Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati


Ill BOB. QADIMGI YUNONDAGI TOMOSHA TURLARI



Download 0,91 Mb.
bet11/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Ill BOB. QADIMGI YUNONDAGI TOMOSHA TURLARI

    1. Qadimgi Yunonistonda estrada tushunchasining
      paydo boMishi


Estrada tarixini oTganish uchun shu tushunchani paydo qilgan tarixiy daqiqalarni tasavvurimizda tiklab, uning o‘z davri tomoshalaridagi ilk ko‘rinishlarini izlaymiz va o'rganamiz
Sayohatimizni qadimgi greklarning tasavvuri va tafakkurini ifodalagan miflar - rivoyatlardan boshlaymiz. Ulaming miflari diniy ruhda bo'lib, olam avvalida Xaosdan iborat bo‘lgan, degan fikrni ta’kidlaydi. Xaos - bugun ham hamma narsaning aralashib ketgan shakli ma’nosida ishlatiladi. Xaosdan Yer - Geya va yer osti olami - Tartar paydo bo'lgan. Geyadan uning o'g'li Uran, osmon xudosi kelib chiqqan. Uran va Geyadan titan - katta xudo Kronos tug‘ilgan. Kronosdan - Aid, Poseydon, Gestiya, Demetra, Gera va Zevs kabi kichik xudolar kelib chiqqan.
Zevs boshliq kichik xudolar - titanlar, ya’ni katta xudolar hukmdorligini ag'darib tashlab, olamni o'zlari idora qila boshlaganlar. Shunday qilib, Zevs - bosh xudo, Osmon ma’budasi va nikoh homiysi Gera uning xotini bo‘lgan.
Greklar tabiatdagi mo‘jiza va o'zgarishlaming sodir bo‘lishiga Xudolar sababchi deb qarab, ulaming vazifalarini quyidagicha taqsim qilganlar:

  1. Poseydon - dengiz xudosi

  2. Demetra - hosildorlik va don xudosi

  3. Gestiya - uy-ro‘zg‘or ma’budasi

  4. Aid - yer osti xudosi

45

  1. Afina - donishmandlik va urush xudosi

  2. Appolon - ro'shnolik va san’at xudosi

  3. Artemida - oy va ov ma’budasi

  4. Gefest - temirchilik xudosi

  5. Afrodita - go'zallik va sevgi xudosi

  6. Dionis - go'zal yigit qiyofasidagi hosil va vino xudosi.

Greklar o‘z miflarida xudolar bilan odamlar o'rtasidagi munosabatni bog'lay boshlaydi. Natijada Prometey osmondan olovni odamlarga olib tushgani uchun jazoianadi. Yarim xudo - qahramon Gerakl 12 marta qahramonlik ko'rsatadi. U xudolar va odamlar nikohidan paydo bo'Jgani uchun alohida e’zozlangan. Gerakl yovuzlikka qarshi kurashadigan. sher terisini yopingan, qo'liga tayoq tutgan qahramon obrazidir.
Dunyo madaniyatida katta o'rin tutadigan bayramlar qadimgi grekiarning ham o'z xudolariga bag'ishlab o'tkazadigan asosiy tadbiri bo‘lgan. Bu bayramlarni tantanalinishonlash uchun ular, hatto qo‘shni shaharlardan mehmonlar chaqirishgan. Natijada, bayramlar -xalq o'yinlari ko'rigiga. jismoniy tarbiya ko'rgan yigitlar o'rtasidagi musobaqalarga, yasangan qizlarning kiyimlari namoyishiga hamda xor, qo'shiq va raqs ustalarining musobaqasiga asos bo'lgan.
Teatr, aktyor, tragediya, komediya, mim, xor, orkestr, drama, sahna, estrada, stadion, bu - qadimiy greklar yaratgan tomosha san’ati atamalari bo'lib, ular hozir ham o'z mohiyatini yo'qotmagan. Bular tarixiga ham bir nazar tashlaylik.
Otning taqasi shaklini eslatadigan qadimgi grek teatrlari 20-25 mingcha tomoshabinni sig'dira olgan. O'rtasi tekis bo'lgan, atrofi tepaiik bilan o'ralgan joyni ular jihozlab - stadion. ya’ni musobaqa joyi deb atashgan. Uch tomoni tuproq bilan o'ralgan tepaiik shaharning bir tomoni tekislikdan iborat bo'lsa, bu joyni jihozlab - teatr deb atashgan. Demak, Greklar tomoshabinlar o'tiradigan joyni teatr deb atashgan. Tekislikning tomoshabinga eng yaqin, oidi qismini - orxestr, xor joylashadigan maydoncha deb atashgan. Bugun ham shunday, musiqali teatrlarda tomoshabin bilan sahna orasidagi joyga - orkestr va xor joylashadi.
Xor bilan muloqatga kiruvchi va uni boshqaruvchi Korifeyni, tomoshabinlarga yaxshiroq ko'rinishini ta’minlash uchun. uni orxestrni orqa tomonida maxsus jihozlangan - taxta chorpoya ustiga chiqarishgan. Chunki, xorning obro'si, baland bo'lib, uning oldida yurish mumkin emas edi.
Keyinchalik, Korifey va xor bilan muloqot qilishi uchun chorpoya ustiga birinchi aktyor ham chiqqan. Sahnada Korifey bilan birga birinchi aktyorning paydo bo'lishi taxtajihozni yanada kengaytirishni talab qilgan va uni greklar - «estrada», ya’ni sahna, tom ma’noda - «maxsus ko'tarilgan joy», deb ataganlar. Demak, estrada - aktyorlar ijrosi uchun maxsus jihozlab ko'tarilgan joy bo‘lib, sahna atamasi bilan hamon o‘z mohiyatini saqlab kelmoqda. Qadimgi greklar, «skene» deb, estrada - sahna ortidagi maxsus chodir, ya’ni palatani atashgan. U yerda aktyorlar kiyingan va sahna jihozlarini saqlagan, Keyinchalik estrada - sahna orti maxsus devor bilan to'silgan va «skene» - chodir tomoshabinga ko'rinmaydigan bo'lgan. Bu devorda uchta eshik qoldirilgan va undan aktyorlar sahnaga kirib-chiqib turgan. Ilk bor bu devorga Dionis uchun atalgan qurbonliklar osib qo'yilgan. Shunday qilib devor asta-sekin mavzuga mos o‘zgarib, ilk dekoratsiya - sahna bezagi vazifasini o'tay boshlagan.
Bugungi kundagi teatr tushunchasi bizda yaxlit tomosha ko‘rsatish maskanini anglatadigan bo'lsa, greklarda esa tomoshabinlar o‘tiradigan joy - teatr; xor joylashadigan joy - orxestr; aktyorlar harakat qiladigan joy, sahna - estrada; jihozlar saqlanadigan joy - skena tushunchalaridan iborat bo'lgan.


    1. Download 0,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish