Sitseron - bir aktyor teatri vakili
Rim notiqligi haqida so‘z ketganda, eramizdan avvalgi 106-43- yillarda yashagan Sitseronning nomi tilga olinadi. Buning sababi bor. Aristotel, asosan, nazariyotchi, Demosfen amaliyotehi notiq bo'lgan. Sitseron esa har ikkalasiga xos xususiyatlarni o'zida uyg'unlashtira olgan, notiqlik taraqqiyotiga munosib hissa qo'shgan mashhur notiq sanalgan. Lining nutqiy mahoratni egallashga bo'lgan intilishi Demosfen hayotigao'xshab ketadi. Sitseron ham mashhur notiq bo'lib yetishgunga qadar Demosfendan kam alam va iztiroblar tortgan emas. Xo'sh, u notiqlikning yuksak pillapoyasiga qanday ko'tarila oldi? Mark Tulliy Sitseron o‘ziga to‘q oilada dunyoga keldi. Otasi yoshligidan uning ta’lim-tarbiyasi bilan qiziqa boshladi. Rimda o‘z davrining yetuk murabbiylari qo'lida 0‘qitadi. Sitseron usta notiqlardan Litsiniy Krass, Mark Antoniy kabilarning nutqlarini tinglaydi. Warning so'z va nutq orqali tinglovchilarga qanday ta’sir etishini ko'rib zavqlanadi. Ana shundan keyin uning diliga notiq bo'lish ishqi tushadi. U notiqlik bilan falsafani uzviy birlikda ko'radi. Har ikkalasi bo'yicha saboq ola boshlaydi. Notiqlarning xalq oldiga chiqishida so‘z bilan birgalikda turli harakatlar va mimika ham muhim ahamiyat kasb etishini anglab yetadi. Keyinchalik u mashhur notiq bo'lish uchun faqat ta’sirchan so'z topa bilish va kuchli xulosaga keladigan mantiqiy fikrlashgina emas, balki aktyorlik mahorati ham kerakligini anglaydi. Bu borada unga Ezop va Rossiy kabi mashhur aktyorlar yordam beradi. Oldiniga kichik davralarda nutq so'zlashni mashq qilib yurgan Sitseron yigirma besh yoshida ilk bor xalq oldida nutq so'zlaydi. Fuqarolik vajinoiy ishjarayoni haqida ma’ruzaqiladi. Bu nutq muvaffaqiyatli chiqmasa-da. Sitseron uchun sinov vazifasini o'tadi. U o'z ishidan aslo qoniqmasdi. Umrining oxirigacha jozibali nutq imkoniyatlarini, xilma-xil uslublarini kashf etishga intildi. Uning yaxshi ko‘rgan shiori: «Kishi shoir bo'lib tugiladi, notiq bo'lib yetishadi». Ishonch va dalillar Sitseron muvaffaqiyatining garovi edi. Uning fikricha, manbani to‘plash nutqqa tayyorgarlikning asosidir. Materialni to'g'ri joylashtirish - ekspozitsiyaga alohida e’tibor berishdan boshlanadi. Joylashtirish shunday bo'lishi kerakki, u tinglovchining o'zlashtirib olishiga imkoniyat yaratsin. Buning uchun nutqni aniq qismlarga boiish zarur. Har qanday mavzudagi nutqning mavaffiqiyati notiqning so‘z yuritilayotgan sohani chuqur bilishi bilan aloqadordir. Sitseron nutqiy faoliyatida xuddi ana shu yo'ldan bordi va notiqlik nazariyasiga munosib hissa qo'shdi. Sitseron notiqlik nutqiningkompozitsion qurilishi boshqa notiqlarnikidan keskinajralib turmasa-da, o'ziga xos fikr yetkazish yo'siniga amal qilgani darhol seziladi. U o‘z nutqida quyidagi tartibga qat’ian rioya qilgan.
Kirish
Ishning mohiyatini bayon qilish
Rejaning keyingi qismlarini ifodalash
Dalillarni nutqning eng muhim qismi deb hisoblash
Mavzuning asosiy mazmunini ta’kidlash
Xulosa, ya’ni yakun yasash.
Sitseronning xizmatlaridan yana biri - u notiqlik san’atining turli usullarini yaratdi va ularni yuqori pog'onaga ko'tardi. Bular ritorik savol. xitob va murojaatdir. U ritmga, pauzaga e’tibor qilib so'zlangan nutqni yoqtirgan va uning nazariy asoslarini o‘z kitobiga kiritgan. Undan keyin yashab o'tgan notiqlar uchun Sitseron maktab rolini o'tagan. Kvintilin undan ko'p xususiyatlarni o'zlashtirgan. Notiq uchun bilim va axloqiy tarbiyani birinchi o'ringa qo'ygan. Sitseronning ta’kidlashicha, notiq shunday gapirsinki, uni har bir kishi tushuna olsin, xotirasi va bekamu ko‘st talaffuzi nutqiga jilo bersin. Bu talablar Sitseron hayotining mazmuniga aylangan edi. Uning minbarga chiqishidan tortib, nutq so'zlab, minbarni tark etguniga qadar o'zini tutishi, ommaga munosabat bildirish uslubi, fikr yuritishi, barcha-barchasi ibratlidir. Shuning uchun Sitseron nazariya va amaliyotni o'z faoliyatida uyg'ulashtira olgan, ilmiga to'la amal qilgan nutq sohibi bo'lib tarixga kirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |