Uch komponentli sistemaning tarkibini ifodalashda Gibbs va Rozebum usullari.
Bir xil ionli va evtonikaga ega bo’lgan ikki tuz eritmasining holat diagrammasi.
Tuzlar suv bilan gidratlar yoki qo’sh tuzlar, kompleks birikmalar yoki qattik eritmalar xosil qiluvchi murakkab holat diagrammalari.
Uch komponentli sistemalar.
Uch komponentli sistemalarda o’zgaruvchan parametr bo’lib bosim, harorat va ikki kontsentratsiya bo’lishi mumkin. Odatda uch komponentli kondensirlangan sistemalarni o’rganish o’zgarmas bosimda olib boriladi.
Sistemalar holatini uch o’zgaruvchan parametrga bog’likligini fazaviy diagramma ko’rinishida tasvirlash mumkin.
Sistema tarkibini teng tomonli uchburchak yuzasida tasvirlash teng tomonli uchburchakning istalgan nuqtasidan uch tomonga tushirilgan tik chiziqlar (perpendikulyarlar) yig`indisi uchburchak balandligiga teng bo’ladi.

Agar balandligi 100% deb qabul qilinsa, tik chiziqlarning yig’indisi ham 100% ga teng bo’ladi.
Prizma asosi uchlama sistema tarkibini, balandligi esa haroratni belgilaydi.
Uch komponentli sistemaning tarkibini ifodalashda Gibbs va Rozebum usullari.
Uchburchakning har bir uchidan to’g’ri chiziq tushiriladi (Aa, Bb, Cc to’g’ri chiziqlar).
Har qaysi chiziqni o’n bo’lakka teng bo’lib, ulardan uchburchak tomonlariga parallel chiziqlar o’tkaziladi. Shu tariqa uchburchakli to’r hosil qilinadi.
Bu to’r yordamida uch komponentli sistemaning istalgan tarkibini aniqlash mumkin. Uchburchakning har bir uchi uchta toza komponent- A, B va C ga to’g’ri keladi.
Har bir tomon esa ikki komponentli sistemani bildiradi. Ikki komponentli sistemada tarkib uchburchak uchlaridagi komponentlarga muvofiq keladi. Har qaysi tomondan qarama-qarshi uchga yaqinlashish tegishli komponent miqdorining oshib borishiga proporsional bo’ladi.

Demak, rasmdagi muayyan tomonga parallel o’tkazilgan to’g’ri chiziqlar uchinchi komponentning miqdorini belgilaydi. Har bir to’g’ri chiziqdan ikkinchisiga o’tganda uchinchi komponentning miqdori 10% ga oshganligini bildiradi. Tegishlicha balandliklarda har bir komponentning ulushi ko’rsatilgan bo’ladi.
Masalan, P nuqtaga komponentlarning quyidagi tarkibi muvofiq keladi: A-50%, B-30%, C-20%.
Uchburchakdagi har bir nuqta uch komponentli sistemaning muayyan tarkibini ifodalaydi. Aksincha, har bir muayyan tarkib bitta nuqtani ifodalaydi.
Uchburchakdagi har bir nuqta uch komponentli sistemaning muayyan tarkibini ifodalaydi. Aksincha, har bir muayyan tarkib bitta nuqtani ifodalaydi.
Komponentlarning tarkibini mol ulushlarda yoki massa va hajmiy ulushlarda ifodalash mumkin.
Uch komponentli sistemaning tarkibini Rozebum usulida ifodalash.
Bu uchburchakda P nuqta avvalgi uchburchakdagidek holatda turadi. Rasmdan ko’rinib turibdiki, AM bo’lak C komponentning ulushi (20%) ni, NC bo’lak A komponentning ulushi (50%) ni va MN bo’lak B komponentning ulushi (30%) ni bildiradi.
SHunday qilib, biz ayni nuqtadan uchburchakning ikki tomoniga parallel o’tkazsak, ular uchinchi tomonni kesib o’tadi. Barcha bo’laklar yig’indisi 100% ni tashkil etadi.
Bir xil ionli va evtonikaga ega bo’lgan ikki tuz eritmasining holat diagrammasi.
Suv bilan ikkita tuz (bir xil ionli) sistemasidagi fazaviy muvozanatni ko’rib chiqamiz. Agar ikkala tuzda kation va anionlar turlicha bo’lsa, u holda sistema 4 komponentli bo’lib qoladi.
Suv–bir xil ionli2tuz sistemasi izotermikproektsiyasining holat diagrammasi ifodalangan. Tuzlar suv bilan gidratlar yoki qo’sh tuz, kompleks birikma yoki qattiq eritmalar hosil qilmaydi.
Rozebum uchburchagining uchlari H2O, PX va QX toza komponentlariga mos keladi. A nuqta suvning to’yingan eritmasida PX ning kontsentratsiyasini, B nuqta esa, QX tuzining suvningto’yingan eritmasidagi kontsentratsiyasini ko’rsatadi.
AC egrisi RXtuzining QX ning turli tarkibli eritmalaridagi eruvchanligini tavsiflaydi, BCegrisi esa, QX tuzining PX ning suvli eritmasidagi eruvchanligini ko’rsatadi. C nuqtada eritma ikkala tuz bilan to’yingan (evtonika) bo’ladi.
H2O cho’qqi bilan ACB orasidagi maydonda joylashgan har bir nuqta tuzlarning to’yingan eritmalariga javob beradi. ACPX maydonidagi xohlagan nuqta 2 ta tuzning eritmasi va PX qattiq tuzdan iborat 2 fazali sistemani ifodalaydi.
Tuzlar suv bilan gidratlar yoki qo’sh tuzlar, kompleks birikmalar yoki qattik eritmalar xosil qiluvchi murakkab holat diagrammalari.