleonlar- fbkuschilar; Geraklit va Finistidlar - akrobatlar bo'lib tarixda qolgan. Shunday qilib, kichik shakldagi tomosha turlari - musiqa. qo'shiq va raqs tjrochilari safi yanada kengaydi. Ular qatoriga o‘z chiqishlari bilan - akrobatlar, fokuschilar, masxarabozlar, korifeylar qo'shildi.
Olimp bayramlaridagi ommaviy tadbirlar
Greklar bayramlarningelni, yurtni birlashtirish qudratidan unumli foydalanganlar. Xudolarga bag'ishlangan bayramlarni ommaviy tadbirlarga hamda shaharlar aro tantana va musobaqalarga aylantirganlar. Ma’buda Afina sharafiga Afina shahrida o'tkazilgan bayramga barcha polislardan, ya’ni mustaqil davlat turidagi shaharlardan mehmonlar taklif qilingan. Bu bayramda, hatto ko'chaga chiqishi ta’qiqlangan uy bekalari hisoblangan ayollarga ham, yasanib ko'chaga chiqish, davra olib raqsga tushish, qo'shiq- chilarga qo'shilib jo'r bo'lish va, nihoyat teatr tomoshasini ko'rishga ruxsat berilgan.
Olimplik chaqmoqsochar - Zevs sharafiga o'tkazilgan bayramda faqat jismoniy jihatdan chiniqqanlar, kuchlilar qatnashgan. Bunday tadbir - olimpiyada musobaqalari nomi bilan tarixga kirdi. Olimpiyada ham greklarni birlashtiradigan tadbir - bayram hisoblangan. Olimpiyada to'rt yilda bir martda o'tkazilgani uchun unda barcha greklar qatnashishini ta’minlash maqsadida urushlar to'xtatilgan. Shunday qilib sport bayrami Olimpiyada tinchlik elchisi sifatidagi bayram bo'lib. ommaviy musobaqalar tadbiriga aylandi.
Grekiar tomoshaning yangi turi - ko'pchilik orasidan zo'rini aniqlash jarayoni ommaviy bayramni yaratdi.
Olimpiyada o'zining keng qamrovligi bilan umumxalq bayrami darajasiga ko'tarilgan. Unda jismonan baquvvat yigitlar hamda faqat spartalik qizlargina qatnashgan. Shuningdek, bu tadbir dramaturglar, shoirlar, ashulachilar, xor ijrochilari, sozandalar va aktyorlar uchun ham musobaqa hisoblangan.
Sport musobaqasi g‘oliblari muqaddas zaytun daraxti barglaridan to'qilgan gulchambar bilan taqdirlangan. Bu oliy darajadagi mukofot hisoblangan. G'olib g'oyat darajada ulug'langan. Uning oilasi va tug'ilgan yurtiga ehtirom bildirilgan. G'olib sharafiga she’rlar to'qilgan, qo'shiqlar aytilgan, haykallar yaratilgan.
Ijodiy musobaqa g'oliblari esa dafna gulchambari bilan mukofotlangan. G'olibga oliy darajada izzat-ikrom ko'rsatilgan. U o'z shahrining faxriy fuqarosi hisoblangan. Shunday qilib Olimpiyada - sport va san’atni birlashtiradigan kichik tomosha turlari ijrochilarini xalq oldida rag'batlantiradigan ulug'vor tadbirga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |