Aristotel (Arastu) - tomosha nazariyotchisi
Qadimgi greklardan bizgacha yetib kelgan bir rivoyat bor. Afinada yashab. dovrug'i jahonga yuz tutgan Platon (ya’ni, Aflotun)ning shogirdlaridan biri bahstalab masalalarda «unday emas, bunday», deb ustozning yuz-xotiri demay. ro‘y-rost gapiraverar ekan. Odamlar yig'ilib, unga «sen qanday oqibatsiz shogirdsan, ustozingni ranjitasan, fikrini rad etasan, sening ulug' martabali bo'lishingda ustozingni o'rni bor-ku, axir», deyishsa, «to'g'ri, ustozim Aflotunning ta’limi, ilmi bo'lmaganda men bu darajaga erishmasdim. Ustozim men uchun buyuk ham suyuk. Lekin ne qilayki, haqiqat undan ham ulug'», deb javob bergan ekan.
Platonning ko'plab shogirdlari haqiqatni e’zozlaguvchi, uni muqaddas tutuvchilardan bo'lgani rost. Warning aksariyati ilm,
65
amal va go'zallik qonuniyatlarining mohiyati - haqiqatni ro'yobga chiqarishda deb bilishgan. Haq so‘zni, go‘zailik suvratu siyratida ifoda etishni maqbul ko'rishgan. Platonning shunday aqidasiga sodiq qolgan shogirdlaridan biri Aristotel - Arastudir. O‘n yetti yoshidan boshlab Platonga shogirdlikka kelgan Arastu ko‘p ilm va haqiqat sirlarini ochishga erisha olgan. Taqdir taqozosi bilan aslida Makedoniya yarim orolidagi Stagirda tug'ilgan bo‘lsa-da, u Afinada, so'ng Lesbos yarim orolidagi Mitelen shahrida yashaydi. Ota kasbi shifokorlik. lekin u bu yo'l- dan bormaydi.
So‘z, nutq ham insoniyat ruhiyatini davolovchi vosita ekanligini anglab yetadi. Inson insonga so‘z bilan malham bo'lishi mumkinligini biladi. Umrini ana shu yo'lga bag'ishlaydi. U Yunonistonda yashagan paytlarida chiroyli so'zlash, fikrni go'zal ifoda etishga intilish kuchaygan davr edi. Hatto shohiar ham o*z farzandlarining tarbiyasida xuddi shu usulni yetakchi mezon qilib olishgandi. Aristotel ana shu aqida sabab Mitlen shahriga kelib, shoh Filippning 13 yashar o‘g‘liga saboq berishni boshlagan edi.
Chiroyli so‘zlash bo‘yicha qo'llanmalar yaratish. notiqlik maktabida o'qish an’ana tusini olganda Aristotel bu borada uch kitobdan iborat «Ritorika» nomli asar yaratadi. Bu notiqlik borasidagi yaratilgan asarlarning eng sarasi edi. Ritorikaning birinchi va ikkinchi kitoblari chiroyli so'zlash san’atining mohiyati va ishontirish hamda ta’sir o'tkazish sana’ti bilan uyg'unlik jihatlari borasidagi mulohazalardan tarkib lopgan bo‘lsa, uchinchi kitob notiq nutqining mantiqiy qudrati bilan aloqador masalalarni oydinlashtirishiga qaratilgan edi. Uning bu boradagi mulohazalari hozirgacha ham o‘z qiymatini yo'qotmagan.
Aristotel notiqning tashqi ko‘rinishidan boshlab, so’zlashi, mulohaza yuritishdagi o'ziga xosligi, harakat va holatlar asosiy mavzuni ochishga xizmat qilishini uqtirib o'tadi. Nutqning ta’sirchanligi: notiqning hissiyot bilan so'zlashi. ortiqcha tafsilotlarga berilmasligi, me’yorni saqlay bilish, turli qiyosiy misollardan, ko'rgazmali tasvir vositalaridan foydalanishi bilan bog‘liq ekanligini, notiqning nutqiyjaryoni besh bosqichdan iborat bo‘lishini o'rinli qayd etib o‘tadi.
Mavzuga kirishish (har tomonlama o‘rganish)
Mavzuning tarixini o'rganish (tahlil)
Mavzuni yodga olish (xotirada o'zlashtirish)
Mavzuni og'zaki nutq orqali ifoda etish (mashq)
Mavzuni aniq va to‘g‘ri talaffuz orqali yetkazish (amaliyot)
Arestotelning ushbu «qolipwi qancha davr, asrlardan beri deyarli o‘zgarishsiz xizmat qilib kelmoqda. U. asosan, notiqlik san’atining nazariyotchisi sifatida tanilgan bo‘lsa-da, yetuk amaliyotchi bo‘lganini ham anglash qiyin emas. Notiqlik qonunlari qay zaminda yaratilmasin, insoniyatning ma’naviy - ruhiy ehtiyojini qondiruvchi, ma’rifiy bilim beruvchi notiqlik san’atiga xos shakl va uslublari bilan yashovchandir. Aristotel birinchilardan bo‘lib ana shu haqiqatni ilm, amal va go'zallik qonunlari bilan uyg'un ifoda eta olgan buyuk san’at nazariyotchisi bo‘lib tarixda qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |