Islomda So‘z - iroda ifodasi
Islom Qur’oni Karim suralari va oyatlarini qayta-qayta o'qishni, takrorlashni, yod olishni, to'g'ri tafsirlash - sharhlashni, so'zlarni to'g'ri talafluz etishni, hatto har bir tovush o‘z nufuzi, o'z tebranishlariga ega bo‘lib, ulami to'g'ri aytish va o'qishni taqozo etadi. Bu sir-sinoat sharhi qiyin so'zlarni hijjalab o'qishni, ohang bilan o'qishni talab etadi. Qur’on - qiroat bo'lib, undagi sir-sinoat hamisha ko'ngilni maftun qiladi. bashariyatni bu foniy dunyo hoyu havaslaridan qutqarishga yo'l ochadi! Bunday ta’sirchanlik qudratiga ega bo'lganlar - Qorilar, ya’ni Qur’oni Karim suralari va oyatlarini qiroat bilan o'qib yoki aytib sharhlay oladiganlardir.
Qur’oni Karim ilohiy xabarlarini sharhlash va izohlash bilan faqat tafsirchilar emas, balki qorilar. mudarrislar, muftiylar shug'ullanadi. Qur’oni Karim falsafiy, tilshunoslik, she’riy, filologik. tarixiy- jug'rofiy yo'nalishlarda ming yildan beri tafsir qilinib kelinayotgan bo'lsa-da, hali uning sir-sinoati, go'zalliklari mohiyati to'la ochilgan emas. Islom madaniyatida da’vat, musobaha, mulohaza ham tushuntirishning maqbul yo'lidir. Da’vatda, ma’ruzada - tovushlar, ohanglar, jarangdorlik - qiroat sehrlilik. tomoshaviylik va ta’sirchanlik unsuridir.
Islom madaniyatida Allohning ism-sifatini ham qayta-qayta lakrorlash talab etiladi. Allohning ming bir otidan kamida to'qson to'qqiz ism-sifatlarini yod bilish lozim bo'ladi. Tasbeh donalarining to'qson to'qqizta qilib shodalanishi bejiz emas. Allohning Qur’onda bandalariga «Ayt», «O‘qi», «11т», «Sizlar oz yodlayapsizlar» - buyruq-da’vati bot-bot ta’kidlanadiki, bu insonning Alloh oldida xotirasi butun bo'lishi, hadya etilgan nutq bo'lishi, hayvonlardan farq qilib turishi uchundir. Qiroat esa bandalarga Qur’oni Karim sir- sinoatini eslatib turadi.
Islomda so'zlar lug'aviy ma’nodagina muqaddas rivoyatlarni ifodalab qolmay. balki u mohiyatan hissiyotlar olamiga yetaklaydi. Islomda og'zaki va yozma ifodalanayotgan so'zlar musulmon kishining Abadiyat ibtidosidagi Ahd-da’vatni eslatib turadi, uni musobaqa, mulohaza qa’riga yetaklaydi, So'z musulmon kishi xotirasini jonlantiradi, turmush tarzi xususiyatlarini belgilaydi. Islom madaniyatida inson So'z orqali o'zini Allohga bag'ishlaydi. So'z vositasida joni-moiini qurbonlik qiladi. Bu jahon madaniyatida, jumladan, estetik tafakkur taraqqiyotida yangi, o'ta yoqimli, maroqli shakl bo'lib qoldi. Ayonki. isaviylarga yahudiylardan meros bo'lib o'tgan qurbonlik qilish (echki, buzoq so'yish) marosimidan voz kechib, bu marosinmi gunohkorning tanasi va qoni timsoli tarzida Non va Vino bilan almashtirdi. Alloh taolo o'z bandalariga inoyat qilib, lining o'z ixtiyori bilan gunohlaridan forig' bo'lishi uchun Qur’ondagi Muqaddas So'zlarni Tuhfa qildi va bu Tuhfaga shaxsiy, ixtiyoriy Tuhfa bilan javob berishni buyurdi. Bu Tuhfa Qur’oni Karimning yopiq matnida jamlanib, benihoya ruhiy quvvat bilan jaranglovchi, bandalarni hidoyatga yo'llovchi, Alloh huzuriga yetaklovchi Muqaddas So'zdir. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) sahobalarga bunday degan ekanlar: «Nega Sizlar odamlarga dinni zo'rlab singdirishga intilasiz? Vaholanki, din Allohga Tuhfa bo'lishi kerak».
So'z - Allohning bashariyatga eng oliy Tuhfasi. So'z bandalarning Allohga ixtiyoriy javob Tuhfasi. So'z Allohga odamlarning qurbonligi, moli-jonini, o'zining o'zligini bag'ishlashidir. So'z musohaba matnining tub mohiyatini ifodalaydi. So'z yordamida musulmon kishi shaxsiy va ijtimoiy hayotda Adolatga erishadi. So'z insoniyatni go'zalliklarga oshno qiladi va azob-uqubatdan qutqaradi.
8t
So’z insonni dunyoviy va ilohiy komillikning barkamol cho’qqilariga olibchiqadi. Muqaddas So'z me’morlik, musiqa. naqsh, hunarlar bilan uyg'undir.
«Alloh go’zal va u go'zallikni sevadi», deyiladi Qur’oni Karimda. Demak, islomning estetik nuqtai nazari go'zallikka oshno bo'lmoqdir. Alloh go‘zal ekan. u yaratgan Odani ham. u bunyod etgan Olam ham. o‘z bandalariga hadya etgan noz-ne’matlar ham go'zaldir. Shunga muvofiq Allohning ismi-sifatlarini vasf etuvchi so’zlarimiz ham, musiqamiz ham, uning qudratini namoyon etuvchi binolarimiz - me’morchilik obidalarimiz ham qo'yingki, Alloh irodasi, nomi sifati bilan yaratilgan bu olamdagi narsalarning hammasi go'zal bo’lishi kerak. Biz quyida islomda tarbiyalangan mutaffakkirlarning Lutf - So'zga bo’lgan irodaviy ifodalarini o’rganamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |