Texnologiya ta’limi praktikumi fanidan o’quv uslubiy majmua



Download 13,16 Mb.
bet39/130
Sana22.04.2022
Hajmi13,16 Mb.
#572744
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   130
Bog'liq
TEXNOLOGIYA TA\'LIM PRAKTIKUM

Ishdan maqsad: Detallarni Yelim yordamida yig’ish. Yelimning turiga qarab yig’ilgan buyumni Yelim ketguncha saqlab turish.


ISHNING NAZARIY QISMI:


Hayvonot yelimlari.
Go’shtparda yelimi (GОСТ 3252–95) hayvonlarning go’shtpardasidan, ya’ni teri ostidagi to’qimalardan, teri qiyqindilaridan hamda mo’yna va teri sanoatining chiqindilaridan olinadi. Suyak yelimi (GОСТ 2067–91) hayvonlarning yog’i olingan suyagi, payi, shoxi hamda tuyoqlari, suyak buyumlar ishlab chiqariladigan korxona chiqindilaridan tayyorlanadi.
So’yak va go’shtparda yelimlari (glyutin yelimlari) suvda juda bo’kadi, qattiq moddalar yumshoq yopishqoq iviqsimon massaga aylanadi. 25–40°С temperaturagacha isitilganda eriydi, go’shtparda yelimi suyak yelimiga qaraganda yuqoriroq temperaturada eriydi. Sovitilganda yelim qotadi va jelatinsimon massa hosil qiladi.
Qog’oz asosli yelim lenta (GОСТ 18251–92) pardasimon yelimning bir turidir. Lenta yelimlovchi qoplamaga ega, uning asosiy komponentlari (oliy va 1-sortli) go’shtparda va suyak yelimlaridir, Yelim lenta 12, 15, 18, 20, 25 mm kenglikda ishlab chiqariladi. Ularning ishga yaroqlilik muddati tayyorlash momentidan hisoblanganda 12 oyga cho’zilishi mumkin. Mebelsozlik sanoatida «A», «A1» markali lentalar shpon polosalarini yaxlitlash, shit elementlarini pardozlashda ishlatiladi. Sanoatda suyak va go’shtparda yelimlari 150–200 mm uzunlikda, 80–100 mm kenglikda, 10–15 mm qalinlikda plitalar ko’rinishida ishlab chiqariladi. Ba’zan yelim maydalangan holida, shuningdek, tangacha va kukun ko’rinishida ishlab chiqariladi. Bunday ko’rinishda u tezroq quriydi, tayyorlashda esa tez bo’kadi.
Suyak yelimi iviqsimon galerta deb ataladigan ko’rinishda keltiriladi. Galerta tarkibida kamida 50% quruq yelim bo’lishi va bir jinsli jelatinasimon massadan, quyqasiz va qora dog’larsiz bo’lishi kerak, chirik hidi kelmasligi kerak. Unga albatta antiseptiklar qo’shiladi.
Elim plitalarining rangi och sariqdan to’q jigar ranggacha bo’lishi mumkin. Qoramtir rang faqat kuyik hidi kelib turganda yelimning sifati pasayganligini ko’rsatadi.
Plitkalar bir tekis shaffof bo’lishi kerak. Dog’lar yelimning quyqalashganini, xiraligi esa sifati pastligini ko’rsatadi.
Plitkalarning usti silliq yoki to’lqinsimon bo’lishi mumkin, biroq albatta mog’or va bakterialsiz yaltirab turishi kerak. Yelimdan chirik va sasigan hid kelmasligi kerak. Normal yelim sindirilgandashishasimon o’tkir qirralar hosil qiladi.
Quruq yelimning namligi 17% dan, galertaniki 50–60% dan ortmasligi lozim. Namligi ortib ketganda (20% va undan ortiq bo’lganda) mustahkamlik ko’rsatkichlari va yelimning chirishga qarshiligi pasayadi, namligi kamaysa (10% va undai past), yelim mo’rtligi ortadi.
Glyutinli yelimlar sifati bo’yicha sortlarga ajratiladi. . Mezdra (go’shtparda) yelimi besh sortda (ekstra, oliy, 1, 2 va 3- sort), suyak yelimi to’rt sortda (dekstra sorti ishlanmaydi) va galerta uch sortda (1, 2 va 3-sortda) ishlab chiqariladi.
Glyutinli yelimlar bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega. Namlanganda u bo’kadi, isitilganda yumshaydi va hatto suyuq holatga o’tishi ham mumkin. Bu turdagi yelimlar suv ta’siriga chidamsiz, ular faqat isitiladigan bino ichida foydalaniladigan buyumlarni yelimlashda ishlatiladi.
Glyutinli yelimlarning suv singdiruvchanligi juda katta. Go’shtparda yelimining o’z massasiga nisbatan 6–10 hissa, suyak yelimi 3–7 hissa suv singdira oladi. Suvda bo’kkan glyutin yelimi isitilganda eriydi va eritmaga aylanadi. Yelimlarning bu xossalari. yelim eritmasi tayyorlashda hisobga olinadi. Galerta 22–23°С da eriydi, yozda suyuq holatda bo’ladi.
Elimning qotish jarayonida yelim eritmasidan nam bug’lanib chiqib ketadi, oqibatda yelim kichrayadi. Glyutin yelimlar dastlabki massasiga nisbatan ko’p (50–80%) cho’kadi. Yelimlashda yelim 0,08 dan 0,15 mm gacha qalinlikda surkaladi.
Havoning temperaturasi 30°С va namligi 80% bo’lganda yelimli birikmalardagi glyutin yelimlari yemiriladi.
Go’shtparda yelimining yopishtirish qobiliyati (ajralishga mustahkamlik chegarasi): ekstra, oliy va 1-sortlar uchun 100, 2-sort uchun 70, 3-sort uchun 60 kgk/sm2; suyak yelimida: oliy sortlar uchun 90, 1-sort uchun 80, 2-sort uchun 65, 3-sort uchun 45 kgk/sm2.
Elimlar plitka, maydalangan, tangasimon va kukun holatda og’irligi 50 kg li bochka, yashik, qop yoki 35 kg li qog’oz qoplarga joylanadi. Plitka holatadagi yelimni xohlagancha sindirish mumkin. Yelimni tashish vaqtida atmosfera yog’inlaridan saqlash loeim. Yelim upakovka qilingan holatda taxta to’shama ustida shamollatib turiladigan xonalarda saqlanadi. Sovitilgan yelim eritmasi temperaturasi (5–10°С) pasaytirilgan xonalarda ko’pi bilan 2–3 sutka saqlanadi.
Galerta bochkalarga joylanadi. Galertani uzoq vaqt saqlash mumkin emas. Yozda galerta havosining temperaturasi 15°С dan yuqori bo’lmagan xonada saqlanishi mumkin. Yelim saqlanadigan omborlar albatta dezinfeksiyalanadi.
Glyutin yelimi eritmasini tayyorlash. Plitka holatidagi yelimni bo’ktirish uchun toza idishga solinadi va ustidan uy temperaturasidagi, yaxshisi qaynatilgan suv quyiladi. Bunda suv yelimni ko’mib turishi kerak. Yelim 6 dan 12 soatgacha, yelim bir tekis va butunlay bo’kkunga qadar ho’llanadi. Go’shtparda yelimi bo’kkanida massasi bo’yicha 600–1000% suv, suyak yelimi 300–700% suv shimadi. Quruq yelimning standart namligi 17%, galertaniki ko’pi bilan 51%.
Plitka holatidagi yelimlarni bo’ktirishdan oldin maydalagan ma’qul. Maydalansa, yelimning bo’knsh muddati qisqaradi. Yelim eritmasi tayyorlanadigan va saqlanadigan idish qaynoq suv bilan yuviladi.
Bo’kkan yelim yelim nishirish qozoniga solinadi va 70–80°С gacha isitiladi, shu temperaturada yelim eritmaga aylanadi. Yelimni qaynatish va qizdirib yuborish yaramaydi. Ko’p qayna-tish va ueoq vaqt qizdirish yelimning yopishtirish xossasiyai pasaytiradi.
Suyak yelimining ish temperaturasi 40–60°С, go’shtparda yeliminiki esa 50–70°С bo’lishi kerak. Yelimni ish joylariga yetkazib berishga mo’ljallangan yelimdon ish temperaturasini saqlash uchun uning devorini ikki qavatli qilib, orasiga qaynoq suv quyiladi. Elektr bilan isitiladigan yelimdonlar ham ishlatiladi.
Glyutinli yelim sifatini uni tayyorlash vaqtida aniqlasa ham bo’ladi. Bo’kkan yelimdan qo’lansa hid kelishi, yelim plitkalarining bo’kish vaqtida uvalanib ketishi va ularning chetlari uzilib tushishi, yelim eritilgan suvning ifloslanib ketishi, qizdirish va aralashtirganda juda ko’p ko’piklanishi yelimning sifati pastligini ko’rsatadi.
Elim eritmasidagi ko’piklar yelimlash mustahkamligini pasaytiradi. Yelim qatlamidagi pufakda havo qoladi va shu joy yelimlanmaydi. Yelim eritmasidagi ko’piklarni yo’qotish uchun uni ishlatishdan oldin 5–10 min tindiryb qo’yiladi. Ko’pik juda ko’p bo’lganda yelim eritmasini ikki-uch minut qaynatib, ko’pigini olib tashlashga ruxsat etiladi.
Elim eritmasining sifati uning konsentratsiyasiga, qovushoqligiga hamda quyuqligiga bog’liq.
Go’shtparda yelimiga, odatda, suyak yelimiga nisbatan ko’p suv qo’shiladi. Silliq fugani yelimlash uchun go’shtparda yelimining 35–40% konsentratsiyali, suyak yelimining esa 45-55% konsentratsiyali eritmasini tayyorlash lozim. Shpon bilan pardozlashda go’shtparda yelimining- 40–45% li, suyak yelimining esa 52–55% li eritmasi ishlatiladi.
Elim eritmasining qovushoqligi yelimlar tayyorlangan xom ashyo xossasiga, uning konsentratsiyasi va temperaturasiga bog’liqdir.
Glyutin yelimining quyuqligi katta ahamiyatga ega. Haddan tashqari quyuq yelimni yopishtiriladigan yuzaga surkash qiyin, u tezda qotib qoladi, presslash vaqtida juda katta bosim .talab qiladi. Quyuq yelim eritma bilan yelimlashda press bosimi yetarli bo’lmaganda yelim qatlami (0,15 mm dan ortiq) hosil bo’ladi, bu esa yelimlab yopishtirish sifatini pasaytiradi. Haddan tashqari suyuq yelim eritmasi ishlatilganida esa aksincha, juda yupqa (0,08 mm) uzlukli yelim qatlami hosil bo’lib, yelimlash mustahkam chiqmaydi.
Elim eritmasining quyuqligi amalda uning cho’tkadan oqib tushishiga qarab aniqlanadi: normal quyuqlikdagi eritma cho’tkadan bir tekis uzluksiz (quyqasiz) tiniq oqim shaklida tushadi, suyuq yelim ingichka oqim ko’rinishida tez oqib tushadi, juda quyuq yelim uzilib-uzilib quyqa bilan tushadi.
Quyuqlashib qolgan yelim eritmasi qaynoq suv qo’shib, yaxshilab aralashtirib, suyuqlantiriladi.

Download 13,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish