Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati



Download 0,91 Mb.
bet5/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Marosimlarda tomosha unsurlari

Ovning baroridan kelmasligi, insonning tabiat oldidagi zaifligi diniy e'tiqodning ilk elementlari tug'ilishida ma’lum darajada rol o'ynadi. Shunday dinlarning eng avvalgi shakllaridan biri - Totemizm diniy e’tiqodidir. Bu e’tiqod odamlarning hayvonlar bilan qandaydir ruhiy aloqalari borligi haqidagi tushuncha asosiga qurilgan bo'lib, u urug‘- aymoq jamiyati davrida kelib chiqqan. Olimlar O'rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa davrida totemizm diniy e’tiqodi bo‘lgani, ibtidoiy odamlar ayrim hayvonlarni ilohiylashtirib, ularga sig'inish odatlari mavjudligini bir necha bor tasdiqlashgan. 0‘zbekiston hududida yashagan qadimiy odamlar bir vaqtlar tuya, qo‘y, ot, sigimi muqaddas hayvonlar deb ishonar va ularga topinar edilar.
Totemizm diniy marosimi vaqtida odamlar hay von qiyofasiga kirib, sehrli pantomim raqslarga tushar, bu marosim qo'shiq va musiqa bilan birga olib borilar edi. Ibtidoiy odamning jodu va afsun yo'li bilan hayvonlarga sig'inib, ularga taqlid qilib o‘ynashlari ham tirikchilik faoliyatlari bilan aloqador edi. Totemizm ta’limotida afsun yoki jodu bilan odamni itga, itni esa odamga aylantirish kabi afsonaviy rasin-rusumlari ham bo'lgan. Har ikkala holda ham bu vazifani odam ijro etardi. Bu insonni qiyofa yaratishga intilganligiga va uni namoyon qila olganligiga dalil. Shu kunlargacha yetib kelgan o'zbek xalqi ertaklarida ham odamning sehr-afsun yo'li bilan itga yoki kiyikka aylantirish afsonalari uchraydi. Bu ham totemizm diniy e’tiqodining qadimda O'rta Osiyoda bo'lganigabirdalildir. Totemizm diniy e’tiqodining keng tarqalishi bilan odamning hayvon qiyofasiga kirib, hayvon obrazini yaratish va unga taqlid qilish layoqati «ovchilik o‘yini»dagi taqlidchilikka nisbatan murakkabroq tusga kirib borgan.
«Ovchilik o‘yini» va totemizm diniy marosimlari kishilik jamiyati tarixining navbatdagi bosqichlarida o'zining tarbiyaviy va diniy ahamiyatlarini yo'qotib, o'zlarining faqat tomoshabozlik borasidagi vazifasini saqlab qolgan bo‘Isa kerak.
Ibtidoiy odamlar tabiat hodisalarining tub sabablarini tushunib yetmaganliklari oqibatida tabiiy ofatlardan tobora dahshatga tushganlar. Ular tabiat hodisalarini jonli narsalar deb tasavvur qilganlar. Natijada ibtidoiy jamiyatning navbatdagi bir bosqichida Animizm diniy e’tiqodi ham kelib chiqqan. Bu yangicha diniy dunyoqarash vakillari marosimlarida tabiat hodisalarini ilohiy kuch deb qabul qilib, unga topindilar.
Animizm marosimlarida odamlar yashin, momaqaldiroq, dovul, shamol kabi tabiiy hodisalarning ramziy obrazlarini yaratib. unga sig'inganlar. Diniy marosimlarda pantomim raqs. qo‘shiqlar va iltijolar ijro etilgan. Diniy obrazlarning niqoblari juda dahshatli tusda bo‘lgan.
0‘zbekiston hududida topilgan ibtidoiy davrga xos tasviriy san’at yodgorhklarida bu e’tiqodning izlari ham ko'zga tashlanib turadi. Chunonchi, Nomozgartepa yodgorliklarida topilgan sopol idishga ishlangan o‘yma surat xuddi afsun o'qib, pantomim raqs shaklida tabiat hodisalariga topinayotgan kishiga o‘xshaydi. Chirchiq vodiysida Maydontol atrofidagi toshlarga chizilgan suratlar ichida yalpi qo'shiq aytayotganlar tasviri topilgan. Ulaming davra qurib, tabiatning biron hodisasiga sig'inayotganlari tasvirlangan. Ko'pchilik bo'lib iltijo qilish ilk xor shakli bo'lib, katta shakldagi tomosha turining ko'rinishlari edi.
Shunday qilib ibtidoiy jamiyatning ilk davrlaridayoq turli diniy marosimlarda tomosha turlarining eng sodda arxaik elementlari: pantomim - taqlid qilish, raqs, musiqa va xorning ilk namunalari tug'ila boshlagan. Unda tomosha turlari hali ajralmagan - sinkritik holda mavjud edi. Lekin bu sinkretik holdagi tomoshalar ikki shaklda- kichik: pantomim. raqs va qo'shiq. katta: xor ko'rinishida edi.
14
Qadimgi O'zbekiston hududida tomosha elementlari tug'ilishi va rivojlanishining ikkinchi bosqichi eramizdan ilgarigi birinchi ming yillikda quldorlik jamiyatining barpo topishi bilan boshlanadi.
Bu davrdagi 0‘rta Osiyo xalqlari hayotini ifodalaydigan arxeologik materiallardan tashqari, ayrim qadimiy qo'lyozmalar hamda bizgacha yetib kelgan og'zaki adabiyot yodgorliklari, xalq og'zaki ijodi: lof va afsonalar, eposlar va ularning qadim ijodiy uslublari ham ishonchli manba bo‘lib xizmat qiladi.
Agar odamlar bu davrgacha jonvorlarni ov qilib, tirikchilik o'tkazib kelgan bo'lsa, ishlab chiqarish qurollarining takomillashishi. mis, jez va ma’danlarni ishlata boshlashi natijasida. rivojlanishning keyingi bosqichi bo'lgan dehqonchilik va chorvachilikni ham o‘rganib oldi. Odamlar endi dehqonchilik va chorvachilik uchun qulay bo'lgan joylarda bir jamoa holida o'rnashib kun kechira boshlaydi.
Keyingi yillarda o'tkazilgan qator arxeologik qazilmalar qadimgi O'zbekiston hududida eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o'rtalarida qadimgi dehqon va chorvadorlarning patriarxal urug‘- aymoq jamiyati mavjud bo'lganligini, ular sug'orish tizimidan foydalanganliklarini aniqladi. Bu jarayon insoniyatni muhim iqtisodiy, madaniy va tarixiy natijalarga, yangi bosqichga olib keldi.
Dehqonchilik sug'oriladigan yerlarga muqim joylashishni taqozo qilsa, chorvachilik yangi-yangi o'tloqlarni izlashni, ko'chib yurishni talab qilgan. O'troq dehqonchilik hududlarining aholisi sug'diyonlar, baqtriyaliklar, xorazmliklarni tashkil etsa, chorvachilik hududlarida saklar, massagetlar va boshqa ko'chmanchi elat hamda qabilalar yashagan.
Zamonlar o'tishi bilan, xususiy mulkchilikning rivojlana borishi jamoa ichida ijtimoiy tengsizlikni - boy va kambag'allikni keltirib chiqaradi. Demak, O'zbekistonning qadimgi hududida eramizdan avvalgi VIII—VII asrlardayoq quldorlik tuzumi vujudga kela boshlagan. Bu davrda temirni eritishjarayonining о‘zlashtirilishi - ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etishiga olib keldi. Mazkur jarayon jamoa a’zolarining boy va karribag'allarga ajralishini tezlashtirdi. Ayniqsa, urushda qo'lga tushgan asirlarni ishlatish tufayli quldorlik jamiyati yanada rivoj topdi.

Sersuv joylarning atrofida, chorvachilikka qulay dasht-sahrolar bilan o'ralgan vohalarida o‘troq dehqonlaming soni ortib bordi. Bu odamlar o‘z chorvalarini saqlash uchun qo‘ralar qura boshlaydilar. Qullarning kuchidan. mehnatidan keng foydalanish orqasida juda ko‘p shaharlarda himoya devorlari va suv inshootlari qurishga kirishildi. Balx, Samarqand, Marv shaharlari o‘sha davrning yirik savdo va madaniy markazlariga aylangan hamda Sharq hamda G'arb o'rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar beshigi hisoblangan.
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda maydonga kelgan yozma manbalar ham hozirgi O'zbekiston hududida qadimda yashagan xalqlar madaniyatini mufassal xarakterlab beradi. Chunonchi, O'rta Osiyo va Eronda o'sha zamonda keng tarqalgan Zardo'shtiylik dinining muqaddas «Avesto» kitobida (eramizdan burungi IX-VIII asrlar) va yunon manbalarida O'rta Osiyoda quyidagi o'lkalar mashhur bo'lgani ko'rsatiladi: Parkana - Farg'ona vodiysi, Sug‘diyona - Zarafshon daryosidan suv ichadigan yerlar va Qashqadaryo yerlari, Xorazm - Amudaryoning quyi oqimidagi yerlar, Baqtriya - hozirgi shimoliy Afg'oniston, O'zbekiston va Tojikistonning Amudaryoga yaqin viloyatlari, Marg'iyona - Marv o'lkasi, Murg'ob daryosining quyi oqimidagi obod yerlar, Parfiyon - Turkmanistonning Kaspiy dengiziga yaqin janubi-g‘arb tomonidagi yerlar va hozirgi Afg'onistonning Hirot hududi.
Turli yunon olimlari eramizdan avvalgi IV-1H asrdan boshlab qadimiy O'zbekistonning iqlimi va xalqlari hamda bu o'lkaning benihoya tabiiy boyliklari to'g'risida juda qiziqarli ma’lumotlar beradilar. Yunon tarixchisi Hcrodot «Massagetlar juda katta va jangovar xalq», deb yozadi. Skiflarning qahramonliklari, ularning kuchi, hamjihatligi esa Herodotni hayratda qoldirgan edi. Shu munosabat bilan u: «Biron qabila birlashgan skiflarga qarshi kurasha olmaydi», deb uqtiradi.
Bu xalqning vatanparvarlik va qahramonlik fazilatlari haqida boshqa muarrixlarning asarlarida ham qaynoq misralar yozilgan. Chunonchi, lotin tarixchisi Pompey Trog O‘rta Osiyoda yashovchi hamma qabilalar «Mehnatga va uruxhga chidamliligi va yengilmas jismoniy kuchi bilan ajralib turadi, ularning g'alaba va shuhrat qozonishdan bojak istaklari yo'q», deb yozsa, Kvint Kurtsiy Ruf, «...Sug'diyonlar - jasur odamlar, gavdalari juda barvasta, ular asir tushganlarida ham o'limdan sira qo'rqniaydilar, o'lim oldidan ashula aytib, o‘z xursandchiliklarini namoyon qiladilar», degan fikrlarni bayou qiladi. Herodot massagetlarni ham ко ‘tarinki ruhda ta ’riflaydi: «Massagetlar ham otliq, ham piyoda jang qiladilar, о ‘q-yoy, nayza va shamshir bilan qurollangan. Ular qurollarini jezdan yasaydilar, bosh kiyim, kamarlarini, qurollarni oltin bilan bezaydilar, otlariga ко 'krak qalqonlarni - sovutlarni ham jezdan yasab, yugan va boshqa jabduqlarga oltin bezaklar qadaydilar, chunki ularning mamlakatida oltin bilan jez benihoya ко 'р».
O'rta Osiyoning behisob boyligi Eton Axmoniy shohlarini tinchitmas edi. Ular eramizdan burungi VII asrda O‘rta Osiyo yerlarini katta kuch bilan bosib olib. boyliklarini taladilar va IV asrgacha qariyb uch yuz yil hukmronlik qilishdi. Chunonchi, Axmoniylarning Suzax saroyi devorlaridagi yozuvlarda ko'r- satilishicha, Doro davrida juda ko‘p 0‘rta osiyolik qullar saroylar qurgan, saroy bezaklariga esa Baqtriyadan oltin, Sug'diyona va Xorazmdan qimmatbaho toshlar, o'chmas ranglar oldirib kelgan. Ular tabiatda va hayotda odamga yaxshilik va yomonlik keltiruvchi xudolar, ruhlar. devlar, jinlar, ajdaholar singari turli sirli kuchlar mavjudligiga ishonardi. Chunki, kundalik hayoti va tirikchiligi tabiat hodisalari bilan bog'liq bo‘lgani bots yil fasllarini ham yaxshilik va yomonlik ruhlari -din bilan bog'lar edilar. Shuning uchun ular bahor va yoz faslini o'zlariga yaxshilik keltiruvchi, qishni esa yomonlik keltiruvchi jonli ruhlar. deb qarashardi. Mana shu tasavvurlar zaminida qadimiy O'zbekiston hududida Mitra, Anaxit, Mitrix, Qayumars, Jamshid (lima), Xubbi kabi juda ko‘p xudolar, miliar, ular bilan bog'liq diniy rivoyatlar maydonga keldi.
Turli yozma manbalar va tasviriy san’at yodgorliklarida qadimgi O'rta Osiyo mifologiyasining namuna va izlari saqlanib qolgan. Chunonchi, Herodot qadimiy O'rta Osiyo xalqlaridan massaget- larning quyosh, yer, suv va otashga sig'inishlarini, Strobon esa, suvga topinganlarini hikoya qiladi. Bular Totemizm va Animizm kabi diniy marosimlarga misoldir. »-•
У "6 17

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish