Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati


Pantomim va mim aktyorlari tomoshalari



Download 0,91 Mb.
bet21/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Pantomim va mim aktyorlari tomoshalari

Rim imperiyasi markazlashgan boshqaruvni ta’sis qilgandan keyin, davlat boshqaruvining barcha mexanizmi bajaruvchi - topshiriq kutuvchi bo‘g‘inga aylandi. Tashabbus to‘xtadi. Boqimandalik. faqat aytgan topshiriqni bajarish, boshqa biror ishga aralashmaslik siyosati davr talabiga aylandi. Bu siyosat teatrning g‘oyaviylik qudratini susaytirib, uni tomosha bilan muxlislarni ovuntiradigan tadbirlar o‘tkazadigan joyga aylantirdi.
Natijada. pantomim - yakka dramatik shakldagi raqsga bo'lgan ehtiyoj ortdi. Bu insonning aytolmagan fikrlarining gavda harakatidagi ifodasi edi. Pantomim musiqa va xor qo'shig'i sadosi ostida ijro etilgan. Bunday yakka - dramatik raqs mavzulari Italiya miflaridan olingan.
Ommada qiziqish uyg'otgan yana bir tomosha turi balet spektakli bo'lib. u - «pirrixa» deb nomlangan. Uni raqqos erkaklar ansambli va ayollar raqs ansambli ijro etgan. Balet spektakllar mavzusi ham miflardan olingan. Eng muhimi, bu tomoshalarda kostyum va dekoratsiyaga juda katta ahamiyat berilgan. Miflarda sodir bo'ladigan g'aroyibotlarni ifodalash uchun rimliklar sahna effektlariga alohida e’tibor qaratishgan.
Balet va pantomim tomosha turlarining o‘rnini asta-sekin greklarga taqlid qilgan mim teatri - badihago'ylik, ya’ni improvizatsiya yo'nalishi egallay boshladi. Kichik-kichik sahna ko'rinishlarini ijro etishda yaratilgan bir qator mashhur syujetlar maxsus mim teatrining hazil-mutoyiba pyesalariga aylantirilgan. Bunday tomosha turining muxlislari ko'payishi sahnada ishtirok etadigan improvizator aktyorlar sonini ortishiga asos bo'lgan.
Mim ijrochilari va ular ijodini pyesaga aylantirib beruvchi dramaturglarning mahorati ham oshib bordi. Natijada, bu yo'nalish tomoshabinlarni eng ko'p jalb qiladigan tomoshaga aylandi. Mim ustalari shahar va qishloqlar bo'ylab gastrolga chiqib, fokus, akrobatika chiqishlarini ham ko'rsatishgan. Mimlar uchun synjet - mavzular ko‘p edi: sevishganlarning bir-biriga xiyonati, qaroqchilarning turmush tarzi. sud jarayoni, nasroniy dinidagi eskirgan aqidalar haqida ko'plab tomoshalar ko'rsatilgan. Ular, hatto mashhur grek tragediyalari syujetini o‘zlariga moslab. mim teatri tomoshalariga aylantira boshlaganlar.
Mim Rim imperiyasi davrida tomoshalarining yetakchi janriga aylandi. Sayl va ko'chalarda ko'rsatilgan mimlar asosida sahnada ko'rsatish uchun maxsus pyesalar yozish an’anaga aylandi. Ularda murakkab darajada chalkashtirilgan, sevgi yo'lidagi nayranglar ko'rsatilgan. Keyinchalik bunday tomoshalarda mim aktyorlari me’yordan chiqib, hatto xalq qahramonlari va miflardagi xudolar ustidan ham kula boshlagan. Shaklan tomoshabopligi oshgan bunday mimlar. maxsus qurilgan sirklarda ko'rsatilgan va unda o'rgatilgan hayvonlar ham ishtirok eta boshlagan.
Mim teatrining xalq orasida mashhur bo'lishiga qaramay, bu teatr aktyorlari va aktrisalarining ijtimoiy ahvoli yaxshi emas edi. Doim shunday bo'lib keigan, jamiyat uning ustidan kulgan ijodkorlarga go'yo e’tiborsiz bo'lgan. U faqat o'zini maqtaganlarni ulug'lagan, kamchiligini ko'rsatganlarga esa o'zini e’tiborsiz qilib ko'rsata olgan.
Pantomim ijrochilari - mimlarga nisbatan ancha hurmatga sazovor bo'lgan. Sirk aktyorlari esa ularga nisbatan e’zozlangan. Sirk aktyorlariga nisbatan jismoniy kuchliroq hisoblangan gladiatorlaming hurmati baland bo'lgan. Ularning o'limga tik borishi qadrlangan. Rim imperiyasi shafqatsizlik borasidagi tomoshalarda ham namuna edi.


    1. Download 0,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish