Bog'liq Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)
So‘z san’atining turlari
Estrada unsurlari yana qadimgi greklarda mashhur bo'lgan karomatgo'ylik, ya’ni Orakul - kelajakdan xabar beruvchi shaxslar faoliyatida ko'rinadi. Ulardan ibodatxonalar juda ustalik bilan foydalanganlar. Shuning uchun grekiar Orkullarni qaysidir ibodatxona bilan bog'lab qabul qilgan. Bashorat qilmoqchi bo'lgan kishi ibodatxonaga mablag* to'lagan. Ibodatxona xizmatchilari, ya’ni kohinlar Orakul - bashoratchini tantana bilan to'planganlar oldiga olib chiqqan. U sirli so'zlar va harakatlar bilan bashorat qilgan. Kohinlar uning harakatlarini izohlab talabgorlarga javob aytib turishgan. Bu harakatlardan ibodatxonalar juda katta foyda ko'rgan. Mazkur sirli jarayon o'ziga xos tomoshaga aylangan. Grekiar bu tomosha turi so'z san’atiga qurilganligini anglab yetdi.
Bu davrda grek faylasuflari o'rtasidagi bahslarda notiqlik san’ati rivojlangan, so'zning qudratidan shaxs qay darajada foydalanishi mumkinligi namoyon bo'la boshlagan, notiqlik maktabi va qo'llanmalari yaratilgan edi. Bu jarayon faqat fanlarning rivojlanishiga emas, so‘zni ijro san’ati darajasida shakllanishiga ham o‘z ta’sirini o'tkaza bordi.
Qadimgi grek adabiyoti namoyandalari so'z san’atini oliy darajaga olib chiqdilar. Ular ijodi adabiyotning eng murakkab janri bo'lgan dramaturgiya bilan cho'qqiga ko'tarildi.
Eramizdan avvalgi VII asrning ikkinchi yarmida yashagan Gesiodning ikki yirik asari ma'lum. Uning «Teogoniya» asarida greklarning xudolar va damning kelib chiqishiga qarashlari bayon qilingan bo'lsa, «Mehnatlar va kunlar» asarida greklar mashg'ul bo'lgan mehnat turlari ifodalangan.
Grek polislarida aristokratiya va demokratiya o'rtasidagi ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy kurashlar keyingi shoirlar ijodining mavzusi bo'ldi. Shoirlar o'z she’rlarida ijtimoiy o'zgarishlar bilan bog'liq his- tuyg'ularini, mafkuraga munosabatlarini ifodalay boshladilar. Grek shoirlari bayramlarda eng ko'p ishlatiladigan musiqa asbobi - lira jo'rligida o'z she’rlarini deklamatsiya shaklida o'zlari ijro qilgan. Bu o'z navbatida grek «Lirika»siga asos bo'ldi. Arxiolox ismli shoir o'zgarishlar davrida «omad kelganda evi bilan quvonish, ketganida me'yorida qayg'urish» g'oyasiga asoslangan ijodi bilan inson qalbidagi pinhona ohanglarni lirik yo'nalishda ifodalay oldi. Uning ijodi bu yo'nalishdagi ko'plab «so'z san’atiwga taqlidchilarni paydo qildi.
Eramizdan avvalgi VI asrda ijod qilgan shoir Alkey va shoira Safo she’rlari o'z davrida mashhur bo'lgan. Alkeyning «Кета» she’rida dengizdagi xavfli bo'ronda suzib yurgan kema safari ifodalangan. Uning sevgi va sharobni ulug'lagan she’rlari ham ma’lum. Ayniqsa, shoira Safoga bag'ishlangan she’rlarini o'z davrida hamma yoddan bilgan.
Shoira Safo faqat she’riyat bilan mashg'ul bo'hnay. balki. qiziar to'garagini tashkil qilib, ularga lira chalishni, she’riyat sirlarini va she’rlarni qo'shiqqa aylantirishni o'rgatgan. Uning sevgi va go'zalik ma’budasi Afroditaga bag'ishlab yozgan she’ri el orasida juda mashhur bo'lgan. Bu jarayon «so'z san’ati»ni elda ulug'langaniga dalildir.
Greklarning yana bir mashhur shoiri Tirtey vatanparvarlik mavzusida ijod qilib. olimp o'yinlari g'oliblarini madh etgan she’rlari bilan mashhur bo'lgan. U madhiya she'rlarida shavkatli jangchi bo‘lish sharaf ekanligini ta’kidlagan va she’riyatning bu janrini «oda» - madhiya deb atagan.
Qadimgi grek adabiyotining vakillari masal janrida ham ijod qilgan. Hayvonlar va buyumlar zamirida odamlar fe’lini tasvirlashda Ezop mashhur bo'lgani ayon. Ezopning masallari bizning davrimizgacha yetib kelgan. Bu davrda «Sichqonlar va qurbaqalar urushi» nomli satirik poema yozilgani ham ma’lum. Satirik poemalar gekzametr - olti vaznli she’r shaklida. Gomer dostonlari vaznida bitilgani haqida ma’lumotlar bor.
Va, nihoyat. Afinada tomoshalarning ommaviy turi bo'lgan bayramlar va miflardagi g'oyalar ifodalangan dramaturgiya paydo bo'ldi, Bu grek adabiyotining jahon madaniyatiga qo'shgan nihoyatda katta xissasi edi. Chunki, greklar dramaturgiya asosida jahon madaniyatiga - davr g'oyasiga xizmat qiladigan Teatr degan mafkuraviy hodisani olib kirdi. Bu «so'z san’ati» turlarining evolyutsiyasi natijasida kichik shakldagi musobaqalari - katta shakldagi tragediyalarga aylanishiga zamin yaratdi.