Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati


Olovxona, erkak uylari, «podsho-vazir» o'yini



Download 0,91 Mb.
bet9/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Olovxona, erkak uylari, «podsho-vazir» o'yini

«Massagetlar barcha xudolarni, xususan, quyoshni qattiq qadrlab, unga atab otlarni qurbon qiladilar. Qurbonlikning ma’nosi shuki, xudolardan eng tezkoriga yeru zamindagi eng uchqur jonivor munosibdir».
Ana shu quyoshningyerdagi timsoli sifatida olovni ham muqaddas deb bilib, unga topinganlar. uni asrab-avaylaganlar, pok saqlaganlar, unga alab uylar, ibodatxonalar qurganlar. Xuroson va Movarounnahrda yuzlab ibodatxonalar bo'lib, ularda minglab mug'lar. nio'badlar xizmat qilganlar.
Beruniy o‘z qo'lyozmalarida xorazmiylar va so'g'diylarning bayramlari va ularning bu bayramlarda olov uyida yig'ilishlari haqida qayd etgan. Chunonchi, u so'g'diylarining «Og‘om» nomli hayiti haqida shunday deb yozgan: «Ular shu kuni Romush qishlog ‘idagi otashxonaga to ‘planadilar. Og ‘от hay it lari ular uchun eng aziz hayitlardan bo'lib, и har bir qishloqda o'tkaziladi, ular har qaysi qishloq raisi huzuriga yig'iladilar va yeb-ichadilar...» Narshaxiy 0‘zining «Buxoro tarixi» asarida aynan shu qishloqdagi ibodatxona haqida yozadi: «Kayxusrov Romush qishlog'ida otashparastlar ibodatxonasini qurdi. Otashparastlarning aytishlaricha, bu ibodatxona Buxorodagi otashparastlar ibodatxonalarining eng qadimiysidir». Yana uning aytishicha, butparastlarning har yili ikki marta savdo qilinadigan «Bozorimoh», degan joyida ham otashparastlar ibodatxonasi bo'lgan ekan. «Bu joy, - deb yozadi u, - yana otashparastlar ibodatxonasi bo'ldi; bozor kuni odamlar bu yerda yig'ilganlarida hammalari ibodatxonaga kirib olovga topinar edilar. Bu ibodatxona islomiyat davrigacha bor edi, musulmonlar quvvatlanib kelgach, mazkur Moh masjidini xuddi shu joyga bino qildilar...» Narshaxiy Kashkashoi qavmi haqida yozar ekan, Qutayba ibn Muslim Buxoroni zabt etgach, otashparast mug'lardan bo'lgan kashkashoilarhamma narsalarini batamom arablarga qoldirib, o'zlari shahar tashqarisida yetti yuzta ko'shk bino qilganlari va ibodatxonalar ham qurganlari haqida ma’lumot beradi.
Akademik S. P. Tolstov boshchiligidagi arxeologiya va etnografiya ekspeditsiyasi eramizdan avvalgi IV asrga oid Jonbos qal’a, miloddan avvalgi 1 va milodiy III asrlarga xos Tuproqqal’a qo‘rg‘onlari ichida olovxonalar borligini aniqlagan. Jonbos qal'adagi olovxona qal’a to'rida joylashgan bo'lib, qator uch xonadan iborat bo'lgan: atrofiga supalar ishlangan katta, cho'zinchoq xona, o'rtasida baland supasi bor uy va ayvonga o'xshagan joy. Ikkinchi xonada doimo muqaddas olov yonib turgan, oiovning kuli ayvonga yig'ilib, undan har tarafga olib ketilgan. Otashparastlar asosan birinchi xonada yig'ilishgan, may ichishgan, marosimlarini o'tkazishgan, atarbonlar orqali olovga sig'inishgan, iltijo qilishgan.
Taxminlarga ko’ra, olov o’rtada bo’lib, atrofida otashparastlar o‘tiradigan qilib qurilgan olovxonalar ham bo'lgan. Olovxonalar zardo'shtiylar hayotida necha asrlar mobaynida katta o’rin egallab kelgan. S.P.Tolstovning olovxonalarning vazifalari xususidagi fikri diqqatga molik. Shu fikrga va boshqa manbalarga tayangan holda olovxonalar quyidagi vazifalarni bajargan, deb o'ylaymiz: birinchidan, u ibodatxona vazifasini o’tagan, ikkinchidan, unda diniy marosim va hayitlar o’tkazilgan, uchinchidan, zardo’shtiylik va uning muqaddas kitobi bo'lmish «Avesto» mazmuni bilan bog'liq ba’zi o'yinlar va tomoshalar uyushtirilgan, to'rtinchidan, yigitlar u yerda yig’ilib, ko'ngil ochishgan va ba’zi ijtimoiy masalalarni hal qilishgan. Boshqacha aytganda, olovxonalar ham ibodatxona, ham tomoshagoh, ham o'ziga xos uyushma markazi vazifasini bajargan.
S.P.Tolstov quyoshdan olov, olovdan olov uyi, olov uyidan mehmonxona, mehmonxonadan choyxona kelib chiqqani haqida mantiqli qilib yozadi. «Olov uylari», mehmonxona va choyxonalami - erkak uylari, - deb ataydi va ulaming o‘z davrida muhim vazifalarni bajarganini alohida qayd etadi. «Erkak uylari, - deb yozadi u, - musulmonlik davrigacha О ‘rta Osiyoda keng yoyilgan va и ijtimoiy ahamiyatli maishiy hodisalardan biri bo 'Igan. Ular qadimiy zavq- shavqli sig'inishlarning markazlari o'laroq jamoa bo‘lib ovqatlanish va o'yinga tushish bilan bog'liq edi». Olim choyxonani islomgacha bo’lgan ana shu jamoa - marosim muassasasining asrlar osha yetib kelgan ko’rinishi, deb hisoblaydi. Zero, choyxonada shu kungacha jo’ralar osh tayyorlashadi, o’yin-kulgi qilishadi, askiya aytishadi, suhbat qurishadi. Ayniqsa, o’zbeklar va tojiklar orasida hamon saqlanib kelayotgan, odatda xonadonlardagi mehmonxonalarda. shuningdek, choyxonalarda o’tkaziladigan gap-gashtaklar ham ma’lum darajada o‘sha erkak uylari marosimlari, tomoshalari, o’yin-kulgilarini davom ettiradi. Yaqin-yaqinlargachajo’ralar tomonidan mehmonxona va choyxonalarda qo'llanilgan maxsus ermak o'yinlar, topishmoqlar, matallar, muqallidlar, aytishuvlar, laparlar. masxarabozliklar bo’lardi. Ular «Mehmonxona o’yinlari» degan katta bir turkumni tashkil etgan.
«Moshoba», «Yumronqoziq», «Kadi badbaxt», «Jum-jaqa». «Laylak ilonni ovladi». «Ayiq», «Burgam», «Echkijonim», «Po'stinim», «Chag'alloq» o'yinlari ana shu silsiladandir.
Bizningcha, «Podsho-vazir» o'yini ham aslida olovxonalar bilan bog'liq holda maydonga kclgan, keyinchalik feodalizm davri ijtimoiy munosabatlari bilan yo'g'rilgan va sof tomosha shaklini olgan.
O'yin tafsiloti quyidagicha: oshiq otish, yasovul va tanlangan kishilar, «podsho va vazir» deb tayinlangan. Yasovul matodan darra yasab ishga tushgan. U o'yindan bosh tortganlarni darra bilan jazolab turgan. Oshiq otish orqali yoki yasovulning «xushyorligi» bilan «o’g'ri» tutilgan. Vazir yoki yasovul bu haqda podshoga arz qilgan. Podsho besh-o'n darra urishga amr qilib, so'ng uni o'ynatgan: «Ot o'g'risi»ga davra aylanib kishnash, «echki o‘g‘risi»ga ma’rash, «eshak o'g'risi»ga hangrash, «xo'roz o'g'risi»ga tong saharda qichqirgan dakan va jo'jaxo'rozlarga taqlid qilish, «bedana o'g‘risi»ga qafasdagi bedanalarday sayrash buyurilgan. Ba’zan, hatto ayol ko‘ylagini kiyib raqqosa bo‘lib o'ynashga majbur qilingan. Kimdir latifa, kimdir ashula aytgan, kimdir muqallid, kimdir masxarabozlik qilgan. Hech kirn o'yin shartidan bosh tortmagan, hamma uchun podsho amri vojib bo'lgan. Shu tarzda o'yin ikki-uch soat davom etgan. «Podsho-vazir» o'yin sifatida, yarim hazil-yarim chin shaklda olib borilgan. Ba’zi jo'ralarning yig'inlarida u ayrim hollardagina jiddiy tus olib, g'animidan o'ch olish, birovni tahqirlash vositasiga aylangan, xolos.
O'yin davomida podsho bilan vazir bir-ikki marta o'zgarishi mumkin. Shunda eskilari oddiy fuqaro darajasiga tushib, yangi hukmdorlarga itoat qiladi va ularning hukmini bajaradi.
«Podsho-vazir» o'yini o'zining nisbatan barqaror savol-javoblari bilan dialog shaklida bo'lib, podsho, vazir, yasovul, jallod, o'g'rilarning birmuncha kulgili qiyofalarini gavdalantirishi, turli-tuman o'yinlar, muqallidlar, latifalar, qo'shiqlar, raqslar, masxarabozliklar bilan sahnalaming bir-biriga ulanib turishi, kulgidan jiddiyatning, jiddiyatdan kulgining hosil bo'lishi, jo'ralarning voqealarda barobar, berilib ishtirok etishlari va boshqa jihatlari bilan dramani, sahna asarini eslatadi. O'yin tarkibini, savol-javoblarini har bir er kishi bolaligidan yaxshi bilgan. Zero, o'g'il bolalar ham kattalarga taqlidan «Podsho-vazir» o'ynaganlar. Shu bois omadi chopib «podsho» qilib ko'tarilgan. «vazir» bo'lgan, oshig'i «so‘fi» tushgan yoinki omadi kelmay «o‘g‘ri» bo'lib qolgan kishi bemalol o'zini shu qiyofada his qilishi, zarur muloqotga kirishuvi, lozim gaplami topib so'zlashuvi talab qilgan edi. O'yinning qiziqarli chiqishi ko‘p jihatdan vazir rolining ijrochisi, uning so'zamolligi, topag'onligi, tashkilotchiligi, mahoratiga bog'liq bo'lgan. Chunki «Podsho» odatda mehmonxona to'ridagi maxsus to‘shak yoki kursida boshiga yasama toj kiygan holda viqor bilan o'tiradi, yasovuilar unga xizmat qilib turadi. U kam gapiradi. SoTilar va o‘g‘rilaming ham gaplari qisqa, lo'nda bo'ladi. Yasovul «bosh ustiga», deb farmonni ijro etadi, xolos. «Vazir» esa butun o'yin davomida balogardon bo'lib, podshoga axborot berib, uning farmonlarini ado etib, gunohkorlarga xiima-xil jazolar o'ylab topib, davrani boshqarib boradi. Eng ko'p savol-javob uning zimmasiga tushadi. Vazir roli ijrochisi o'ziga xos rejissyor hamdir. «Vazir» vazifasini keyinchalik «korfarmon» bajaradigan bo'ldi.
Umuman, olganda, har kim o‘z zimmasiga tushgan qiyofani xalqning an’anaviy tasavvuridagiday gavdalantirishga harakat qilgan. Podshoning savlati, vazirning donoligi, so'fining pokligi, o‘g‘rining quvligi, yasovulning to'nkamijozligi ta’kidlangan. Boshqacha aytganda, jo'ralar o‘z tabiatlaridan uzoqlashib, boshqa qiyofalarga kirishgan, ya'ni aktyorlik qilishgan va o'yin orqali dam olishgan. Buning ustiga jazo tariqasida yoki tovon sifatida ijro etiladigan kuy. qo'shiq, ashula, raqs, masxarabozlik, muqallid, qiziqchiliklarda ham jo'ralarning san’atkorlik qobiliyatlari yaxshi namoyon bo‘lgan. Gap-gashtaklar, mehmonxona gurunglari. shu jumladan, «Podsho-vazir» o'yini yigitlarning qobiliyatlarini peshlab. rivojlantirib borgan.
«Podsho-vazir» o'yini ijrosida ikkj xil - kinoyali va jiddiy uslublar hukm surgan. Kinoyali uslubda har bir ijrochi. ishtirokchi o'zini goh chin, goh hazil holatda tutgan, o'zining jiddiy gaplari, jiddiy holatlariga ham kinoya (kulgi) ko‘zi bilan qaragan. Ammo kam bo‘lsa-da, har qalay uchrab turuvchi jiddiy uslubda har kim o'z gapini puxta o'ylab, keyin so'ylagan, holatlari jiddiy, dramatik, ba’zida fojiali vositalar bilan ifoda qilingan.
Mazkur o'yin-tomosha tojik, turkman, qoraqalpoq, ozarbayjon birodarlarimiz hayotida ham uchraydi. Tojik olimi N.Nurjoinov o'yinni pyesa shaklida yozib olib, o'zining «Dramai xalqii tojik» (Dushanbe, 1985) kitobida nashr qilgan. K.Kerimiyning ma’lumotiga ko‘ra, turkmanlar orasida ham «Podsho-vazir» o‘yini bo‘lib, u o'tov ichidagina emas, ochiq maydonda ham uyushtirilgan. T.Qilichev tomoshaning Xorazmdagi ko'rinishi tafsilotini va sharhini beradi. Ozarbayjonda yangi yil munosabati bilan ayollar o‘z shohlarini saylab, taxtga o'tqizar ekan. Vazir ham, boshqa timsollar, tomoshabinlar ham ayollardan bo'lgan. Ozarbayjon teatrshunosi M. Allaxverdiyev o‘z tadqiqotlarida bu to'g'rida fikr yuritadi.
Xulosa qilib aytganda, ilmiy adabiyotdagi fikr-mulohazalar asosida chindan ham «podsho-vazir». «olov uyi» tomoshasi sifatida paydo bo'lib. o'zida ajdodlarimiz hayotida ro‘y bergan davriy o‘zgarishlarni, turli odatlarni aks ettiruvchi tomosha - o'yin, shakli ekanligiga amin bo'lamiz. Unda demokratiya yo‘li bilan hukmdorni saylash, podsholik taxtini bir kunga el saylagan odamga tortiq qilish odati («bir kunlik shoh» motivi) o‘z ifodasini topganligi bilan qiziqarli tomoshaga aylangan.


    1. Download 0,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish