Suvoq mixlarining uzunligi 30-40 mm, yo’g’onligi shunga yarasha 1,8 va 2 mm. Ichki pardevorlar va qavatlar. orasidagi yopmalarga ishlatiladigan shitlarga rezgi taxtalar qoqishda shu mixlardan.foydalaniladi.
Tolga qoqiladigan mixlarning uzunligi 20-40 mm, yo’g’onligi 2-3,5 mm bo’ladi; yig’ilgan deraza bloklari va eshik bloklariga, balkalarning uchlariga hamda yog’och konstruksiyalarnnng devorga tegib turadigan joylariga tol qoqishda shu mixlar ishlatiladi.
Pardoz mixlarining uzunligi 9-40 mm, yo’g’onligi 0,8-2 mm, qalpog’i yarim dumaloq shaklda bo’ladi. Shtapiklar va qoplamalarni mixlashda shu shpilkalar ishlatiladi; furnituralarni qoqishda ulardan mayda shuruplar o’rnida ham foydalaniladi.
Yumshoq mebel mixlari mebellar yuziga yumshoq materiallar qoplashda ishlatiladi. Ularning qalpoqlari dumaloq, kvadrat shaklda va shakldor bo’ladi; shakldor qalpoqning sirti silliq bo’lishi, bosib yoki quyib naqsh solingan bo’lishi mumkin. Mix qalpog’ining diametri yoki kvadrat tomonlari 6, 8, 10 va 12 mm bo’ladi. Mix sterjenining uzunligi eng ko’pi bilan 30 mm. Mix qalpog’idagi naqshlar ravshan va geometrik to’g’ri shaklda bo’lishi lozim: Qalpoqning sirti pachoqlanmagan, chizilmagan, dog’ tushmagan, o’tkir qirrasiz bo’lishi lozim. Mixni yog’och to’qmoq bilan qoqish kerak, bunda mixning qalpog’i sterjenidan chiqib ketmasligi, pachoq bo’lmasligi, qiyshaymasligi yoki bezak qatlamini o’yib yubormasligi lozim.
Yumshoq mebel mixlarining qalpog’i qora metalldan yasalgan bo’lsa, sirti nikellanadi, xromlanadi; jez yoki bronza qoplanadi.
Mixlar tarozida tortib hisobga oliyaadi. Oddiy mixlar yashiklarga, yumshoq mebel mixlari esa karton qutichalarga joylanadi.
Shuruplar. Shuruplar (kichkina burama; mixlar) kam karbonli po’lat sim-lardan yoki jez simlardan yasaladi. Ularning uzunligi 6-120 mm, sterjenining diametri 1,5-10 mm, qalpog’ining diametri 3-20 mm bo’ladi, sterjenning rezbali qismi shurup uzunligining 0,6 qismidan qisqa bo’lmasligi kerak. Buyum detallarining yelimlab ulanadigan yuzasi, masalan, egib yasaladigan mebelda juda kichkina bo’lgan hollarda bunday detallar shuruplar bilan mahkamlanadi. Zarb ta’sir o’rnatilgan buyumlarning yelimlab mahkamlangan detallari qo’shimcha ravishda shuruplar bilan mahkamlanadi. Mebellarga hamda duradgorlik usulida yasalgan binokorlik buyumlariga metall asboblar va furnituralarni biriktirishda ham shuruplar ishlatiladi. Shurupni yog’ochga burab kiritish qulay bo’lishi uchun uning qalpog’ida ariqchasi bor. Shuruplarning qalpog’i tekis, yarim tekis va yarim dumaloq shaklda bo’ladi. Tekis qalpoqli shuruplar yog’ochga burab kiritilganda qalpog’i detalning yuziga turtib chiqmasligi kerak. Buning uchun qattiq yog’ochlarda shurup kiritiladigan teshikning og’zi zenkovka qilinadi. Oshiq-moshiqlar, qulflar va hokazolar tekis qalpoqli shuruplar bilan biriktiriladi. Buyumning yuz tomonidan qoqiladigan bo’lsa, yarim tekis va yarim dumaloq qalpoqli shuruplar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |