Texnologiya ta’limi praktikumi fanidan o’quv uslubiy majmua



Download 13,16 Mb.
bet37/130
Sana22.04.2022
Hajmi13,16 Mb.
#572744
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   130
Bog'liq
TEXNOLOGIYA TA\'LIM PRAKTIKUM

Ishdan maqsad: Yelim tanlash. Yelimlarni eritish. Qisuvchi moslamalarni tayyorlash.


ISHNING NAZARIY QISMI:
Yelim ma’lum bir sharoitda har xil jism (material) larning sirtini bir-biriga biriktirish xususiyatiga ega bo’lgan yopishqoq moddadir.
Yelimlanuvchi sirtlarga surtilgan suyuq yelim eritmasi qurish natijasida yupqa qattiq parda-yelim choki hosil qiladi.
Yelimlar qanday moddalardan tayyorlanishiga qarab go’shtparda, suyak, baliq, kazein, albumindan tayyorlanadigan hayvonot yelimlariga; loviya, no’xat, kunjut, kartoshka, jo’xori, guruch kraxmallar, o’simlik oqsillaridan tayyorlanadigan o’simlik yelimlariga va sintetik smolalardan tayyorlanadigan smolali yelimlarga bo’linadi.
Yelimlangan fanerlar tayyorlashda albumin, kazein, o’sim­lik yelimlari ishlatiladi. Namga, suvga chidamli fanerlar va yelimlangan yog’och qurilish konstruksiyalari tayyorlashda smo­lali yelimlardan foydalaniladi.
Go’shtparda va suyak yelimlari duradgorlik yelimlari hysoblanadi.
Go’shtparda yelimi qushxona va teri zavodlarida hosil bo’ladigan chiqindilarni pishirish yo’li bilan tayyorlanadi. Suyak yelimi yog’sizlantirilgan hayvonot suyaklari va shoxlarini pishirib tayyorlanadi.
Yelimlash xususiyatiga ko’ra go’shtparda yelimi suyak yelimidan ustun turadi. Chunki uning puxtaligi yuqori.
Go’shtparda va suyak yelimlari qattiq plita shaklida tayyor­lanadi. Plitalar tiniq, sarg’ish yoki qoramtir rangli bo’ladi. Toza, sifatli yelimlarning sinig’i shishasimon ko’rinishga ega bo’ladi.
QURUQ yelimlar talqon, tugmacha va boshqa ko’rinishlarda ham tayyorlanadi.
Yelimlash sovuq (12-30°dа), issiq (40-70°dа) va qaynoq (80° va undan yuqori) holda olib borilishi mumkin.
Yelim eritmasi tayyorlash uchun plita maydalanib, bir qism yelimga 2-3 qism sovuq suv quyiladi va 8-16 soat davomida ivitiladi (yelim sovuq suvda erimaydi, faqat suv shimib yum-shaydi va shishadi). So’ngra ortiqcha suv to’kib tashlanib, yumshagan yelim 60-70° temperaturada 2 soatgacha eritilgandan keyin 5-6 minut davomida qaynatiladi. Yelim eritmasi eng kupi bilan bir-ikki kunga yetadigan qilib eritiladi.
Yelim bir qavatli idishlarda - yelimdonlarda eritilganda idish qirg’og’iga yopishgan yelimlar kuyib, yelimlash xususiyatini yo’qotadi. Bunday idishlarda ortib qolgan yelimlarni qayta eritib foydalanib bo’lmaydi. Shuning uchun yelim bir qavatli idishlarda eritilganda uni bir bor ishlatish uchun yetarli miqdorda eritish kerak. Yelim ortib qolgan taqdirda uni toza idishga quyib, 5-10° temperaturada saqlanadi. Shunday qilinganda yelimni qayta eritib ishlatish mumkin bo’ladi.
Bir qavatli idishlarda ma’lum miqdordagi yelimning kuyishi, yelimlash xususiyatini yo’qotishi ro’y beradi. Shuning uchun yelimlar maxsus yelimdonlarda eritiladi.

15-rasm. Yelimlarning puxtaligini aviqlash: a - namuna; b - laboratoriya asbobi.
Maxsus yelimdonlar kalorimetrga o’xshash ikki qavatli idishdan iborat bo’lib, ichki idishga ivitilgan yelim solinadi. Tashqi idishga suv quyilib, unga ichki idish tushiriladi. Yelimdon biron-bir isitgich yordamida isitiladi.
Yelim maxsus yelimdonda eritilganda uzoq muddat davomida eritma holida saqlanadi va yelimlash xususiyatini yo’qotmaydi. Bunday yelimdonlarda eritilgan yelimlarni qayta isitib ishlatish mumkin. Shuning uchun maxsus yelimdonlarning yelim eritiladigan ichki idishi misdan yoki qalaylangan metalldan tayyorlanishi kerak.
Yelim eritmasining quyuq-suyuqligini aniqlash uchun eritmaga ingichka cho’p tushiriladi. Cho’pni eritmadan ko’targan vaqtda, agar u normal bo’lsa, cho’pdan uzluksiz ingichka tola ko’rinishida oqadi, tomchi-tomchi bo’lib oqsa, eritma suyuq hisoblanadi, agar uzilmasdan cho’pga ilashib chiqsa, quyuq hisoblanadi.
Detallarni biriktirishda, fanerlarni yelimlashda normal quyuqlikdagi yelim eritmasidan foydalaniladi. Suyuq yelim eritmasi loklashdan oldin yog’ochlarning sirtini, ko’ndalang qirqimlarini yelimlash (gruntovka qilish) maqsadida ishlatiladi. Quyuq eritmalardan mayda detallarni biriktirishda foydalaniladi.
Yelimlarning puxtaligini aniqlash uchun yelimlangan chokni (birikmani) tajriba yo’li bilan tekshiriladi. Buning uchun namligi 7-12% o’rtasida bo’lgan shumtol yoki eman yog’ochidan namuna olib ko’rsatilganidek tolalar yo’nalishi bo’yicha bir-biriga parallel qilib yelimlanadi, so’ngra namuna birikmaning yelimlangan choki iskana yordamida yoriladi.
Agar yorish vaqtida yelim parda ajralmasdan yog’och yorilsa yoki ko’chib chiqsa, yelimning yopishtirish xususiyati yaxshi, yelim choki puxta hisoblanadi.
Laboratoriya sharoitida yelimlangan chokning puxtaligini press yordamida suruvchi kuchning qiymatini orttira borish yo’li bilan tekshiriladi. Buning uchun yelimlangan na­muna maxsus moslamaga o’rnatilib u bilan birgalikda pressga joylashtiriladi. Chokning puxtaligi har 1 sm 2 yemirilgan chokning yuziga to’g’ri keluvchi suruvchi (yoruvchi) kuch orqali aniqlanadi.
Duradgorlik yelimlari nam ta’sirida puxtaligini yo’qota­di (namga chidamsiz). Shuning uchun nam joylarda saqlanadigan buyumlar namga chidamli maxsus yelimlar bilan yelimla­nadi.
Yelimlangan birikmaning puxtaligini ta’minlash uchun yelimlash mumkin qadar issiq holda olib borilishi zarur. Bundan tashqari birikma puxta bo’lishi uchun yelimlanadigan sirtlar silliq bo’lmasligi, ya’ni sirtlar tirnalgan bo’lishi kerak. Shuning uchun yelimlanadigan sirtlar silliq bo’lgan taq­dirda uni iskana yoki rashpil yordamida tirnash tavsiya etiladi. Yelimlangan birikmani yelim qurib qotgunga qadar qayta «shlash yoki pardozlashga ruxsat etilmaydi. Aks holda birikmaning puxtaligiga putur yetkaziladi.
Yelimlangan birikmaning puxtaligini ta’minlashning yana bir chorasi hosil qilingan bkrikmani qisqichlar orasiga olib qurigunga qadar qo’zg’atmay saqlashdan iborat.
Albuminli yelim hayvonlarning qoniga ohak aralashtirish yo’li bilan olinadi. Albuminli yelim bilan yelimlangan bi­rikma issiq holatda presslab yopishtiriladi. Yelimlangan joy-da qoramtir chok hosil bo’ladi. Albuminli yelimlar yelimlan­gan fanerlar tayyorlashda ishlatiladi, xolos.
Kazein yelimining asosiy tarkibiy qismini yog’i olingan sutdan tayyorlangan quruq suzma tashkil etadi. Quruq kazein yelimi 5-10 mm lik qattiq don ko’rinishida yoki oqish talqon holida tayyorlanadi, ba’zan och sariq tusli bo’ladi.
Talqon holidagi kazein yelimi kazein, so’ndirilgan ohak, atriy ftorid, soda, darparang (mis kuporosi) va kerosinning aralashmasidan iborat.
Darparang yelimning nam va suvga chidamliligini oshiradi, chirishdan saqlaydi; kerosin esa yelim talqonining tosh bo’lib qotib qolmasligini ta’minlaydi; natriy ftorid va soda erituvchi sifatida qo’shiladi; so’ndirilgan ohak yelimning o’ta pux­taligini ta’minlaydi.
Kazein yelimi besh oy muddat ichida foydalanish uchun yaroqlidir. Bu muddat o’tgandan keyin uning ishlatish uchun yaroqliligini tekshirib ko’riladi.
Uta namgarchilikda turadigan duradgorlik buyumlari, qurilish qismlari (deraza romlari, tashqary eshiklar) kazein yelimi bilan yelimlanady.
Kazein yelimi eritmasini 4 soatda tugaydigan miqdorda tayyorlanadi. Aks holda u qotib, yelimlash xususiyatini yo’qotadi.
Eritma tayyorlashda avvalo yelimdonga yetarli miqdorda uy temperaturasidagi suv quyiladi, so’ngra suvni chayqab turib unga moye kazein talqoni sepiladi va 30-40 minut davomida chayyladi. Chayish to’xtatilgandan so’ng 10-15 minut tindirib, yelimlash uchun ishlatilaveradi.
Yelimning yopishtirish xususiyatiga qarab bir qism yelim talqoniga 1,7-2,3 qism suv olinadi.
Kazein eritmasi tayyorlashda hech qachon oldin yelim talqon solib ustidan suv quymaslik kerak. Yelim tayyorlashda u quyilib ketsa 5-10 minut chayish to’xtatiladi. Bu vaqt ichida u tinib, suyuladi.
Quyilib ketg’an kazein yelimi eritmasining ustiga suv quyib suyultirmaslik kerak. Shuningdek, suyuq eritma ustiga yelim talqoni solib quyultirilmaydi ham.
Hayvonot va o’simlik yelimlari faqat yog’ochni-yog’ochga yelimlab biriktirish uchungina ishlatiladi, ikki xil materialni: yog’och
bilan charmni, charmni shisha bilan va boshqa materiallar bilan yelimlash uchun ishlatib bo’lmaydi.
Turli xil materiallarni bir-biriga yelimlab yopishtirish, ustida ko’p olimlar ish olib bordilar. Bu masalani sovet olimi I.N.Nazarov hal etib karbinol yelimi deb ataluvch yelimlovchi suyuqlik tarkibini topdi.
Karbinol yelimi tashqi ko’rinish jihatidan glitseringa o’xshash xushbo’y hidli, och sariq rangli tiniq suyuqlikdir.
Material ustiga yupqa qilib surtilgan yelim tezda qotib-benzinda, moylarda erimaydigan, suv va kislota ta’siriga berilmaydigan parda hosil qiladi.
Karbinol yelimi yog’ochni metallga, metallni shisha, charm marmarga yopishtirish imkonini beradi.
Sintetik smolalardan tayyorlangan suvga chidamli yelimlar-o’ta mustahkam bo’ladi.
Sintetik smolalar har xil ximikatlarning ximiyaviy reak­siya yo’li bilan birikishidan hosil bo’ladi. Bu ximikatlar» fenol, karbamid, melamin va formalinlardir.
Sintetik smolalar fanerlarni, yog’och plitalarni yelimlashda, mebellarni fanerlashda va ayrim detallarni yopishtirishda sovuq va issiq holda ishlatiladi.

Download 13,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish