Texnologiya ta’limi praktikumi fanidan o’quv uslubiy majmua



Download 13,16 Mb.
bet43/130
Sana22.04.2022
Hajmi13,16 Mb.
#572744
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   130
Bog'liq
TEXNOLOGIYA TA\'LIM PRAKTIKUM

Ishdan maqsad: Yelimlangan choklarning sifatini tekshirib ko’rish. Fanerlash va shpon yopishtirish uchun yog’och yuzani tayyorlash. Shponlarni rangiga qarab tanlash. Fanerlashda, shpon yopishtirishda yelimlash usulini tanlash.
Amaliy ish.

Quticha ustiga qoplamani yelimlash tartibi:


1. Qutichaning ustiga qoplamani yelimlash uchun qutichaga mos mato tanlanadi.
2. Qutichaning o’lchamlari asosida matoga chizma chiziladi va qirqib olinadi.
3. Matoga PVA yelimi bir tekis qilib surtiladi.
4. Qutichaning ustki va ichki qismlari changlardan tozalanadi. Chunki chang yelimning bir tekis yopishishiga xalaqit beradi. Keyinchalik yelimning ko’chib ketishiga olib keladi.
5. Mato qutichaning ichki qismiga bir tekis qo’yiladi va ustidan tekislanadi. 6. Mato qutichaning ustki qismiga bir tekis qo’yiladi va yaxshi yopishmagan joylari tekislanadi. Yelim­ning ortiqcha chiqib qolgan qismlari mato bilan artib tashlanadi.
7. Yelim qurishi uchun quticha bir necha soatga tekis joyga qo’yiladi. 31-rasm. Yog’ochga yelimlangan mato tasviri.
8. Quticha xohishga ko’ra turli xildagi bezak toshlari, mixlar yordamida bezatiladi.

21–mavzu. O’rganish uchun amaliy mashqlar (2 soat).


Ishdan maqsad: Smola va kazein yelimlarini tayyorlash va sifatini tekshirish. Biriktiriladigan yuzalar sifatini tekshirish. Yelimlanadigan yuzaga silliq qilib yelim eritmasini popuk bilan surtish. Shpon va fanerlarni mayda tishli arra, qo’l arra yoki o’tkir pichoq bilan kesish. Shiplarni fanerlashda kesuvchi vintlarni va moslamalarni tayyorlash


Ishning nazariy qismi:

Duradgorlikda yasaladigan buyumlarning barcha tirnoqli birikmalari yelim bilan birlashtiriladi. Yelim yog’och to’qimalari orasidagi bo’shliqlarga kirib qotadi va shu tariqa yelimlanayotgan sirtlar son-sanoqsiz iplar bilan tikilgandek bo’ladi. Bunda o’zaro biriktirilayotgan sirtlar orasida yupqa yelim plyonkasi vujudga keladi. Duradgorlik buyumining mustahkamligi ana shu plyonkaning qattiqligiga bog’liqdir. Shuningdek, yelimlashning mustahkamligi yopishtirilgan sirtlarga yelim eritmasining bir xil singishi, ana shu sirtlarning zichlashib turishiga ham bog’liq bo’ladi. Taxta yelimi va kazein yelimi duradgorlikda eng ko’p ishlatiladi.


Taxta (duradgorlik) yelimi hayvonlarning suyagi, tuyog’i, shoxi, tog’aylari va terisidan jigarrang plitkalar shaklida tayyorlanadi. Yelimning sifatini uning shaffofligiga qarab aniqlash mumkin. U qanchalik tiniq bo’lsa, shunchalik sifatli bo’ladi. Taxta yelimini ishlatishga tayyorlash uchun uni suvda bo’kkunicha 10-12 soat ivitiladi, so’ngra yelim qaynatkichda qaynatiladi. Yelim qaynatkich birbirining ichiga qo’yiladigan ikkita metall idishdan iborat bo’lib, yelim kuyib ketmasligi uchun katta (tashqi) idishga suv quyiladi, kichik (ichki) idishga yelim solinadi (1-rasm). Yelim qaynatkich taxminan 70-80°C gacha qizdiriladi. Ana shu darajadagi haroratda yelim eriydi. Yelim qaynatkichni elektr plitada, kerogaz va hokazolarda qizdirish mumkin. Yelim qaynatishda qattiq qaynab ketmasligini va uzoq vaqt qizimasligini kuzatib turish kerak. Chunki ana shunday hollarda uning sifati yomonlashadi. Odatda, yelim bir-ikki kunlik ishga yetarli qilib­tayyorlanadi. Negaki, u qayta qizdirilsa, buziladi. Juda quyuq yoki juda suyuq yelim buyumlarni yelimlashga yaramaydi. Yelimning ishga yaroqliligini aniqlash uchun unga bitta payrahani tiqib olib, uning tomishiga qaraladi. Agar yelim payrahadan uzluksiz oqib tushsa, sifatli bo’ladi, tomchilab tushsa (yoki butunlay oqib tushmasa) ishlatishga yaramaydi. Qattiq (dub, buk va boshqa) yog’och buyumlarni yelimlash uchun suyuq va yumshoq yog’och buyumlarni yopishtirish uchun quyuq yelim ishlatiladi. Yelimlangan buyumlarni namgarchilikdan saqlash zarur.

Download 13,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish