Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati


Islomda tasviriy timsollar - tomosha o'rnida 5.3.1. Me’morchilik



Download 0,91 Mb.
bet27/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Islomda tasviriy timsollar - tomosha o'rnida
5.3.1. Me’morchilik


Islomda ko’rish va eshitishga mo’ljallangan tomosha san’ati o'z mohiyatiga ko’ra, ilohiy tafakkurga yo‘g‘rilgandir. Bu holat she’riyatda - g'azal, musiqada - maqom, tasviriy san’atda - naqsh, me’morchilikda - masjid, maqbara, minora yoki madrasalarda yorqin ko‘zga tashlanadi. Masjid - Alloh bilan kunma-kun muloqat qiladigan, qalbi bilan tanho turib Allohga intiladigan, Alloh So'zlarini bandalarga muntazam eslatib turadigan muhaddas dargoh. Islomda masjid - Allohning uyidir. Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) bunyod etgan ilk va keyin qurilgan masjidlarning me’moriy shaklu shamoyili ko’hna ehromlarga payg’ambarlar Ibrohim va Musoga vahiy qilingan Ahd asosidagi qonunlarga mutanosibdir. Masjidlar ilohiy-ruhiy ehrom markazi bo'lgan, Ibrohim alayhissalom bunyod etgan Ka’baning timsoliy ko'rinishlaridir. Muso payg’ambar ehromi - hozirgi zamon timsoli, Iso alayhissalom cherkovlari - kelajakning mukammal osmoniy ehromi timsoli bo'lsa, Qur’oni Karim mazmuniga ko’ra. islom ehromi - masjid o’tmish, hozirgi kun, kelajakni o'zida tamsil etgan Abadiy Ahd ehromiga kirish timsolidir. Masjid ilohiy quvvatlarni go'zallik tarzida inson ruhiga ajib bir ichki tartib va intizom, sarishtalik va ta’sirchanlik bilan singdirib boradi.
Agar yahudiylar ibodatxonalari ichki ko‘rinish va bezaklarida ilohiylikka qaratilgan voqeaband tasvirlar, haykaltar yaqqol ko'rinsa, isaviylar - nasroniylar cherkovlarida moy-bo‘yoqli tasvir, manzara, haykaltaroshlik ko'zga tashlanadi. Ko'rinadiki, yahudiylik va isaviylik tafakkuri tarixiylikka asoslanadi. Ularda muqaddas rivoyatlar - tasvirlar vositasida muqaddaslashtiriladi, ular rivoyatga hamdard, uning «quli», ya’ni ibodat qiluvchi rivoyat bilan, rivoyat esa ibodat qiluvchi bilan chirmashib ketadi. Islom nima uchun tasviriy san’atni, xususan, haykaltaroshlik turini, soyali tasvirlarni sevmaydi? Shuning uchun sevmaydiki, islom rivoyatga ishonmaydi... Yahudiylar va isaviylar shaxs taqdirini va insonlar qismatini rivoyatga olib borib taqaydilar, Ular Allohni rivoyat orqali taniydilar. Islom esa buning aksi - musulmon kishi rivoyatga ishonmaydi. Shuning uchun u borlig'ini rivoyatga emas, Allohga bagkishlaydi. Musulmon kishi qat’iy ravishda ilohiyot qoidalariga. Alloh hukmlariga itoat etadi. Shu bois Allohning uyi - masjidlarda muqaddas so'zlarga, Alloh ismi va sifatlarini ramziy ifodalovchi naqsh va yozuvlarga alohida urg'u beriladi. Musulmon kishilarining tasviriy san’atga, xusu­san. odamning jonli tasvirlariga, haykallarga, qabrtoshlariga sig'inmasligi shundan.


      1. Download 0,91 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish